148
Qo’llanilayotgan rag`batlantirish tadbirlarini tizimlashtirish, va demak ularning samaradorligini
oshirish uchun, kapital qabul qiluvchi mamlakatlar hukumatlari tomonidan imtiyozlarni berish
mezonlari ishlab chiqilgan. Fiskal imtiyozlarni taqdim etishning asosiy mezoni sifatida, iqtisodiyotning
mamlakat uchun ustuvor bo’lgan sohalariga kapital kiritish xizmat qiladi.
O’zbekiston uchun, masalan, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi asosiy ustuvorlik bu eksportga
yo’naltirilgan yoki importni o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishdir. Ammo, jahonda ro’y
berayotgan iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda «inson resurslari» va innovatsion
tadqiqotlarga kiritiladigan investitsiyalar, XXI asrda yetakchilar qatorida bo’lishni istagan har qanday
mamlakatning muhim ustuvorliklari qatorida bo’lishi lozim.
O’zbekiston hukumati chet el investitsiyalari uchun qulay bo’lgan me'yoriy-huquqiy bazani
yaratishga intilmoqda. Ushbu maqsadni ko’zlagan holda «Chet el investitsiyalari to’g`risida»gi Qonun
(may 1994y.), Vazirlar Mahkamasining №55 qarori (yanvar 1996y.) 1996 yil 31 mayda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. Bu hujjatlarda O’zbekistonga xorijiy inves-torlarni
kiritishga doir qarorlarning hukumat tomonidan qabul qilish jarayonlari bilan bir qatorda chet el
investorlarining huquq va majburiyatlari majmui ham belgilab berilgan.
Xususiylashtirish jarayoni hukumatga qat'iylik bilan xorij investitsiyalarini jalb etish bo’yicha o’z
maqsadlari jiddiyligini ko’rsatish imkonini beradi.
Ayrim korxonalar xorijiy investorlarda katta qiziqish tug`dirishi, shubhasiz. Agar adolat va
professionallik bilan bir necha aktivlarni sotsa, unda hukumat xorijiy investorlarni to’laqonli
hamkorlar sifatida jalb qilib, o’z maqsadlari jiddiyligini isbotlab beradi.
Ommaviy xususiylashtirish dasturiga qo’shimcha sifatida individuallik asosida ayrim yirik va
muhim korxonalarni sotish imkoniyatlarini ko’rib chiqish mumkin.
Investitsiyaviy muhitni yaxshilashda xususiylashtirishning xorij tajribasi bir necha quyidagi
jihatlarga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi.
1. Axborotning yetarli darajada emasligi, xorijiy investorlarning asosiy e'tiroziga sabab bo’ladi.
2. Individuallik asosida xususiylashtirish uchun korxonalarni puxta saralanishi oxir-oqibatda
muvoffaqiyatga erishish uchun muhim ahamiyatga ega.
3. Qayta tashkil etish bo’yicha amalga oshiriladigan harakatlar, masalan, texnologiya almashtirish,
mahsulotning yangi turlarini kiritish, yangi bozorlarni topish va shunga o’xshash ishlar bo’lajak
mulkdor zimmasiga qo’yilgani maqsadga muvofiqdir.
4. Kompaniyani qayta tiklash bo’yicha rejalar uning sotilish narxiga qaraganda ko’proq qiziqtirishi
lozim. Ayrim investorlar xususiylashtirishning asosiy maqsadi to’g`risida aniq tasavvurga ega emaslar.
5. Savdolarni ochiq tenderlar yoki boshqa raqobatli uslublar orqali vositachilarsiz, to’g`ridan-
to’g`ri amalga oshirish lozim. Bunda yaxshi obro’ga ega bo’lgan maslahatchilar xizmatlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, yirik qayta xususiylashtirish bitimlarini amalga
oshirayotganda investitsiyaviy banklar va audit kompaniyalariga murojaat qilish kerak bo’ladi.
O’zbekiston, turli xil qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan, soliq rag`batlantirishlarining keng
to’plamini taqdim etadi. Bundan tashqari, chet el investorlari qo’shimcha rag`batlantirishlarga ham ega
bo’lishadi, ayniqsa, soliq to’lashdan ozod qilish davrini uzaytirish shaklida.
Shu bilan birga rag`batlantirishning oddiy va samarali usullari mavjud:
- barcha rag`batlantirishlarni olib tashlagan holda qonun tomonidan belgilangan korxonalar uchun
foyda solig`i stavkasini pasaytirish;
- hozirgi rag`batlantirishlarni olib tashlagan holda, kamroq ixtiyoriylikga ega bo’lgan samaraliroq
rag`batlantirishlarni joriy etish;
- rag`batlantirish sifatida vaqtinchalik soliq to’lashdan ozod etishni qoldirish, ammo uning
ixtiyoriyligi va diskriminatsion xarakterini susaytirish.
Dostları ilə paylaş: