har bir idishga quyilib chiqiladi. Bundan keyin nasosni ishga tayyorlash kerak bo'ladi. Buning
uchun suv quvurdagi jmrak sekin ochilib nasosning sferik qismini 2/3 qism suvga to'ldirib, uning
bilqillashini ta'minlashi kerak. Keyin barmog'imiz bilan nasosning surish teshigini goh yopib,
goh ochib nasos ishlayotganiga ishonch hosil qilishimiz zarur. Nasos ishga tayyor bo'lishi bilan
uning yordamida eritmani byuretkaga suramiz. Buning uchun byuretkadagi jumrak ochilib,
byuretkaning yuqorisiga rezina shlang bilan nasosning surish teshigi biriktiriladi. Byuretka
kislota bilan to'ldirilganidan keyin (jumrakdan 0,5-1 sm yuqori) jumrak yopilib nasos ajratiladi.
Byuretkalarni kislota bilan to'ldirishni shoshilmasdan, qo'rqmay bajarish lozim. Shu narsaga
e'tibor qilish lozimki, jumrak yaxshi berkitilgan bo'lib, havo o'tkazmasligi kerak, bo'lmasa
havoning kirishi natijalarni keskin o'zgartirishi mumkin. Tajriba byuretka kislotaga to'ldirilishi
bilan boshlanadi. Ajralib chiqayotgan vodorod miqdori tajriba jurnalida 5, 10, 15, 20, 30, 45, 60
minutlardan so'ng qayd etiladi, ya'ni tajriba boshlangandan keyin 1 soat davomida 7 ta natijani
yozib olish kerak. Tajriba tugagach jumrak ochilib kislota olinadi va byuretka namunalar bilan
birga suvda chayiladi. Byuretka suvda chayilishi uchun:
1. Stakandagi kislota voronka orqali butilga quyiladi va u vodorod jumrak tagida chayiladi. 3/4
kismiga suv to'ldiriladi. Byuretkadagi jumrakcha ochilib, unga oldindan ulangan va tuzatilgan
suv nasosi birlashtiriladi.
2. Byuretka tagidagi stakanni ko'tarayotganda byuretka voronkasi stakanga botsin. Keyin
byuretka bilan suv suriladi.
3. Byuretka va nasos orasidagi birlashtiruvchi shisha naycha uchida suv paydo bulishi bilan
suvning stakanga oqishi uchun stakanni pastga keskin tushirish kerak.
4. Namunali byuretkani yuvish operasiyasini yana 2 marta qaytarish kerak.
Byuretka chayilib bo'lgandan keyin nasos olib tashlanadi. Byuretka ichidagi namunalar filtr
qog’oz bilan artilib, 5 minut havoda quritiladi va oldingi tarozida yana tortiladi. Kuzatish natijasi
(ajralgan vodorod miqdori, namuna og'irligining tajribadan oldingi va keyingi o'zgarishlari,
kattaligi) 2.1.-jadvalga yoziladi. Ish tugagach hamma shisha idishlar yuvilib, kislota va aseton
idishlari yaxshilab yopiladi, ish joyi tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: