Bozorni rivojlanish strategiyasi - bu, asosan, yangi iste’moichi seg-
mentlarga, yangi hududiy bozorlarga va yangi sotish tarmoqlariga
chiqish.
M ahsulotni rivojlanish strategiyasi yaxshilangan yoki yangi tovar
larni tayyorlash (innovatsiya, yangi marka, assortiment modifikatsiyasi,
mahsulot parametrlarini yaxshilash, instrumental va emotsional tavsif-
lam i rivojlantirish) hisobiga sotuv o ‘sishiga yo ‘naltirilgan.
Diversifikatsiya strategiyasi yangi bozorlar uchun m o‘ljallangan
yangi mahsulotlar bilan bog‘liq. Albatta, bu strategiya qiyin va xatarli,
chunki
u
korxonani
yangi
sohalarga
olib
chiqadi.
Ulaming
muvaffaqiyati uchun yirik kadr va moliya resurslarini jalb qilish talab
etiladi.
Raqobatchilar strategiyasi. Korxonaga potensial iste’molchilar va
bir vaqtda asosiy raqobatchilarga nisbatan siyosatni ko‘proq jalb qilish
mavqeidan bozordagi ustunlikni shakllantiradi. Bu yerda, eng aw alo ,
raqobat tahlili asosida m a’lum jarayon o ‘rganiladi va korxona o ‘zining
ham, bozordagi raqobatchilarga ham raqobat ustunligiga baho berish
zaruriyati paydo b o ia d i. 0 ‘z navbatida,
raqobat ustunligi raqo
batchilarga nisbatan m a’lum ustunliklami yaratuvchi korxonaning bozor
faoliyati tavsifini ifodalaydi. Raqobat ustunligini yaratish raqobat-
chilaming mos harakatlari ustidan ustunlikni ta ’minlovchi tovar, narx,
taqsimlash, rag‘batlantirish sohasida marketing kompleksini tayyorlash
bilan bog'liq.
Raqobat strategiyasining marketing m a’nosi shundan iboratki, ular
korxona tomonidan bozoming m a’lum ulushini ushlab qolishga
(bozoming alohida segmentini) yoki uning ko ‘payishiga ko‘maklashadi.
Buning uchun quyidagi model va matritsalar ishlatiladi: umumiy
raqobatchi matritsa, raqobat kuchi modeli, raqobat ustunligi matritsasi
va raqobatchi reaksiyasi modeli.