150
6. Qaror qabul qilish mas'uliyati borasida muhim bo’lgan boshqa turdagi loyihalar.
3. Investitsiyaviy loyihalar tahlilining jihatlari.
Investitsiyaviy loyihani amalga oshirish natijasida kutilgan ijobiy samaraga erishish uchun, asosiy
talablarga amal qilinishini nazorat qilib borish zarur. Ushbu talablarga rioya qilish tahlili,
loyihani
muvoffaqiyatli amalga oshishini, unga o’z vaqtida o’zgartirishlar
kiritilishini yoki, ijobiy natijaga
erishish mumkin bo’lmagan
taqdirda, loyihadan voz kechish to’g`risida habar beradi. Eng muhimi
bunday tahlil ko’p aspektlar nuqtai nazaridan amalga oshiriladi, chunki mavjud talablardan bittasining
bo’lsa ham hisobga olinmasligi loyiha ishtirokchilari uchun salbiy natijalarga olib kelishi mumkin.
Loyihani tizimlashtirish uchun quyidagi aspektlarni ajratish qabul qilingan:
- tijorat tahlili;
- texnik tahlil;
- ijtimoiy tahlil;
- institutsional tahlil;
- ekologik tahlil;
- moliyaviy tahlil;
- iqtisodiy yoki jamiyat samaradorligi tahlili.
Tijorat tahlili.
Tijorat tahlilining maqsadi – ishlab chiqarilishi mo’ljallangan mahsulot
va xizmatlar bozorlari,
hamda ishlab chiqarish uchun lozim bo’lgan moddiy va moliyaviy resurslar bozorlari nuqtai nazaridan
loyiha istiqbollarini baholashdir. Umuman olganda loyihaning muvoffaqiyati yoki inqirozga uchrashi,
loyiha mahsuloti iste'molchilari, loyiha xizmatlaridan foydalanuvchilar, resurslarni yetkazib beruvchi
va potensial investorlarga bog`liq bo’ladi.
Tijorat tahlili har doim bozorlarni o’rganishdan boshlanadi. Loyiha mahsuloti, uni amalga oshirish
uchun lozim bo’lgan moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning joriy kon'yunkturasini o’rganib
bo’lgandan so’ng, tegishli bozorlarni rivojlanish tendensiyalari aniqlanadi
va loyihaga tegishli
ko’rsatkichlar dinamikasi prognoz (bashorat) qilinadi.
Dostları ilə paylaş: