Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Ekologik tahlil. 
Loyihani ekologik nuqtai nazardan baholash, yuqorida tilga olingan jihatlaridan tashqari, o’z 
masalalari, usullari va qoidalariga ega. 
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, ekologik baholash majmuaviy xarakterga ega bo’lishi va uning 
natijalari loyiha qabul qilinishi yoki rad etilishiga ta'sir ko’rsatuvchi asosiy mezonlardan biri bo’lishi 
lozim. Bir vaqtning o’zida, amaliyotga nazar tashlaydigan bo’lsak, xo’jalik rahbarlari faqatgina 
boshqaruv organlaridan tegishli buyruq kelgandagina ekologik ekspertizani amalga oshiradilar. 
Bunda ekologik oqibatlar naqadar muhimligi va ularni bartaraf etish lozimligi hamma uchun 
ravshan, ammo moliyaviy resurslarning yetishmovchiligi loyihani ekologik nuqtai nazardan 
majmuaviy tarzda baholash imkonini bermaydi. 
Ekologik tahlilning maqsadi – loyihani amalga oshirish va ob'ektning keyinchalik faoliyat yuritishi 
davomida atrof muhitga ko’rsatilishi mumkin bo’lgan zararni oldindan aniqlash, va yo’qotishlarni 
minimumga olib kelish yoki umuman bartaraf etish bo’yicha qaror qabul qilishdan iborat. 
Loyihani ishlab chiqish jarayonida faqatgina atrof muhit uchun mumkin bo’lgan oqibatlar 
bo’yicha ma'lumotlar bazasi va monitoring tizimi emas, balki loyihani ekologiyaga ta'siri bo’yicha 
muayyan me'yorlarni o’rnatish, hamda ularga rioya qilinishi ustidan nazorat tizimi talab qilinadi. 
Mamlakat hukumatlari va (yoki) xalqaro ekologik tashkilotlar tomonidan tasdiqlanadigan 
havfsizlikning minimal me'yorlari tushunchasi mavjud. Bunday me'yorlar sog`liqni saqlash, hayvonot 
va o’simlik dunyosini asrash va boshqa sohalarda mavjud. Loyihani ishlab chiqish jarayonida shuni 
hisobga olish lozimki, qabul qilinayotgan havfsizlik parametrlari ushbu minimal me'yorlardan past 
bo’lmasligi lozim.
Investitsiyaviy loyihalashtirishda, ayrim hollarda, atrof muhitga muayyan darajada zarar 
yetkazishga yo’l qo’yiladi. Misol uchun, loyiha tufayli yuzaga kelgan zararli oqibatlar uchun tegishli 
insonlarga kompensatsiyaviy to’lovlarni amalga oshirish, ushbu oqibatlarni bartaraf etish yoki 


159 
kamaytirishdan ko’ra foydaliroq bo’lishi mumkin. Ammo, har qanday holatda ham, esda tutish 
lozimki, loyihaning atrof muhitga zararli ta'sirini kamaytirish yoki bartaraf etish bo’yicha barcha 
xarajatlar, hamda kompensatsiyaviy to’lovlar va jarimalar, loyihaning umumiy xarajatlariga kiritilishi 
va pul oqimlariga qo’shilishi lozim. 
Ekologik qismi muhim rol o’ynaydigan loyihalarda, xarajat va daromadlarning to’g`ridan-to’g`ri 
tahlilini o’tkazib bo’lmaydi. Muammo shundaki, ekologik loyihalardagi daromad va xarajatlarni aniq 
ko’rib bo’lmaydi va (yoki) ular vaqt bo’yicha ancha surilgan. 
Tabiat nafaqat insonga resurslarni taqdim etadi, balki boshqa tabiiy xizmatlarni ham ko’rsatadi 
(suvlarning tabiiy tozalanishi, tuproqning himoyasi, chiqindilarni qayta ishlash va h.). Tabiatning 
bunday takrorlanmas o’ziga xos qobiliyatiga yetkazilgan zararni qiymat bilan ifodalash juda ham 
qiyin, ayrim hollarda esa umuman mumkin emas. 
Ekologik o’zgarishlarning darajasi va xarakterini oldindan bilish mumkin bo’lgan holatlarda, 
mavjud bozorlar va ulardagi narxlar bunday baho berish imkoniyatini tug`diradi. Misol uchun, 
sug`orish tizimidagi suv sifatining yomonlashuvi tufayli, hosil hajmi yoki sifatidagi yo’qotishlar 
yuqori darajali aniqlik bilan hisoblangan bo’lishi mumkin. 
Ammo, havo yoki ichimlik suvining sifati pasayishi natijasida insonlar sog`lig`iga keltirilgan 
zararni hisoblash ancha murakkab. Misol uchun, sog`liqni saqlash, turar joyni o’zgartirish yoki 
davolanish xarajatlarini hisoblash mumkin, lekin baribir bir qancha boshqa xarajatlar hisobga 
olinmasdan qoladi va zarar ko’rganlar tegishli kompensatsiya olmaydilar. 
Loyiha salbiy oqibatlarini kamaytirish yoki bartaraf etish xarajatlarini rejalashtirishda, 
moliyalashtirishning barcha mumkin bo’lgan manbalarini, va birinchi navbatda investitsiyadan asosiy 
foyda ko’ruvchi shaxslarning mablag`larini hisobga olish lozim. Qo’shimcha daromad olish yo’lida 
atrof muhitga zarar yetkazuvchi, uni tiklash bo’yicha asosiy xarajatlarni ham ko’tarishi maqsadga 
muvofiq bo’ladi. Bundan tashqari barcha pog`onalardagi davlat byudjeti, atrof muhitni himoya qilish 
maqsadli dasturlarining mablag`lari, maxsus ekologik jamg`armalarning mablag`lari va boshqa 
manbalardan foydalanish mumkin. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin