O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
13-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.11.2022
75
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA MAKTAB O’QUVCHILARINING DUNYOQARASHINI
SHAKLLANTIRISH USULLARI
Rustamova Maftuna Anvarjon qizi
Fayzullayeva Sadoqat Doniyor qizi
Urganch davlat universiteti magistrantlari
Annotasiya:
Ushbu maqola Geografiya ta’limida maktab o’quvchilarining
dunyoqarashini
shakllantirishda
dunyoqarash
tushunchasi,
dunyoqarashni
shakllantirishda didaktik vosita va usullarning ahamiyati asoslab berilgan.
Kalit so’zlar:
Dunyoqarash, didaktik vositalar, didaktik jarayon, didaktik
materiallar,
Eratosfen, Ptolemey
Dunyoqarash subyektiv voqe’likni baholovchi qarorlar to‘plamidir.
Atrof-olamni
anglashga
harakat
qilish
natijasi
o‘laroq
kelib
chiqadi.
Dunyoqarash diniy, falsafiy, ilmiy bo‘lishi mumkin.
Dunyoqarash - dunyoga va insonning undagi oʻrniga, kishilarning oʻz atrofidagi
voqelikka va oʻz-oʻziga munosabatiga boʻlgan umumiy qarashlar tizimi, shuningdek, bu
qarashlarga asoslangan odamlarning eʼtiqodlari, ideallari, bilish va faoliyat tamoyillari.
Dunyoqarash kishining yoshi,
hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bogʻliq.
Dunyoqarashda jamiyatda shakllangan falsafiy, ilmiy, diniy, siyosiy, axloqiy, huquqiy,
estetik bilimlar, qarashlar oʻz aksini topadi. Shaxsning
dunyoqarashi ijtimoiy
munosabatlar bilan chambarchas bogʻlangan. Dunyoqarash insonning oʻzini va
dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi [2].
Demak, har qanday ta’lim jarayonida o’quvchilar dunyoqarashini shakllantirishda
yetakchi vositalar fan nuqtai - nazaridan bo’lishi shartdir. Shu sababli fanlarni
o’qitishda ta’lim vositalaridan foydalanib dars jarayonlarini boshlang’ich sinflardan
shakllantirib borish lozim. Geografiya faniga tegishli bo’lgan
bilimlar asosan
boshlang’ich kurslardan shakllantirilib boriladi. Bu bilimlar yuqori sinflarda
murakkablashib hayotiy tabiiy va ijtimoiy - iqtisodiy jarayonlarni real voqelikda
anglashdan boshlanadi. Har qanday fan manbalari asosida o’quvchida dunyoqarashni
shakllantirish boshlang’ich sinflarda shakllantirilgan dunyoqarashdan
boshlanishini
ko’rishimiz mumkin.
1.Agar o’quvchi bolaligidanoq ma’lum bir mafkuraviy muhitga singib ketgan
bo‘lsa, kelajakda u ham xuddi shu mezon bo‘yicha odamlar yashaydigan muhitni
izlaydi. Agar bolalikdan dunyoqarashning aniq tamoyillari belgilanmagan bo'lsa,
o'smirlik davrida bola to'g'ri va xavfsiz
qarorlar qabul qila olmaydi, odamlar va
hodisalarga munosib baho bera olmaydi.
2.O'smirlar kattalar dunyosiga juda ishonmaydilar va ko'pincha o'zlariga
yuklangan qadriyatlarni inkor etish orqali o'zlarini tasdiqlaydilar. Ya'ni, agar ichki
doirada shaxsda barqaror tamoyillar shakllanmagan bo'lsa, u holda inson o'zini