Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Nazorat savollari: 
1.
Investitsiyaviy loyiha biznes-rejasining asosiy maqsadi nima? 
2.
Yetakchi davlatlarning namunaviy biznes-rejalaridagi asosiy farqlar nimada? 
3.
YUNIDO uslubiyoti bo’yicha ishlab chiqilgan xalqaro biznes- 


149 
rejaning asosiy punktlarini ayting. 
21–mavzu. INVESTITSION LOYIHA TAHLILI 
 
Tayanch iboralar: loyiha, loyiha davri, marketing, bozor, rahobat muhiti, texnik tahlil, moliyaviy 
tahlil, iqtisodiy tahlil, institutsional tahlil, tavakkalchilik tahlili, strategik investor. 
1. Loyiha va loyiha davri tushunchalari. 
Umumiy tarzda olganda loyiha – bu muayyan maqsadni ko’zlagan, korxona faoliyatini o’zgartirish 
to’g`risidagi maxsus tarzda rasmiylashtirilgan taklifdir. 
Investitsiyaviy loyiha – cheklangan vaqt va cheklangan resurslar bilan muayyan maqsadga erishish 
uchun yo’naltirilgan, o’zaro bo`gliq va muvofiqlashitirilgan tashkiliy, texnik va investitsiyaviy 
tadbirlar majmuasidir. 
Loyiha sifatida ko’p narsani qabul qilish mumkin: elevator qurish, mahsulot ishlab chiqarishning 
yangi texnologiyasini ishga tushirish, o’quv seminarlarini o’tkazish, traktorni ta'mirlash va h. Bunday 
tadbirlarning barchasi bir qator umumiy belgilarga ega: 
- ular muayyan va aniq belgilangan maqsadga erishish uchun yo’naltirilgan; 
- bir qator o’zaro bog`liq hatti-harakatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi; 
- boshlanish va tugallanish vaqti aniq belgilangan bo’ladi; 
- resurslarning cheklanganligi va tashqi sharoitlarning mavjudligi bilan (institutsional, iqtisodiy, 
huquqiy va h.) tavsiflanadi; 
- resurslarni kiritish va natija olish jarayonlari o’zaro bog`langan, bunda bir martalik qo’yilmalar 
(vaqtning cheklanganligi) uzoq vaqt davomida natijalarga o’z ta'sirini ko’rsatadi; 
- har biri takrorlanmas sharoitlarga ega va o’ziga xos. 
Sanab o’tilgan belgilar loyihalarni boshqa turdagi tadbirlardan farqlash imkonini beradi; ularning 
mavjudligi tadbirni loyiha sifatida e'tirof etilishiga imkon beradi. 
Loyihalarni, odatda, taktik va strategik loyihalarga ajratadilar. Strategik loyihalarga mulkchilik 
shaklining o’zgarishini nazarda tutadigan loyihalar kiradi. Taktik loyihalarga esa ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulot 
hajmini 
o’zgarishi, 
mahsulot 
sifatini 
oshishi, 
uskunalarni 
zamonaviylashtirish bilan bog`liq loyihalar kiradi. 
Mazkur loyihaga nisbatan investitsiyaviy faoliyatni tartibga solish jarayoni loyiha davri deb 
atalmish shaklda rasmiylashtiriladi, u quyidagi bosqichlardan iborat bo’ladi: 
1.Loyihani ifodalash (ayrim hollarda «identifikatsiyalash» atamasi 
qo’llaniladi). 
2. Loyihani ishlab chiqish (tayyorlash). 
3. Loyiha ekspertizasi. 
4. Loyihani amalga oshirish. 
5. Natijalarni baholash. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin