Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

5. Ishlab chiqarish rejasi 
A) ishlab chiqarish jarayonining ta'rifi, qaysi operatsiyalarni boshqa korxonalar (subpudratchi) 
zimmasiga yuklash nazarda tutilgan. 
B) ishlab chiqarish xonalari 
V) mashina va uskunalar 
G) xom-ashyo yetkazib beruvchilar 
Mazkur bo’limning namunaviy savollari: 
1.
Butun ishlab chiqarish jarayonini to’liq ta'riflab berish. Boshqa 
korxonalarga buyuriladigan ishlar ro’yxatini keltirish. 
2.
Ishlarning bir qismini bajaradigan korxonalar nomi va manzili. 
3. Nimaga aynan shu korxonalar tanlanganini tushuntirib bering. Shartnomalar nusxasini keltiring. 
4. Ishlab chiqarish oqimlari sxemasini keltiring (iloji boricha grafik shaklda). 
6. Tashkiliy reja 
A) Mulkchilik shakli. 
B) Hamkorlar yoki asosiy paychilar to’g`risida ma'lumot. 
V) Hamkor (paychi)larning mas'uliyat darajasi. 
G) Korxona boshqaruvi a'zolari to’g`risida ma'lumot. 
D) Tashkiliy tuzilma, ishlarning taqsimlanishi. 
Mazkur bo’limning namunaviy savollari: 


144 
1. Tashkil etilayotgan korxonaning mulkchilik shakli va unga asosan asosiy ta'sischilar va ularning 
ulushlari to’g`risida axborot bering. 
2. Boshqaruv a'zolarini sanab o’ting (ismi-sharifi, manzili, qisqa biografiyasi) 
3. Moliyaviy hujjatlarga kim imzo chekish huquqiga ega? 
4. Boshqaruv a'zolari o’rtasida vazifalar qanday taqsimlangan? 
5. Boshqaruv a'zolarining oylik ish xaqi qanday? Mukofotlar va qo’shimchalar to’lash nazarda 
tutilganmi? 
7. Tavakkalchilikni baholash 
A) Korxonaning ojiz tomonlari nimalardan iborat. 
B) Yangi texnologiyalarni paydo bo’lish ehtimoli. 
V) Muqobil (alternativ) strategiyalar. 
Raqobatdoshlar, marketing va ishlab chiqarish siyosatidagi noto’g`ri hisob-kitoblar, boshqaruv 
kadrlarini tanlashdagi xatolar bularning barchasi havf tug`dirishi mumkin. Shuningdek, texnologik 
taraqqiyot har qanday yangilikni bir zumda tarixga aylantirishi mumkin. Bunday xavflar bo’lmagan 
taqdirda ham, «ular to’g`risida o’ylamaslik mumkin» degan fikrni asoslab berish lozim. 
Ushbu omillarning bittasi xavf tug`dirgan holatdagi korxona strategiyasini oldindan ishlab chiqish 
foydali. Muqobil dastur va strategiyalarning mavjudligi, investorga, tadbirkor mumkin bo’lgan 
qiyinchiliklar to’g`risida habardorligi va ularga oldindan tayyorligi to’g`risida dalolat beradi. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin