Urganch davlat universiteti I. S. Abdullayev



Yüklə 4,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/191
tarix24.12.2023
ölçüsü4,95 Kb.
#191546
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   191
marketing

10 




/ , 
V4 
1/8 
1/16 
1/32
1/64 
1/128
5.1.1-chizma. BKG matritsasi
Bozordagi ulush eng xavfli raqobatchi yoki bozor yetakchisiga 
nisbatan hisoblanadi. Bunda «bozor ulushi» o ‘qi uchun boMinish chizig‘i 
«1» orqali o ‘tadi. Bu yerda quyidagi qoida amal qiladi: agar korxona 
ulushi raqobatchi ulushiga nisbati 1 dan kam b o isa , u past bo‘ladi, 1 dan 
katta bo‘lsa, u holda korxonaning ulushi baland b o iad i. T o'rtta 
kvadratdan har bin ham investitsiyalar, ham marketing strategiyalari 
nuqtayi nazaridan alohida yondashuvlami talab etadigan bir-biridan farq 
qiluvchi har xil vaziyatlami tasvirlaydi. Bu yerda quyidagi strategiyalar 
amal qilishi mumkin:
«Yulduz» - rivojlanayotgan tarmoqda yetakchilik qilayotgan tovar 
yoki tovarlar guruhining shartli belgilanishi. «Yulduz»lardan tushgan 
foyda juda muhimdir. Lekin, shu bilan birga keyingi o ‘sish uchun katta 
hajmdagi moliyaviy resurslar zarur bo‘ladi. Demak, firma strategiyasi- 
ning asosiy maqsadi - yetakchilikni saqlash va mustahkamlash. Buning 
uchun mahsulotni takomillashtirish, narxni pasaytirish, reklama tadbirla- 
rini kuchaytirish, keng taqsimot kabilar maqsadga muvofiq bo‘lishi 
mumkin. Biroq tarmoq rivojlanishining sekinlashishi bilan «yulduz» 
«sog'iladigan sigir»ga aylanadi.
«Sog‘iladigan sigir» deb odatda nisbatan yetuk, rivojlanishi barqa- 
rorlashgan va qisqaruvchi tarmoqda yetakchi o ‘rinni egallaydigan tovar 
va tovar guruhlariga aytiladi. Sotish barqaror holatda ekanligi va asosiy 
xarajatlar davridan o ‘tilgan bo ‘lsa, tabiiyki, sotishdan kelgan foyda hali 
ham uning bozordagi ulushini saqlab turish uchun zarur bo ‘lganidan 
ortiq bo ‘ladi va boshqa assortm ent guruhlari yoki alohida tovarlarni 
rivojlantirish va saqlab turish uchun ishlatiladi. Bunday sharoitlarda
87


firma maksimal foyda olishga intiladi, erishish vositalari esa odatda so­
tish kanallarini ta’minlab turish, «eslatuvchi reklama», narxdan chegir- 
malar, takroriy xaridlami rag‘batlantirish hisoblanadi.
«Qiyin bola» (boshqacha nomi - «so‘roq belgisi») - bu tez rivojla­
nuvchi tarmoqda ishlab chiqaruvchilaming kuchli 
raqobati 
va 
iste’molchilaming uncha ko‘p b oim ag an ko‘magi sharoitlarida tovar 
yoki tovar gumhlari. Bozor ulushi katta emas. Firmaning vazifasi 
investitsiyalash manbalarini topish va tanlangan yo ‘nalish doirasida 
rivojlanishni ta ’minlashdan iborat. Strategiyaning yangi sotish kanal­
larini topish, tovami siljitishga xarajatlaming kengayishi, narxni pasay- 
tirish kabi variantlari samarali, bozordan chiqib ketish varianti ham 
bo‘lishi mumkin.
«It» - bu qisqarayotgan bozorda juda kichik ulushdagi tovar yoki 
tovarlar guruhi. «It» sifatida k o ‘pincha iste’molchilar tomonidan tan 
olinmagan tovarlar, yoki raqobatchilar tovaridan ancha orqada bo‘lgan 
tovarlar, yoki ko‘p xarajat talab etuvchi va o ‘sish imkoniyatlari kam 
bo ‘lgan tovarlar namoyon bo ‘ladi. Strategik qarorlaming variantlari: 
narxning pasayishi va xizmat ko‘rsatish hajmining kamayishi, sod- 
dalashtirish y o ii bilan foyda olish, bozordan chiqib ketish.
BKG usuli b o ‘yicha tahlil qilish yagona portfel tarkibida korxo­
naning o ‘m ini aniqlash, istiqbolli strategiyalami prognozlashga imkoni- 
yat beradi. Tez o ‘suvchi y o ‘nalishlar investitsiyalarga ehtiyoj sezadi
sekin o ‘suvchiIari esa ortiqcha mablag‘larga ega bo‘ladi.
Sotishlar hajmi va foyda summasi bo‘yicha deyarli har bir y o‘- 
nalishning ulushini hisoblash mumkin. Shu bilan bir qatorda matritsani 
qo ‘llash m a ’lum darajada cheklangan, chunki u faqatgina barqaror sha- 
roitlar va k o ‘rsatkichlarning cheklangan doirasi bo‘yicha natija berishi 
mumkin.

Yüklə 4,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin