Yuqori
Bozorning jozibaligi
Past
5.1.2-chizma. Dji-I-Makkenzi matritsasi
BKGdan farqli ravishda bu matritsa baholashda qatnashadigan
omillar sonini ancha ko‘paytiradi va barqaror b o ‘lmagan rivojlanish
sharoitlarida uni qo‘llash imkonini yaratadi. «Bozor jozibaligi» k o ‘r-
satkichi quyidagi omillar kompleksi bilan ifodalanadi:
• bozor o ‘lchamlari va uning o ‘sishi shartlari;
• narxlar darajasi;
• foyda m e’yori;
• raqobat holati;
• bozorga chiqish uchun to'siqlar;
• huquqiy cheklovlar;
• ijtimoiy roli va boshqalar.
«Strategik vaziyat» ko‘rsatkichi (raqobatli vaziyat, ichki potensial),
shuningdek, turli xil omillar (sof daromad, moliyaviy ahvol, sotilishlar-
ning samaradorligi, narxning raqobatbardoshligi, korxona madaniyati,
boshqarish uslubi, korxona imkoniyatlari va boshqalar) yordamida aniq
lanadi. Bu ko ‘rsatkichlami baholash korxonaning investitsiya, bozor
holatini, shuningdek, uning potensiali ahvolini hisoblash y o ii bilan
amalga oshiriladi.
Investitsion vaziyat korxona o'sishini ta ’minlash uchun investitsiya-
lam ing real va optimal kattaliklarinmg nisbati sifatida aniqlanadi.
Bozordagi vaziyat amaldagi bozor strategiyasining bozorda yetak-
chilikka erishish va potensial iste’molchilaming ixloslari nuqtayi nazar-
dan optimal strategiyaga nisbati bilan baholanadi.
Korxona potensialining ahvolini uning real ahvolining ishlab chi
qarish, xodimlar, moliya va marketingni samarali boshqarishga erishish
nuqtayi nazaridan optimal holatiga nisbati bilan belgilaydilar. K o‘r-
satilgan uchta ko ‘rsatkichdan har biri birga teng bo ‘lsa, korxona bozorda
Dostları ilə paylaş: