A. A. Karimov j. E. Kurbanbayev s. A. Jumanazarov


Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/294
tarix24.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#192262
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   294
Buxgalteriya hisobi A A Karimov, J E Kurbanbayev, S A Jumanazarov

7.3. Kassadagi naqd pullarni inventarizatsiya qilish va natijalarini
rasmiylashtirish tartibi
Kassa inventarizatsiyasi bir oyda bir marta o ‘tkazilib, unda 
haqiqatda bo ‘lgan pul mablagMari sanaladi. Hech qanday hujjatlar yoki 
tilxatlar naqd pul qoldig‘iga kiritilmaydi. Hisoblab chiqish albatta kassir 
hozirligida amalga oshiriladi. Kassiming kassada mazkur korxonaga 
tegishli bo'Imagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklaming borligi 
to‘g ‘risida bayonotlari e ’tiborga olinmaydi. Inventarizatsiyalash paytida 
nafaqat 
seyfdagi, 
balki 
umuman 
butun 
kassa 
xonasidagi 
qimmatliklaming hisobi yuritilishi sababli ushbu joyda o'zining shaxsiy 
pullarini saqlashga m xsat etilmaydi.
Kassa daftaridagi yozuvlaming hujjatlar bilan asoslanganligi ham 
tekshiriladi. Ular to ‘g ‘ri rasmiylashtirilgan kirim va chiqim kassa 
orderlari bilan tasdiqlanishi kerak. Kassa daftarini elektron (dasturiy) 
uslubda yuritiladigan tashkilotlarda hujjatlarga ishlov berish tizimining 
to ‘g ‘ri yuritilishi tekshiriladi.
Kassa inventarizatsiyasini o ‘tkazish muddatlari kompaniyaning
• 
*25
xususiyatidan kelib chiqqan holda mustaqil belgilanadi .
Tekshirishni amalga oshirish jarayonida buxgalter quyidagi 
tartibga rioya qilishi kerak:
• kassani tekshirish kassir ishtirokida amalga oshiriladi;
• kassani tekshirish paytida barcha kassa jarayonlari to ‘xtatiladi. 
Agar xo‘jalik yurituvchi subyektda bir nechta kassa mavjud bo‘lsa, 
o ‘tkazish holida buxgalter barcha kassalami muhrlaydi. Kassa kaliti 
kassirda, muhr esa bosh buxgalterda qoladi;
• kassadagi naqd pullar va qimmatbaho qog‘ozlar kassir va bosh 
buxgalter ishtirokida birma-bir sanab chiqiladi. Pullar qanday holda 
bo‘lishidan qat’iy nazar, to‘liq sanab chiqilishi lozim. Bank o ‘ramidagi 
pullar ham o ‘ramidan olib, sanaladi. Sanash tugagach, dalolatnoma
25 Financial and m anagerial accounting, 12e, Carl S.W arren, Jam es M .Reeve, Jonathan E.Duchac, 68 page, 2014
150


tuziladi. Dalolatnomada kassadagi pullar belgilari bo‘yicha alohida 
ko‘rsatiladi va ulaming to‘liq summasi yoziladi. Dalolatnomaga taflish 
hay’ati, bosh buxgalter va kassir imzo chekadi. Kassa xarajat orderi 
bilan rasmiylashtirilmagan turli xildagi tilxatlar, vedomostlar va 
schyotlami tekshirish jarayonida hisobga olinmaydi;
• kassadagi sanalgan pullaming va qimmatbaho qog‘ozlaming 
hammasi shu xo‘jalik yurituvchi subyektga tegishli hisoblanadi, chunki 
boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar va shaxslaming pullari va 
qimmatbaho qog‘ozlarini xo‘jalik yurituvchi subyekt kassasida saqlash 
taqiqlanadi;
• kassadagi kamomad yoki ortiqcha pul mablag‘Iari to ‘g ‘risidagi 
m a’lumotni auditor dalolatnomada yoritadi, pul mablagMarining pul 
m ablag‘i yoki kam chiqishi sabablari to ‘g ‘risida kassirdan tushuntirish 
xati oladi. Kamomad summasi yoki suiiste’mol qilingan pul miqdori 
haddan ziyod b o isa , buxgalter bu haqda xo ‘jalik yurituvchi subyekt 
rahbariga xabar beradi;
• kassani tekshirish vaqtida kassadagi qimmatbaho qog‘ozlar 
(aksiyalar, obligatsiyalar, sertifikatlar), yoqilg‘i-moylash TMZlarini 
olish talonlari, qat’iy hisobot blankalari, dam olish uylari, sihatgohlarga 
y o ‘llanmalar 
va 
boshqa 
pul 
hujjatlari 
miqdori 
dalolatnomada 
ko‘rsatiladi.
Kassani inventarizatsiyalash natijalari “Naqd pul mablag‘larini 
inventarizatsiyalash 
dalolatnomasi”da 
aks 
ettiriladi. 
Unda 
inventarizatsiyalash 
kunida 
qimmatliklaming 
inventarizatsiyalash 
natijasi bo‘yicha haqiqatdagi qoldig‘i va hisob ma’lumotlari bo‘yicha 
qoldigM ko‘rsatiladi. Kamomad yoki ortiqcha naqd pul aniqlanganda 
dalolatnomada uning summasi va paydo bo‘lish sabablari ko'rsatiladi. 
Dalolatnomani inventarizatsiyalash komissiyasi a ’zolari va moddiy 
javobgar shaxs imzolaydilar. Dalolatnomaning bir nusxasi tashkilot 
buxgalteriyasiga topshiriladi, ikkinchi nusxasi moddiy javobgar shaxsda
151


qoladi. Moddiy javobgar shaxslar almashganda dalolatnoma uch 
nusxada tuziladi.
Ortiqcha pul rnablag‘lari kirim qilinishi, kamomad esa aybdor 
shaxsdan undirilishi kerak.
Inventarizatsiya 
natijalari 
o ‘z 
vaqtida 
buxgalteriya 
hisobvaraqlarida aks ettiriladi:
- ortiqcha pullar chiqqanda, ushbu summa kassaga qaytadan 
kirim qilinadi:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagMari”
Kredit 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”
- kamomad aniqlanganida:
Debet 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming 
qarzi”
Kredit 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagMari”
- kamomad summasini kassir bevosita kassaga toMaganida:
Debet 5010 “Milliy valyutadagi pul mablagMari”
Kredit 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming 
qarzi”
- kamomad summasi kassiming ish haqidan ushlab qolinganida:
Debet 
6710 
“Xodimlar 
bilan 
mehnat 
haqi 
yuzasidan
hisoblashishlar”
Kredit 4730 “Moddiy zarami qoplash yuzasidan xodimlaming 
qarzi”

Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   294




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin