Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Ijtimoiy tahlil. 
Ijtimoiy tahlilning asosiy vazifasi – loyiha maqsadlarining, u amalga oshiriladigan ijtimoiy muhit 
manfaatlariga muvofiq kelishi darajasini aniqlashdir. Loyihani jamiyat tomonidan qo’llab-
quvvatlanishini ta'minlovchi tadbirlar lozim, shu jumladan aholi ijtimoiy ahvolida o’zgarishlarni 
rag`batlantirish yo’li bilan ham. Loyihaviy tahlilda ijtimoiy tahlil bo’lmagan vaziyatlarda, loyiha u 
bilan bevosita va bilvosita bog`liq bo’ladigan aholi ijtimoiy guruhlari emas, balki faqatgina loyihani 
ishlab chiquvchilar tomonidan baholanadi. 
Ijtimoiy tahlil, loyihaviy tahlilning boshqa jihatlari singari, investitsiyaviy loyihani baholashga 
bo’lgan yagona integratsiyalashgan yondashuvning muhim va ajralmas tarkibiy qismi bo’lib, loyiha 
xayotiy siklining barcha bosqichlarini qamrab olishi lozim. 
Ijtimoiy tahlil quyidagi to’rtta asosiy yo’nalishni o’z ichiga oladi: 
- loyihani amalga oshirish hududidagi aholining ijtimoiy-madaniy va demografik tavsiflari (soni va 
ijtimoiy tuzilmasi, shu jumladan etnik tarkibi, yoshi, ma'lumoti, daromadlari darajasi bo’yicha); 
- mintaqada ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish shakllari, xo’jalik yuritish tuzilmasi, mehnat 
resurslarining mavjudligi, yerga bo’lgan mulkchilikka munosabat, tabiiy resurslarga egalik qilish 
imkoniyati va ulardan foydalanish ustidan nazorat o’rnatish imkoniyati; 
- loyihani umumiy qabul qilingan ijtimoiy me'yorlar nuqtai nazaridan qabul qilinishi va ularga 
moslashuv qobiliyati; 
- loyihani amalga oshirish jarayoniga aholi va mahalliy tashkilotlarni jalb qilish strategiyasi 
(ularning loyihani amalga oshirishdagi manfaatdorligini ta'minlash maqsadida). 
Moliyaviy tahlil. 
Loyihalar moliyaviy tahlilini amalga oshirishda quyidagi savollarga javob topish lozim: 
- tahlil paytida loyiha ishtirokchilaridan har birining moliyaviy ahvoli qanday va u loyihani amalga 
oshirish davrida qay tarzda o’zgarishi mumkin; 
- loyiha, moliyaviy nuqtai nazardan, umumiy holda (xarajat va daromadlarni ishtirokchilar 
o’rtasida taqsimlamasdan turib) qanchalik samarali; 
- loyihadagi ishtirokni amalga oshirish mumkinmi va bunday ishtirok har bir ishtirokchi uchun, 
uning moliyalashtirish manbalari va shartlarini hisobga olgan holda, qanchalik samarali; 
- har bir ishtirokchi uchun moliyaviy tavakkalchiliklar tahlilini amalga oshirish. Loyihani amalga 
oshirish sxemasi shunday bo’lishi lozimki, noqulay vaziyatlar sodir bo’lgan taqdirda barcha 
ishtirokchilar o’z faoliyatini davom ettirishi mumkin bo’lsin, aks holda «eng ojiz» ishtirokchining 
tavakkalchiligi, barcha va butun loyiha tavakkalchiligiga aylanadi. 


157 
Ikkita muhim holatni ta'kidlab o’tish lozim. Birinchidan, barcha loyihalar ham moliyaviy jihatdan 
samarali deb tahlil qilinmaydi. Agarda loyiha foydasini qiymat shaklida ifodalash mumkin bo’lmasa, 
tahlil ketma-ketligi o’zgaradi: ya'ni samaradorlikda maksimumidan xarajatlar minimumiga o’tiladi. 
Ikkinchidan, tahlilning moliyaviy jihati umumlashtiruvchi bo’lishi lozim. Loyihani tijorat, texnik, 
ijtimoiy, institutsional va ekologik jihatlar bo’yicha tahlil qilish jarayonida, mazkur jihatlarning 
samaradorligini va loyiha amalga oshirilishi mumkinligini belgilab beruvchi foyda va xarajat turlari 
aniqlanadi (misol uchun, reklama xarajatlari, korxona xodimlarini qayta o’qitish xarajatlari va undan 
olinishi kutilgan foyda, ekologik tavakkalchilikni pasaytirishga yo’naltirilgan xarajatlar va h.). Butun 
loyiha va har bir ishtirokchi nuqtai nazaridan amalga oshirilgan moliyaviy tahlil, loyihani amalga 
oshirishdagi ularning manfaatdorligini namoyon qiladi. 
Moliyaviy tahlilda o’z aksini topishi lozim bo’lgan ekologik masalalariga kelib to’xtaladigan 
bo’lsak, baholashning quyidagi umumiy qoidalarini hisobga olish muhimdir: 
1. Barcha ahamiyatga ega bo’lgan ekologik foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin