154
Hisob
davri
qadamlarga
bo’linadi; har bir qadam uchun har bir pul oqimi bo’yicha qiymatlar
aniqlanadi. Pul oqimlarining qadam qiymatlari yig`indisi, keyinchalik loyiha samaradorligi va amalga
oshirish mumkinligini aniqlash uchun asos bo’lib hisoblanadi.
Hisob davri, odatda, vaqt bo’yicha loyihani amalga oshirishning hayotiy sikli bilan bir xil bo’ladi.
Shu bilan birga loyihaning identifikatsiya va ishlab chiqish bosqichlarida loyihani boshlash va
tugallash muddatlarini belgilash alohida e'tiborni talab qiladi, chunki loyiha bo’yicha qaror qabul qilish
sifati ko’p jihatlari bilan aynan muddatlarni to’g`ri belgilashga bog`liqdir.
Hisob davrining boshlanishi sifatida, odatda, investitsiyaviy bosqich boshlanishi qabul qilinadi. Bu
degani, barcha hisob-kitoblar kredit taqdim etish shartnomasi imzolangan
vaqtdan yoki loyihani
moliyalashtirish uchun birinchi transh o’tkazilgan vaqtdan boshlanadi. Agarda loyiha shaxsiy
mablag`lar hisobiga moliyalashtiriladigan bo’lsa, hisob davri boshi sifatida loyihani amalga oshirish
maqsadida kiritilgan birinchi moliyaviy qo’yilma vaqti qabul qilinadi.
Boshqacha qilib aytganda,
loyihani amalga oshirishni boshlash bilan bog`liq bo’lgan, investitsiya ob'ektida ro’y bergan pul
oqimlaridagi birinchi o’zgarish hisob davrining boshlanishidir.
Hisob davrining tugashi esa, odatda, loyihani likvidatsiya qilish (tugatish) jarayonidagi so’nggi
hatti-harakat vaqtiga to’g`ri keladi.
Loyihani
tabiiy tarzda tugatilishi, loyiha bo’yicha xarid qilingan uskunalar xizmat davrining
tugashi yoki loyihada ishlab chiqarilayotgan mahsulot savdosining to’xtatilishi kabi, oldindan
rejalashtirilgan sharoitlar sababli bo’lishi mumkin.
Loyihani tugatishning rejalashtirilmagan
sabablariga esa avariyalar, halokatlar, chuqur iqtisodiy
inqirozlar, bozor kon'yukturasidagi kutilmagan o’zgarishlar kiradi. Albatta,
loyiha samaradorligini
tahlil qilishda, bunday holatlarning yuzaga kelishi mumkinligi faqatgina tavakkalchiliklarni
baholashda hisobga olinadi va hisob davri tugallanishiga hech qanday ta'sir ko’rsatmaydi.
Dostları ilə paylaş: