aniqlash va ularga aniq ta'rif berish lozim;
2. Sanab o’tilgan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni
miqdoriy o’lchash lozim
(sentnerlarda, donalarda, odam-soatlarda, foizlarda va h.);
3. Miqdoran o’lchangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarni baholash (pul
o’lchamidagi qiymat bahosini berish) lozim.
Tabiiyki, barcha aniqlangan foyda, xarajat, yo’qotish va tavakkalchiliklarga qiymat bahosini berib
bo’lmaydi. Shuning uchun ham, ayrim hollarda, mazkur masalani bartaraf etishga yordam beradigan
eng arzon yechimni
(foyda, yo’qotish va tavakkalchiliklarning berilgan darajasidagi xarajatlar minimumi) izlashni taklif etish mumkin.
Umumiy ko’rinishda loyihaning moliyaviy tahlili quyidagi bosqichlardan tashkil topgan bo’lishi
mumkin:
- loyiha xarajatlari umumiy hajmini joriy (past inflyatsiya) va doimiy (yuqori inflyatsiya) narxlarda
baholash;
- pul mablag`larining kelajakdagi oqimlarini baholash, loyiha hayotiy sikli tugagandan keyingi
aktivlarning qoldiq qiymatini hisobga olgan holda;
- loyiha pul oqimlarining kutilgan qiymatlaridan mumkin bo’lgan o’zgarishlarini va ushbu
o’zgarishlarning loyiha samaradorligi ko’rsatkichlariga ta'sirini hisobga olish asosida tavakkalchilik
darajasini baholash;
- loyiha tavakkalchiligi darajasini hisobga olgan holda kapitalning alternativ qiymatini aniqlash;
- loyiha aktivlarining real qiymatini baholash (pul tushumlarini diskontlash va ularni joriy
qiymatga olib kelish yo’li bilan);
- kutilayotgan pul tushumlarining (foydaning) joriy qiymatini, loyihani amalga oshirish uchun
sarflangan xarajatlarning diskontlangan qiymati bilan taqqoslash (agarda foydalarning umumiy joriy
qiymati, xarajatlarning umumiy joriy qiymatidan yuqori bo’lsa, loyiha samarali sanaladi).
Moliyaviy tahlil loyihadagi ishtirokdan olinadigan foydani baholash maqsadida amalga oshiriladi.
Boshqacha qilib aytganda, o’z va qarz mablag`larini loyihaga sarflash, ulardan foydalanishning boshqa
alternativ variantlaridan foydaliroq ekanligiga ishonch hosil qilish lozim.
Moliyaviy tahlilda barcha moddiy oqimlar (mahsulot, xizmatlar, resurslar) pul ifodasida taqdim
etiladi. Bu loyihani tashqi muhit bilan bog`lovchi kirish va chiqish oqimlarini taqqoslash, yig`indisini
hisoblash va tuzilmaviy tahlilini amalga oshirish uchun zarur. Bunda inflyatsiyani hisobga olish
muammosi paydo bo’ladi. Barcha narxlar nominal (ya'ni inflyatsiya o’sishini o’z ichiga olgan) yoki
inflyatsiyasiz bo’lishi lozim. Loyihani baholashda, odatda, investitsiyalash jarayonida narxlarning
keskin o’zgarishi va yuqori inflyatsiya ro’y bermaydi deb qabul qilinadi. Ammo, bunday qabul qilish
xaqiqatga yaqin bo’lmaydi, va shuning uchun ham narxlarning mumkin bo’lgan o’zgarishi uchun
zaxira oldindan hisobga olinadi. Bunday zaxiralar loyiha xarajatlari qismiga kiritiladi.
Investitsiyaviy loyihaning moliyaviy tahlili, odatda, ikkita asosiy bosqichni o’z ichiga oladi:
- «moliyalashtirishdan oldingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq manbalarini jalb etish bilan
bog`liq masalalarni ko’rib chiqilmaydi;
158
- «moliyalashtirishdan keyingi» tahlil, ya'ni moliyalashtirishning aniq sharoitlarini hisobga olgan
holda.