152
Boshqa barcha sharoitlar bir xil bo’lganda, tovarning bozor narxi va unga bo’lgan talab miqdori
o’rtasida muayyan nisbat mavjud bo’ladi. Makroiqtisodiyotning ushbu aksiomasi bozorlar tahlili
asosini tashkil etadi.
Narxdan tashqari talabga quyidagi muhim omillar ham o’z ta'sirini ko’rsatadi:
- iste'molchilarning o’rtacha daromadi (ushbu ko’rsatkich oshganda talab ham oshishi kutiladi);
- bozor miqyosi (yirik shaxarlarda talab hamisha yuqori);
- o’zaro bog`liq tovarlarning narxi va ularni xarid qilish imkoniyati, bu ayniqsa muayyan tovarni
o’rnini bosuvchi va to’ldiruvchi tovarlarga tegishli;
- iste'molchilarning didi, an'analari va istaklari;
- bozorning maxsus sharoitlari (misol uchun, kelajakdagi iqtisodiy o’zgarishlarni kutish – narx,
inflyatsiya va h.).
Taklif egri chizig`iga ta'sir etuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
- ishlab chiqarish xarajatlari;
- texnologik taraqqiyot;
- foydalaniladigan resurslar va xom-ashyo narxlaridagi o’zgarishlar;
- mazkur bozordagi firmalar miqdori;
- bozor tuzilmasi.
Yuqorida sanab o’tilgan omillardan istalgan bittasining o’zgarishi,
har qanday joriy narxda ham,
taklif hajmining o’zgarishiga olib keladi. Xususan, taklif loyihani amalga oshirilishi munosabati bilan
ham o’zgarishi mumkin. Misol uchun, sut qayta ishlash jarayonining kam xarajatli texnologiyasini
joriy etish ishlab chiqarish xarajalarini kamaytiradi. Sut zavodi ko’proq
mahsulot ishlab chiqargan
holda, taklifni oshiradi va narxni pasaytiradi.
Loyihaviy tahlil loyihalarni ishlab chiqishda xal qiluvchi rolni o’ynashiga qaramasdan, unga
xanuzgacha kam e'tibor qaratiladi. Har bir loyihaning muvoffaqiyati yoki muvoffaqiyatsizligini aynan
bozor belgilaydi, shu sababdan ham loyihaviy tahlilning boshqa jihatlariga (aspektlariga) o’tishdan
oldin, mahsulot va resurslar bozorlarini batafsil o’rganish lozim.
Dostları ilə paylaş: