A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Kassa muomalalarini hisobga olish



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

7.2. Kassa muomalalarini hisobga olish
Xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasidan naqd pulni olish va berish 
bilan bog‘liq bo‘lgan muomalalar kassa muomalalari deb yuritiladi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 
tasdiqlangan “Yuridik shaxslar tomonidan kassa operatsiyalarini amalga 
oshirish qoidalari”ga asosan tashkil qilinadi va yuritiladi.
Kassa operatsiyasi bu kompaniyadagi naqd pul bilan bog‘liq 
bo‘lgan operatsiyalar majmuasidir24.
Har bir xo‘jalik subyekti naqd pulda hisob-kitoblami amalga 
oshirish maqsadida o ‘z kassasiga ega bo‘lishi lozim. Naqd pul bilan 
hisob-kitoblami amalga oshirmaydigan tashkilotlar kassa xonasiga ega 
bo‘lishlari talab etilmaydi.
Kassa 
xonasi 
alohida 
ajratilgan 
bo'lishi, 
eshiklari 
esa 
operatsiyalami amalga oshirish vaqtida ichkaridan qulflanishi shart. 
Kassa ishiga aloqador bo‘lmagan shaxslaming ushbu xonaga kirishi man 
etiladi.
Xo‘jalik subyektidagi barcha naqd pullar va boshqa qimmatliklar 
yonmaydigan metall shkaf (seyf)larda saqlanadi. Ular ish kuni 
tugaganidan so‘ng, kalit bilan qulflanadi va unga kassiming muhri 
bosiladi.
X o‘jalik subyektiga tegishli bo ‘lmagan naqd pullar va boshqa 
qimmatliklami kassada saqlash taqiqlanadi.
Kassir o ‘zi qabul qilib olgan barcha qimmatliklaming but 
saqlanishi uchun to‘liq moddiy javobgar hisoblanadi. Kassiming ishga
24 Financial and managerial accounting. 12e. Carl S. W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 66 p.
141


tayinlanganligi to ‘g ‘risida buyruq chiqarilganidan so‘ng, tashkilot 
rahbari kassimi Qoidalar bilan tanishtiradi va u bilan to ‘liq moddiy 
javobgarlik to ‘g ‘risida shartnoma tuzadi.
Kassir o ‘ziga topshirilgan ishni boshqa shaxslarga ishonib 
topshirishi taqiqlanadi.
Kassir kasalligi yoki boshqa sababga ko‘ra vaqtincha ishda 
boim agan hollarda unga biriktirilgan barcha qimmatliklar darhol 
tashkilot rahbari hamda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish 
vazifalarini amalga oshiruvchi shaxs va boshqa xodimlardan tarkib 
topgan komissiya ishtirokida ishni qabul qilayotgan shaxs tomonidan 
qayta sanaladi. Bu haqda dalolatnoma tuzilib, komissiya a ’zolari 
tomonidan imzolanadi.
Kassa 
muomalalarining 
buxgalteriya 
hisobi 
5010 
“Milliy 
valyutadagi pul m ablag‘lari” schyotida yuritiladi. M azkur schyot 
xo‘jalik yurituvchi subyekt kassalarida turgan pul mablagMari va 
ulaming harakati to ‘g ‘risidagi m a’lumotlami umumlashtirish uchun 
m o‘ljallangan.
X o‘jalik 
subyektlari 
o ‘rtasidagi 
hisob-kitoblar, 
shuningdek 
fuqarolaming tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishi bilan bog‘liq 
holda ular ishtirokidagi hisob-kitoblar naqd pulsiz tartibda amalga 
oshiriladi.
X o‘jalik subyekti bankdan olgan naqd pullami qaysi maqsad 
uchun olgan bo‘lsalar, uni faqat o ‘sha maqsadda foydalanishlari shart.
Korxona kassasiga naqd pullar:
• bank kassasidan - bank cheki asosida;
• aholiga tovarlar, ishlar, xizmatlami realizatsiya qilish natijasida 
olingan naqd pul tushumi shaklida;
• korxona kassasiga boshqa naqd pul tushumlari shaklida kelib 
tushishi mumkin.
Xaridorlardan naqd p u l olayotganda korxona:
• fiskal xotirali nazorat-kassa mashina (NKM)larini qo‘llashi;
142


. xaridorlarga undan naqd pul qabul qilinganligini tasdiqlaydigan 
chek berishi shart.
0 ‘zbekiston Respublikasida faqat 0 ‘zbekiston Respublikasi 
hududida foydalanish uchun ruxsat berilgan, Fiskal xotirali nazorat- 
kassa mashinalarining davlat reestriga kiritilgan NKM modellaridan 
foydalanish mumkin. Har qanday apparat “0 ‘zstandart” agentligi yoki u 
akkreditatsiyalangan organ tomonidan sertifikatlanishi va muvofiqlik 
sertifikatiga ega bo‘lishi kerak. Ilgari ishlatilgan NKM dan foydalanish 
taqiqlanmagan. Albatta, bunday NKM soliq organlaridagi avvalgi 
hisobdan o ‘chirilishi kerak, bu haqda DSI apparatning ro‘yxatdan 
o ‘tkazish kartasida maxsus belgi qo‘yadi. Har qanday - yangi yoki 
ishlatilgan - NKMni qo‘llashni boshlashdan avval 
uni savdo 
shoxobchasi joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o ‘tkazish va 
ro‘yxatdan o ‘tkazish kartochkasini olish kerak. KM savdo shoxobchasi 
joylashgan joydagi soliq organida ro‘yxatdan o ‘tkaziladi. Agar savdo 
shoxobchalari bir nechta bo‘lsa, joylashgan joydagi DSIda ro'yxatdan 
o ‘tkazilgan alohida kassa apparati bilan har bir savdo shoxobchasi 
jihozlanishi kerak.
Soliq organlari 5 ish kuni mobaynida taqdim etilgan hujjatlaming 
ishonchliligini tekshiradilar, mazkur NKM ning fiskal xotirasiga kirishni 
kodlashtiradilar va uni plombalaydilar. NKM plombalarining butligi 
uchun shaxsan korxona rahbari javob beradi. Ish kuni oxirida kassir 
NKM bo‘yicha kundalik hisobotni olishi va kassir-operatsiyachining 
nazorat-kassa daftarini (uni kassa daftari bilan chalkashtirmaslik kerak) 
albatta to ‘ldirishi shart.
Korxona kassasiga naqd pullami qabul qilish kassa kirim orderi 
(KO-1) bilan amalga oshiriladi. U ikki qismdan iborat: kirim orderi 
(blankning chap qismi) va unga oid kvitansiya (o‘ng qismi). Kassa kirim 
orderini buxgalteriya yozib beradi va bosh buxgalter yoki u vakolat 
bergan shaxs tomonidan imzolanadi.
Kassa orderlarini olish vaqtida kassir:
• ularda buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqarish vazifalarini
143


amalga oshiruvchi shaxsning imzosi borligini, kassa chiqim orderida esa 
tashkilot rahbari yoki vakolatli shaxsning ruxsat berganligi haqidagi 
imzosi mavjudligini;
• hujjatlaming to ‘g ‘ri rasmiylashtirilganligini;
• hujjatlarda qayd etilgan ilovalaming mavjudligini tekshirishi
shart.
Ushbu talablarga rioya qilinmagan bo‘lsa, kassir hujjatlami 
belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun buxgalteriyaga qaytaradi.
Kassa 
orderlari 
kassaga 
topshirilguniga 
qadar 
tashkilot 
buxgalteriyasi tomonidan tegishli ravishda “Kassa kirim orderlarini qayd 
etish daftari”da 
va “Kassa chiqim orderlarini qayd etish daftari”da 
ro‘yxatga olish lozim. Ish haqini to‘lashga doir to‘lov qaydnomalariga 
rasmiylashtirilgan kassa chiqim orderlari u toManganidan so‘ng 
ro‘yxatga olinadi.
X o‘jalik yurituvchi subyektlar kassasidan naqd pullar chiqim kassa 
orderlari (KO-2) asosida yoki tegishlicha rasmiylashtirilgan boshqa 
hujjatlar (to‘lov vedomostlari, 
pul berish to‘g ‘risidagi 
arizalar, 
to ‘lovnoma va boshqalar)ga asosan beriladi. Bu hujjatlarda chiqim kassa 
orderi rekvizitlari tushirilgan shtamp izi bo‘lishi lozim. Naqd pul olish 
uchun to ‘ldirilgan hujjatlarda xo ‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh 
buxgalteming yoki ular vakolat bergan shaxslaming imzosi bo‘lishi 
kerak.
7
.

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin