Kassa chiqim orderlarini qayd etish
7.2-jadval
DAFTARI
T/r
Kimga berildi
M aqsadi
M iqdori
(summasi)
Sana
Chiqim kassa orderlariga ilova qilinadigan hujjatlar, arizalar,
to ‘lovnomalar (schyotlar) va boshqalarda xo‘jalik
yurituvchi subyekt
rahbarining ijozat beruvchi imzosi bo‘lgan hollarda chiqim kassa
orderlarida rahbar imzosi bo‘lishi shart emas.
X o‘jalik yurituvchi subyektning xodimlari ro‘yxatida turmaydigan
shaxslarga pul tuzilgan shartnomalar asosida har bir shaxs uchun alohida
yoziladigan chiqim kassa orderi bo ‘yicha beriladi.
Kassir pulni faqat chiqim kassa orderida yoki uning o ‘mini
bosuvchi hujjatda ko‘rsatilgan shaxsga beradi.
Ayrim hollarda pul
ko‘rsatilgan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma asosida olinadigan
bo‘Isa, chiqim orderi matnida pul oluvchining familiyasi, ismi, otasining
ismidan keyin pul olish uchun ishonch bildirilgan
shaxsning familiyasi,
ismi va otasining ismi yozib qo‘yiladi. Agar pul vedomosti bo‘yicha
berilayotgan bo‘lsa, pul olinganini tasdiqlovchi imzo oldidan kassir
“Ishonchnoma asosida” deb yozib qo‘yadi. Ishonchnomani kassir olib
qoladi va chiqim kassa orderiga yoki ishonchnomaga tikib qo‘yadi.
Kassir ish haqi, ish qobiliyatini vaqtincha yo‘qotish
nafaqasi,
stipendiya, pensiya va mukofotlami har bir oluvchi uchun chiqim kassa
orderi tuzmasdan, to ‘lov (hisob-kitob-to‘lov) vedomostlari bo‘yicha
beradi.
To‘lov (hisob-kitob-to‘lov) vedomostining yuzida pul berishga
ruxsat etuvchi
ustxat yozilib, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari va bosh
buxgalterining yoki ular vakolat bergan shaxslaming imzolari, pul berish
muddatlari hamda so‘z bilan yozilgan summa bo‘lishi shart.
145
Ish
haqi
sifatida bir marta to ‘lanadigan
pullar (ta’tilga
chiqayotganda, kasal bo‘lganda va hokazo), shuningdek, deponentdagi
summalar, bir necha shaxslarga xizmat safari
xarajatlari uchun hisobot
topshirish
sharti
bilan
beriladigan
pullar
ham
shu
tartibda
rasmiylashtiriladi.
Kirim va chiqim kassa orderlari buxgalteriya tomonidan siyoh yoki
sharikli ruchka bilan aniq va tushunarli yozilishi shart. Hujjatni elektron
tarzda to ‘ldirish va keyin bosib chiqarish ham mumkin. Kassa
orderlariga har qanday o ‘chirib yozish va tuzatishlar kiritish,
izohlar
yozishga y o ‘l qo‘yilmaydi.
Kassa limiti - bu sizning kassangizda doimo turishi mumkin
bo‘lgan pul miqdoridir. U har yili yanvar oyida korxonalar va banklar
o ‘rtasidagi kelishuvga asosan belgilanadi va har qanday paytda naqd pul
aylanmasidan kelib chiqqan holda yil davomida qayta ko‘rib
chiqilishi
mumkin. Agar korxonaning o ‘rtacha kunlik naqd pul tushumi eng kam
oylik ish haqi summasiga yetmaydigan b o ‘Isa, limit 2 yil muddatga
belgilanadi.
Agar siz hisob-kitoblami naqd pulda amalga oshirmasangiz, u
holda kassangiz limiti ham nolga teng bo‘ladi,
chunki kassada pul
qoldirishga sizda ehtiyoj bo‘lmaydi.
Limit doirasidan ortiqcha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lash
kunlaridagina (3 ish kuni) saqlash mumkin.
Korxona kassasiga kelib tushgan naqd pul tushumi har kuni to ‘liq
bankka topshirilishi shart - inkassator xizmati orqali yoki korxonaning
o ‘zi uni mustaqil ravishda banklaming kunduzgi va kechki kassalariga
topshiradi.
Kassir kassa kirim va chiqim orderlari asosida
Dostları ilə paylaş: