156
davomida, korxona bunday vazifalarni bajarish uchun yetarli tajribaga egaligi, mutaxassislarni jalb
qilish zaruriyati va boshqa tashkiliy masalalar muhokama qilinadi.
Loyihani muvoffaqiyatli amalga oshishiga korxonaning o’ylab amalga oshirilgan ichki siyosati
yordam berishi mumkin. Tahlilning bu qismi, korxona rivojlanishi strategiyasi va uni amalga oshirish
taktikasini o’rganishga yo’naltirilgan bo’ladi. Mazkur strategiya va taktikaning loyiha maqsadlariga
muvofiq kelishiga alohida e'tibor qaratiladi.
Korxona mustahkamligini baholash uchun, uning bozordagi o’rnini, rentabelligini, moliyaviy
barqarorligini aniqlash imkonini beruvchi moliyaviy tahlil uslublaridan foydalaniladi.
Loyihani amalga oshirish natijalariga ta'sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan tashqi institutsional
sharoitlarning tahlili, quyidagi ikkita asosiy yo’nalishda amalga oshiriladi:
- barcha pog`onalardagi davlat siyosatining tahlili. Amaldagi qonunlar va tartibga solish
siyosatining loyiha natijalariga ta'siri baholanadi. Xususan, atrof muhitni himoya qilish, soliqqa tortish,
narxlarni tartibga solish, dotatsiyalar, xalqaro savdo qoidalari, valyuta ayirboshlash siyosati va
hokazolar ko’rib chiqiladi;
- investitsiya qabul qiluvchi korxonaning boshqa korxonalar, jamoat tashkilotlari, siyosiy
partiyalar, hokimiyat institutlari, tarmoq muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan o’zaro
munosabatlarining tahlili. Bundan asosiy maqsad loyiha uchun foydali bo’lgan o’zaro munosabatlarni
va ularni rivojlantirish yo’nalishlarini aniqlashdir.
Dostları ilə paylaş: