Microsoft Word 04 Kishlok xujaligida investitsion jarayonlar



Yüklə 5,27 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/234
tarix24.12.2023
ölçüsü5,27 Kb.
#191709
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   234
9FGpxRXF4oZVzQ4RAFkIWArGCd7lguGpnEliCPmR

Texnik tahlil. 
Texnik tahlilning asosiy masalalari bo’lib loyihaning optimal miqyosi, uning tarkibiy qismlari, 
joylashuvi, amalga oshirish muddatini aniqlash, texnologiya tanlash va boshqa texnik va texnologik 
masalalar xizmat qiladi. Ko’pgina hollarda eng qulay variantni tanlashda moliyaviy tavsiflarga asosiy 
e'tibor berilishiga qaramasdan, ekologik tavsiflar ham muhim ahamiyat kasb etadi. 
Texnik tahlilda moliyaviy, ekologik, tijorat va boshqa tahlillarning natijalaridan foydalanilganligi 
sababli, tahlilning ushbu turi har doim boshqa tahlillar bilan parallel ravishda olib boriladi. 
Loyiha miqyosi
, deyarli barcha hollarda o’zgaruvchan kattalik bo’lib, loyihani ishlab chiqish 
jarayonida aniqlanadi. Qishloq xo’jaligi va sanoatda, loyiha miqyosi, birinchi navbatda mahsulotga 
bo’lgan talabga bog`liqdir. Loyihani amalga oshiruvchi tashkilot imkoniyatlari ham muhim ta'sir 
ko’rsatishi mumkin. Ayrim hollarda foydalanilishi mo’ljallangan hududiy yoki tabiiy resurslar 
bo’yicha jismoniy cheklanishlar xal qiluvchi rolni o’ynashi mumkin.
Amaliyotda tekshirilgan texnologiyalarning mavjud bo’lmaganligi, odatda bosqichma-bosqich 
yondashuvdan foydalanishga olib keladi. Bunday yondashuv tadqiqotlar va moslashuvdan boshlangan 
holda, keyinchalik namunaviy loyiha va bir oz tajriba orttirilgandan so’ng to’liq miqyosdagi 
loyihagacha o’sib boradi. Shuningdek miqyos moliyaviy ko’rsatkichlarga ham bog`liq bo’lishi 
mumkin (misol uchun, loyiha ekspluatatsiyasi yoki uskunalarni davriy yangilash xarajatlari hajmiga). 
So’nggi natijani maksimumga olib keluvchi miqyos esa har doim optimal sanaladi.
Afsuski, loyiha miqyosini tanlash jarayoni faqatgina texnik nuqtai nazardan ko’rib chiqiladi, va 
unda loyihaning moliyaviy va iqtisodiy jihatlari (aspektlari) e'tiborga olinmaydi. Bunday holatda
tanlangan miqyos natijalarni maksimumga olib kelishga yordam berishiga ishonish qiyin. 

Yüklə 5,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   234




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin