2. Rezyume yoki loyihaning kirish qismi (3-4 bet) - loyiha maqsadlari;
- loyiha mohiyati;
- mahsulot (xizmat) ustunliklari;
- mahsulotga kutilayotgan talab;
- muvoffaqiyatning asosiy omillari;
- kutilayotgan mahsulot eksporti yoki importni o’rnini bosish;
- talab qilinayotgan investitsiyalar;
- qarz mablag`larini qaytarish muddati;
- ijtimoiy masalalarni yechish (yangi ish joylarini yaratish, yo’llar va umumiy foydalanish
kommunikatsiyalarini o’tkazish, uy-joy fondini kengaytirish, nogironlar mehnatidan foydalanish va h.)
3. Tarmoqdagi vaziyat tahlili (3-4 bet) (bo’limning vazifasi: tarmoqni tavsiflash – rivojlanayotgan, barqaror, tushkunlikda).
- mintaqa va mamlakatdagi umumiy ehtiyoj va mahsulot ishlab chiqarish hajmi;
- mintaqa va mamlakatda mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha korxonaning kutilayotgan ulushi;
- potensial raqobatdoshlar, ularning kuchli va ojiz tomonlari;
- so’nggi 3 yil davomida mahsulotning qanday va qaysi analoglari paydo bo’ldi.
4. Ishlab chiqarish rejasi (bo’limning vazifasi: tanlangan ishlab chiqarish jarayonini asoslash va uning iqtisodiy
ko’rsatkichlarini aniqlash)
- ishlab chiqarishni tashkil etishga bo’lgan maxsus talablar;
- asosiy uskunalar tarkibi, yetkazib beruvchilari, yetkazish shartlari (ijara, xarid), qiymati;
- xom-ashyo va materiallar, yetkazib beruvchilar va o’rtacha narxlar;
- xom-ashyo va materiallar bilan ta'minlashning muqobil manbalari;
- amortizatsiya shakllari va me'yorlari;
- ishlab chiqarilishi mo’ljallangan mahsulot tannarxi;
- kapital qo’yilmalar tuzilmasi (qurilish-montaj ishlari, uskunalar xarajatlari, boshqa xarajatlar);
- ishga tushirish va quvvatlarni o’zlashtirish muddatlari;
- ekologik va texnik havfsizlikni ta'minlash.
5. Marketing rejasi (bo’lim vazifasi: tovarni sotish qiyinchiliklarga olib kelmasligini asoslash)
- so’nggi iste'molchilar;
- korxona monopolistmi?
- talab turi (tekis yoki mavsumiy);
- raqobat va raqobatdoshlar tavsifi;
- mahsulotning qaysi xususiyatlari yoki qo’shimcha xizmatlari uni, raqobatdoshlarga nisbatan,
ustuvorligini belgilaydi?
- patentlash (tovarni ichki va tashqi bozorlarda himoyalash, korxona huquqlarini buzmagan holda
raqobatdoshlar tomonidan xuddi shunday mahsulot ishlab chiqarish imkoniyati);
- texnologik o’zgarishlarning mahsulot tannarxiga ta'siri;
- savdo xarajatlari;
- mahsulot (xizmatlarni) sotish bilan bog`liq kapital xarajatlar;
- raqobatdoshlarning qanday hatti-harakatlaridan qo’rqish lozim va ularga javob qaytarish
strategiyasi?
- mahsulot narxini asoslash;
- savdoni tashkil etish (savdo jarayoniga jalb qilinadigan korxonalarni ko’rsatgan holda, savdo
tizimini ta'riflash);
- sotishdan keyingi xizmat ko’rsatish;
146
- reklamani tashkil etish va reklama xarajatlari hajmi.