Mavzu. Davlat budjetining iqtisodiy maqsadlardagi xarajatlari



Yüklə 130,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix24.12.2023
ölçüsü130,61 Kb.
#191946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
19-BOB. DAVLAT BUDJETINING IQTISODIY MAQSADLARDAGI XARAJATLARI

veterinariyalar 
amal qiladi va hayvonlarni kasalliklardan muhofaza qilish hamda ularni davolash, ishlab chiqarish 
va aholining yuqori sifatli chorvachilik mahsulotlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish
odamlarning hayvonga ham, insonga ham xos kasalliklarga chalinishining oldini olish, shuningdek 
atrof muhitni muhofaza qilishning veterinariya-sanitariya muammolarini hal etishga doir 
veterinariya tadbirlari majmuidan iborat. Davlat veterinariya xizmatini O’zbekiston Respublikasi 
Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi Davlat veterinariya bosh boshqarmasi, viloyatlar 
va Toshkent shahrining davlat veterinariya boshqarmalari, tumanlar, viloyat va tuman 
bo’ysunuvidagi shaharlarning davlat veterinariya bo’limlari, ularning qaramog’idagi hayvonlar 
kasalliklariga qarshi kurash stantsiyalari (tuman veterinariya stantsiyalari), diagnostika 
markazlari, veterinariya shifoxonalari, laboratoriyalari, ekspeditsiyalari, hayvonlar kasalliklariga 
qarshi kurash otryadlari, bozorlardagi veterinariya-sanitariya ekspertizasi laboratoriyalari va
davlat veterinariya tarmog’ining boshqa tashkilot va muassasalari amalga oshiradilar.
2
 
Davlat veterinariya xizmati: 
epizootik vaziyatni baholaydi va o’ziga berilgan vakolatlar doirasida hayvonlarning
egalariga yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularni yo’qotish tadbirlarini amalga oshirish 
yuzasidan bajarilishi majburiy ko’rsatmalar beradi; 
O’zbekiston Respublikasi hududini chetdan hayvonlarning yuqumli ka- salliklari kirib 
kelishidan qo’riqlash, mollar, hayvonotga mansub mahsulotlar va xom ashyo, yem-xashak, 
ozuqabop qo’shimchalar va chorvachilikda qo’llaniladigan boshqa vositalarni tayyorlash, tashish, 
 
2
«Veterinariya to’g’risida» O’zbekiston Respublikasining 1993 yil 3 sentyabrdagi 935-XII-son Qonuni; 1997 yil 25 
apreldagi 421-I-son Qonun. 


xorijga chiqarish va xorijdan keltirish ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
kasalliklarning kelib chiqishi va hayvonlar nobud bo’lishining sabablarini tahlil qiladi, 
bunday hollarning oldini olish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqadi, hayvonlarni davolash ishini 
tashkil etadi; 
hayvonlarning kasalliklarini aniqlash, shuningdek yem-xashak va ichimlik suv sifatini 
baholash maqsadida laboratoriya-klinik hamda boshqa tadqiqotlar o’tkazadi; 
hayvonlarning yuqumli, invazion kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish tadbirlarini 
amalga oshiradi; 
sog’liqni saqlash organlari va boshqa xizmatlar bilan birgalikda odamlar va hayvonlar 
uchun xavfli bo’lgan yuqumli kasalliklarning manbaiga barham beradi, shuningdek o’zaro 
axborotlar ayirboshlaydi; 
veterinariya-sanitariya jihatdan yuqori sifatli chorva mahsulotlari va xom ashyosi ishlab 
chiqarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; 
barcha chorvachilik ob’ektlari, kushxonalar, go’sht-sut va boshqa chorva mahsulotlarini 
qayta ishlaydigan korxonalar, bozorlar va xom ashyo omborlarining veterinariya-sanitariya holatini 
nazorat qiladi, bu ob’ektlarning qurilishi va qayta qurilishini, shuningdek yer qazish ishlarini 
veterinariya ekspertizasidan o’tkazadi; 
O’zbekiston Respublikasining, boshqa davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslaridan 
yuqumli kasalliklar yoyilib ketishining oldi olinishi va bartaraf etilishini ta’minlash tadbirlari 
o’tkazilishini, shuningdek hayvonlarning epizootik holatini aniqlash uchun zarur bo’lgan axborotni 
taqdim etishni talab qiladi; 
yuqumli kasallik aniqlanganda yoki hayvonlarning o’ta xavfli kasalligi mavjudligi haqida 
shubha paydo bo’lganida yuridik va jismoniy shaxslarga mollarni so’yish yoki yo’q qilib tashlash, 
chorvachilik mahsulotlari va hayvonotga mansub xom ashyoni zararsizlantirish, ularni ishlovdan 
o’tkazish yoki ulardan foydalanishga doir bajarilishi majburiy talablarni belgilab qo’yadi; 
Qonunga muvofiq davlat veterinariya nazoratini amalga oshiradi. 
Davlat veterinariya xizmati: 
respublika va mahalliy byudjet mablag’lari; 
davlatning mollarni sug’urta qilish mablag’laridan ajratmalar; 
pulli xizmatlar 
ko’rsatganlik uchun veterinariya korxonalari, muassasalari va 
tashkilotlari oladigan mablag’lar hisobiga ta’minlanadi. 
“Veterinariya to’g’risida”gi Qonun talablarini buzganlik uchun undiriladigan ma’muriy 
jarima pullari viloyatlar va Toshkent shahrining epizootik fondlariga tushadi. 
Ro’yxati O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi- ning taqdimiga 
asosan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomoni- dan belgilab qo’yiladigan 
hayvonlar yuqumli kasalliklarining oldini olish va bartaraf etish tadbirlari byudjet hisobidan 
amalga oshiriladi.
3
 
Idoraviy veterinariya xizmati tegishli vazirliklar, davlat qo’mitalari, idoralar, korxonalar, 
muassasalar, tashkilotlar, xo’jaliklar hisobidan ta’minlanadi. 

Yüklə 130,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin