Ikkiyoqlama yozuv; double entry; двойная запись; - xo ‘jalik
muomalalarini buxgalteriya hisobi schyotlarida registratsiya qilish. Bu
usul shundan iboratki, har bir xo ‘jalik muomalasi ikkita schyotga
yoziladi - bir schyotning debeti va ikkinchi schyotning kreditiga.
Ikkiyoqlama yozuv buxgalteriya
hisobi obyektlarida o ‘zgarishlami
vujudga keltiradigan xo‘jalik muomalalarining iqtisodiy mohiyati bilan
b og iiq .
Imtiyoz; privilege; привилегия; m aiu m bir majburiyatlami
bajarishdan qisman yoki to iiq ozod etishdir.
Inventarizatsiya; inventory of; инвентаризация; natura
shaklidagi mavjud m ab lag iar haqiqiysining buxgalteriya hisobi
m aium otlariga to ‘g ‘ri kelishini, majburiyatlar hisobda to ‘g ‘ri aks
ettirilishini
tekshirish usuli. U buxgalteriya hisobi ko‘rsatkichlari
ishonchliligini va korxona mulki butligini ta ’minlaydi. X o‘jalik
yurituvchi subyekt, shu jum ladan asosiy faoliyati byudjet m ablagiari
hisobiga moliyalanadigan tashkilot tomonidan mol-mulk
hamda
moliyaviy majburiyatlami inventarizatsiya qilish va uning natijalarini
rasmiylashtirish tartibi 0 ‘zbekiston Respublikasining 19-Buxgalteriya
hisobi milliy standarti “Inventarizatsiya qilishni tashkil etish va
o ‘tkazish”
bilan tartibga solinadi.
Rejali
va rejadan tashqari
inventarizatsiya
ham
b o iish i
mumkin.
Rejali
inventarizatsiya
y o ‘riqnomalarda k o ‘rsatilgan muddatlarda o ‘tkaziladi, rejadan tashqarisi
zaruriyat tug‘ilishiga qarab, odatda to ‘satdan o‘tkaziladi.
Investitsiya; investment; инвестиция; foyda, divident yoki
daromadlaming boshqa shakllarini olish maqsadida sanoat, qishloq
xo‘jaligi va boshqa tarmoqlarga shuningdek qimmatli qog‘ozlarga
sarmoya qo‘yish.