Ikkinchi qadam, uni tashqi bozorda sotish. Bu mahsulotni joylash-
tirish, narxlashtirish, aloqa va reklama, savdo kanallari va yana ko‘p nar-
salar bilan to ‘liq marketing miksni o ‘z ichiga oladi.
M ahsulotni ishlab chiqish va rivojlantirish jarayonida innovatsion
marketing mijozlar va foydalanuvchilami doimiy ravishda jalb qilish
vazifasini o ‘z zimmasiga oladi. Bundan ko ‘zlangan maqsad - iste’mol
chilar va bozorlardan rivojlanish, yangilik va o ‘zgarishlar haqida m a’lu
mot olishdir. Konsepsiyaga k o ‘ra, prototip va beta-testlari k o ‘rinishida
mahsulotni kelgusida qabul qilishni testdan o ‘tkazish va tajribalarni va
g ‘oyalami rivojlanish jarayoniga kelgusi yuksalish uchun birlashti-
rishdir. Innovatsiya asoslangan holda kompaniyalaming qaror qabul
qilishi 5 ta bosqichdan iborat bo‘ladi, agar tadqiqot jarayonidan so‘ng
bildirilgan takliflar yoki tavsiyalar ishonchli yoki dolzarb b o ‘lsa qaror
qabul qilinadi va amaliyotga joriy qilinadi (4.4.2-chizma).
Innovatsion marketing mijozning ehtiyojlarini yaxshiroq tushunish
va qondirish, yangi bozorlami ochish yoki firmaning mahsulotini yangi
bozorda samarali joylashtirishni maqsad qilib q o ‘yadi. Innovatsion mar-
ketingning boshqa marketing instrumentlaridan farq qiluvchi xususiyati
bu firma tomonidan avval qo‘llanilmagan metodni joriy qilishdir. Yangi
marketing usuli innovatsion firma tomonidan ishlab chiqilishi yoki bosh
qa firmalar yoki tashkilotlar tomonidan qabul qilinishi mumkin. Yangi
va mavjud mahsulotlar uchun ham innovatsion marketing usullarini joriy
etish mumkin.
78
Bilim Ishonch Qaror Joriy qilish Tasdiqlash Rad etish Qabul qilish 4.4.2-chizma. Innovatsiyaga asoslangan holda qaror qabul