A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Korporativ plastik kartochka



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

Korporativ plastik kartochka 
korxonaga karta hisobvarag‘ida 
hisobda turgan pul mablag‘larini tasarruf etish, tovarlar, ishlar yoki 
xizmatlar uchun naqd pulsiz shaklda to‘lov!ami amalga oshirish 
huquqini beruvchi bank kartasidir. Korporativ bank kartalari yordamida 
hisob-kitoblami amalga oshirish tartibi maxsus “Yuridik shaxslar 
tomonidan milliy valyutadagi korporativ bank kartalaridan foydalanish 
tartibi to‘g ‘risida”gi nizom27 bilan belgilangan.
Korporativ kartochkalar yuridik shaxslarga, shuningdek yuridik 
shaxsni tashkil etmaydigan yakka tartibdagi tadbirkorlarga beriladi. Ular 
yordamida “Xarajatlar tarkibi to ‘g ‘risi”dagi nizomga28 
muvofiq 
korxonaning ishlab chiqarish-xo‘jalik faoliyatida zamr bo ‘lgan hamma 
narsa uchun haq to ‘lash mumkin.
Korporativ kartochkadan bankomat orqali naqd pul olish, unga ish 
haqi va ish haqiga tenglashtirilgan to‘lovlar, pensiyalar, nafaqalar, 
stipendiyalar va dividendlami o ‘tkazish uchun foydalanish mumkin 
emas.
7.6. Hisob-kitob va chet el valyutasi schyotlaridagi pul mablag‘lari
bo‘yicha muomalalar hisobi
Korxonaning 
bankdagi 
hisob-kitob 
schyotidagi 
pul 
m ablag‘larining mavjudligi va harakati to ‘g ‘risidagi axborotlami 
umumlashtirish 5 1 10-“Hisob-kitob schyoti”da amalga oshiriladi.
Pul o ‘tkazish yo ‘li bilan (naqd pulsiz) hisob-kitoblar bo‘yicha 
m ablag‘lar:
. ishlar, tovarlar, xizmatlar uchun haq to‘lash;
• qarz va kreditlar;
• ustav fondiga hissalar va hokazolar tarzida kelib tushadi.
• naqd pul mablag‘lari hisobraqamga korxona kassasidan;
• naqd pul tushumi qabul qilinganidan keyin;
‘7 0 ‘z b e k is to n R e sp u b lik a si A d liy a V a z irlig i to m o n id a n 1 8 .0 4 .2 0 0 5 y ild a g i 1 4 7 0 -so n b ila n r o ‘y x a tg a o lin g a n
0 ‘z b e k is to n R e sp u b lik a si V a z irla r M a h k a m a s in in g 0 5 .0 2 .1 9 9 9 y ild a g i 5 4 -so n Q aro ri
165


. ish haqini deponentlash, pul m ablag‘larini hisobdor shaxslardan 
qaytarish va boshqa shunga o ‘xshash vaziyatlarda kelib tushadi.
5110-“Hisob-kitob schyoti”ning debeti bo‘yicha korxonaning 
hisob-kitob schyotiga pul mablagMarining kelib tushishi aks ettiriladi. 
5110 - “Hisob-kitob schyoti”ning kreditida korxonaning hisob-kitob 
schyotidan pul mablag1 larining hisobdan chiqarilishi aks ettiriladi. Bank 
ko‘chirmasini tekshirish natijasida korxonaning hisob-kitob schyoti 
debeti yoki kreditiga xatolik bilan olib borilgan summalar 4860 
“D a’volar bo‘yicha olinadigan schyotlar” yoki 6960 “D a’volar bo‘yicha 
to‘lanadigan schyotlar” bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Buxgalteriya hisobida hisob-kitob schyoti bo‘yicha operatsiyalar 
bank ko‘chirmalari va ularga ilova qilinadigan pulli va hisob-kitob 
hujjatlari asosida aks ettiriladi.
Hisob-kitob schyotidagi pul m ablag‘larini hisobga oluvchi 
schyotlar (5100) bo‘yicha analitik hisob milliy valyutadagi pul 
m ablag‘larini saqlash uchun banklarda ochilgan har bir schyot bo‘yicha 
yuritiladi.
Korxona o ‘zining hisobraqami bo‘yicha barcha operatsiyalami 
shaxsiy hisobvaraqning holatiga doir k o ‘chirmalar yordamida tekshirishi 
mumkin. Bu bank taqdim etadigan ko ‘chirmaning odatdagidek qog‘oz 
shakli ham, elektron hujjat ham bo ‘lishi mumkin. Korxona tanlagan 
bank hisobraqamiga xizmat ko‘rsatish tizimidan qat’iy nazar, ko‘chirma 
bank tomonidan hisob-kitob raqami bo‘yicha operatsiyalar o ‘tkazilgan 
har bir kun uchun qog‘oz shaklida beriladi. Bank operatsiyalami 
o ‘tkazishi uchun asos bo‘lgan hujjatlaming nusxalari ko‘chirmaga ilova 
qilinadi.
Pul mablagMari harakatini aks ettirganda buxgalteriya hisobida 
hisobvaraq debeti bo'yicha qoldiq va kirim, hisobvaraq krediti bo‘yicha 
- chiqim hisobga olinadi. Pul mablagMari harakatini aks ettirganda 
buxgalteriya hisobida hisobvaraq debeti b o ‘yicha qoldiq va kirim, 
hisobvaraq krediti bo‘yicha - chiqim hisobga olinadi.
166


Xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi hisob-kitob schyotidan 
ko‘chirma va 
unga ilova qilingan hujjatlami 
har tomonlama 
tekshirgandan so‘ng, hujjatlar qayta ishlanadi. Buxgalteriya hisobining 
jum al-order shaklini qo‘llovchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarda hisob- 
kitob schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar 2-jumal-orderga, debeti 
bo‘yicha yozuvlar esa 2-vedomostga yozib boriladi. Jumal-order va 
vedomostga yozuv bankdan olingan ko‘chirma va unga ilova qilingan 
hujjatlar asosida yoziladi. Jumal-order va vedomostning oylik jami 
summasi “Bosh kitob”ga ko‘chiriladi.
7.4-jadval

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin