147
- iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini qayta qurish va rivojlantirishga yo’naltirilgan tuzilmaviy
o’zgarishlar amalga oshirilmoqda;
- davlat tasarrufidan chiqarish va privatizatsiya jarayonlari avj oldi.
Har qanday mamlakat investitsiyaviy muhitini tahlil qilishda, milliy
valyuta konvertatsiyasi
darajasiga muhim rol ajratiladi. Valyuta ayirboshlash kursi ustidan davlat nazoratining saqlanishi va
xaridorlarni rasmiy chet el valyuta bozoriga kirishini ta'minlash O’zbekiston iqtisodiy siyosatining
o’ziga xos xususiyatidir.
Mamlakatga chet el investitsiyalari kirib kelishiga to’sqinlik qiluvchi omillardan biri, bank
tizimining rivojlanmaganligidir. Xususan, investorlar nuqtai nazaridan, O’zbekistonda naqd va naqd
pul operatsiyalarini o’tkazishni yaxshilash, moliyaviy bozorda raqobat muhitini yaratish ehtiyoji
sezilarli.
So’nggi vaqtda investitsiyaviy
muhitning muhim omili sifatida, chet el investorlari uchun
yaratilayotgan imtiyoz va rag`batlantirishlar tizimi aks ettirilmoqda. Turli mamlakatlarda, chet ellik
investorlar o’ziga xos imtiyozlar tizimi joriy etilgan. Bozor infratuzilmasi va huquqiy muhitni
shakllantirish, muayyan vaqtni talab qiluvchi jarayon hisoblanadi.Shuning uchun ham ko’pchilik
mamlakatlar, qulay investitsiyaviy muhitni shakllantirish masadida, vaqtinchalik choralar sifatida, chet
el investorlari uchun ayrim imtiyozlar va rag`batlantirishlarni joriy etadilar. O’zbekiston hukumati
tomonidan ChIKlarga katta moliyaviy imtiyozlar taqdim etilgan. Ularga quyidagilarni kiritish
mumkin:
-ChIKning o’z ishlab chiqarish ehtiyojlari va unda ishlovchi chet ellik ishlovchilarining shaxsiy
ehtiyojlari uchun O’zbekiston Respublikasiga olib kirilayotgan mulk bojxona bojlaridan ozod qilinadi;
-respublika investitsiyaviy dasturiga kiritilgan loyihalarga kapital qo’yilmalarni amalga oshiruvchi
ishlab chiqarish ChIKlari 7 yilgacha daromad solig`idan ozod qilinadilar;
-ishlab chiqarish ChIK lari Nizom jamg`armasida chet el investorlarining ulushi 50 foiz va undan
ortiq bo’lsa, Nizom jamg`armasi kattaligiga qarab, ular uchun amaldagi soliq stavkalari kamaytiriladi;
-eksportga mo’ljallangan yoki import o’rnini bosadigan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, yangidan
tashkil
etilayotgan ChIK lar, agarda ularning ishlab chiqarish hajmining 25 foizdan ortig`ini bolalar
tovarlari tashkil etsa, ishlab chiqarishni boshlagan vaqtidan 5 yil davomida daromad solig`idan ozod
qilinadilar (keyingi yillarda esa, amaldagi daromad solig`i foiz stavkasi ular uchun 2 barobar
kamaytirilgan);
-Nizom jamg`armasida chet el kapitalining ulushi 50 foiz va undan ortiq bo’lsa, ishlab chiqarishni
rivojlantirish va kengaytirishga yo’naltirilgan daromad solig`idan ozod qilinadi;
-o’zi ishlab chiqarayotgan mahsulotni erkin konvertatsiyalanadigan valyutaga eksport qiluvchi,
ishlab chiqarish ChIKlari eksport bojxona bojlari va boshqalardan ozod etiladilar.
So’nggi yillarda kuzatilayotgan asosiy tendensiya shundan iboratki, nafaqat rivojlanayotgan va
postsotsialistik davlatlar, balki rivojlangan davlatlar ham chet el investorlari
uchun yildan-yilga
ko’proq imtiyozlarni taqdim etmoqda. Bu jahon bozoridagi kapital uchun olib borilayotgan raqobat
kurashining yorqin isbotidir. Rivojlangan davlatlar moliyaviy imtiyozlarga asoslansa, o’tish
iqtisodiyotidagi davlatlar birinchi navbatda fiskal imtiyozlarni taqdim etishadi.
Moliyaviy va fiskal imtiyozlarni o’zaro ajratishga bo’lgan bir nechta yondashuvlar mavjud.
Bizning fikrimizcha YUNKTAD (UNCTAD) tomonidan taklif etilgan yondashuv eng xaqiqatga
yaqinidir.
Ushbu yondashuvga muvofiq fiskal imtiyozlarga quyidagilar kiradi:
- soliq «ta'tillari», korxona muayyan muddatga bir yoki bir nechta (ayrim hollarda esa barcha)
soliqlarni to’lashdan ozod etiladi;
- korporativ soliq (daromad/foyda solig`i) stavkalarini pasaytirish;
- import bojlaridan ozod qilish;
- reinvestitsiya imtiyozlari, foydani ishlab chiqarishni rivojlantirish va kengaytirishga
yo’naltiriladigan qismini soliqlardan ozod etish;
- ijtimoiy dasturlar imtiyozlari, ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish korxona xarajatlarini to’liq
yoki bir qismini soliqqa tortish bazasidan chiqaradi.
148
Qo’llanilayotgan rag`batlantirish tadbirlarini tizimlashtirish, va demak
ularning samaradorligini
oshirish uchun, kapital qabul qiluvchi mamlakatlar hukumatlari tomonidan imtiyozlarni berish
mezonlari ishlab chiqilgan. Fiskal imtiyozlarni taqdim etishning asosiy mezoni sifatida, iqtisodiyotning
mamlakat uchun ustuvor bo’lgan sohalariga kapital kiritish xizmat qiladi.
O’zbekiston uchun, masalan, iqtisodiyotning barcha sohalaridagi asosiy ustuvorlik bu eksportga
yo’naltirilgan yoki importni o’rnini bosadigan mahsulot ishlab chiqarishdir. Ammo, jahonda ro’y
berayotgan iqtisodiy rivojlanish tendensiyalarini hisobga olgan holda «inson resurslari» va innovatsion
tadqiqotlarga kiritiladigan investitsiyalar, XXI asrda yetakchilar qatorida bo’lishni istagan har qanday
mamlakatning muhim ustuvorliklari qatorida bo’lishi lozim.
O’zbekiston hukumati chet el investitsiyalari uchun qulay bo’lgan me'yoriy-huquqiy bazani
yaratishga intilmoqda. Ushbu maqsadni ko’zlagan holda «Chet el investitsiyalari to’g`risida»gi Qonun
(may 1994y.), Vazirlar Mahkamasining №55 qarori (yanvar 1996y.) 1996 yil 31 mayda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining farmoni qabul qilindi. Bu hujjatlarda O’zbekistonga xorijiy inves-torlarni
kiritishga doir qarorlarning hukumat tomonidan qabul qilish jarayonlari bilan bir qatorda chet el
investorlarining huquq va majburiyatlari majmui ham belgilab berilgan.
Xususiylashtirish jarayoni hukumatga qat'iylik bilan xorij investitsiyalarini jalb etish bo’yicha o’z
maqsadlari jiddiyligini ko’rsatish imkonini beradi.
Ayrim korxonalar xorijiy investorlarda katta qiziqish tug`dirishi, shubhasiz. Agar adolat va
professionallik bilan bir necha aktivlarni sotsa, unda hukumat xorijiy investorlarni to’laqonli
hamkorlar sifatida jalb qilib, o’z maqsadlari jiddiyligini isbotlab beradi.
Ommaviy xususiylashtirish dasturiga qo’shimcha sifatida individuallik asosida ayrim yirik va
muhim korxonalarni sotish imkoniyatlarini ko’rib chiqish mumkin.
Investitsiyaviy muhitni yaxshilashda xususiylashtirishning xorij tajribasi
bir necha quyidagi
jihatlarga e'tiborni qaratish maqsadga muvofiqligini ko’rsatdi.
1. Axborotning yetarli darajada emasligi, xorijiy investorlarning asosiy e'tiroziga sabab bo’ladi.
2. Individuallik asosida xususiylashtirish uchun korxonalarni puxta saralanishi oxir-oqibatda
muvoffaqiyatga erishish uchun muhim ahamiyatga ega.
3. Qayta tashkil etish bo’yicha amalga oshiriladigan harakatlar, masalan, texnologiya almashtirish,
mahsulotning yangi turlarini kiritish, yangi bozorlarni topish va shunga o’xshash ishlar bo’lajak
mulkdor zimmasiga qo’yilgani maqsadga muvofiqdir.
4. Kompaniyani qayta tiklash bo’yicha rejalar uning sotilish narxiga qaraganda ko’proq qiziqtirishi
lozim. Ayrim investorlar xususiylashtirishning asosiy maqsadi to’g`risida aniq tasavvurga ega emaslar.
5. Savdolarni ochiq tenderlar yoki boshqa raqobatli uslublar orqali vositachilarsiz, to’g`ridan-
to’g`ri amalga oshirish lozim. Bunda yaxshi obro’ga ega bo’lgan maslahatchilar xizmatlaridan
foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. Masalan, yirik qayta xususiylashtirish bitimlarini amalga
oshirayotganda investitsiyaviy banklar va audit kompaniyalariga murojaat qilish kerak bo’ladi.
O’zbekiston, turli xil qonunchilik hujjatlarida aks ettirilgan, soliq rag`batlantirishlarining keng
to’plamini taqdim etadi. Bundan tashqari, chet el investorlari qo’shimcha rag`batlantirishlarga ham ega
bo’lishadi, ayniqsa, soliq to’lashdan ozod qilish davrini uzaytirish shaklida.
Shu bilan birga rag`batlantirishning oddiy va samarali usullari mavjud:
- barcha rag`batlantirishlarni olib tashlagan holda qonun tomonidan belgilangan korxonalar uchun
foyda solig`i stavkasini pasaytirish;
- hozirgi rag`batlantirishlarni olib tashlagan holda, kamroq ixtiyoriylikga ega bo’lgan samaraliroq
rag`batlantirishlarni joriy etish;
- rag`batlantirish sifatida vaqtinchalik soliq to’lashdan ozod etishni qoldirish,
ammo uning
ixtiyoriyligi va diskriminatsion xarakterini susaytirish.
Dostları ilə paylaş: