Yozma ish turlari: insho, bayon, diktant


Jonsiz narsalarga xat yozish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/80
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192655
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80
yozma ish turlari insho spusk a.navoiy institu

Jonsiz narsalarga xat yozish
(kitobga, telefonga, qisqasi, 
istalgan adresatga maktub yozish)da o‘quvchi-talaba obyektga xuddi 
insonga murojaat qilayotgandek munosabatda bo‘ladi, natijada obrazli 
tafakkur shakllanadi. 
Mavhum tushunchalar
(iymon, muhabbat, nafrat...)ga xat 
yozishda 
o‘quvchi-talaba 
abstrakt 
tafakkurni 
jonlantiradi, 
reallashtiradi. 
Bunda 
o‘quvchilarda 
tasvirlash 
ko‘nikmalari 
takomillashadi. 
O‘quvchilarda o‘z fikrini tinglovchining saviyasi, yoshi, 
mavqeyini hisobga olgan holda bayon qilish ko‘nikmalarini 
shakllantirishga alohida e’tibor berish kerak. Buning uchun 
o‘quvchilar bilan ayni bir fikrni o‘zidan kichiklarga, tengqurlarga, 
o‘zidan kattalarga, yaqinlarga, yaqindan tanish bo‘lmagan shaxslarga 
ifodalash ustida muntazam ishlashlari kerak bo‘ladi. Bolalarni 
maktublar yozishga o‘rgatish ayni bir fikrni turli kishilarga turli xilda 
bayon etish ko‘nikmalarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadi. 
O‘quvchi inshoni mustaqil yozishi, inshoning asosiy mazmunini 
yozishdan avval unga kirish so‘zlari va yakunlashda bayon qilingan 
fikrlardan xulosa qila olishi lozim. 


68 
Insho orqali o‘tkaziladigan nazoratda o‘quvchining yozma nutqi 
silliq, ravon, ta’sirchan, ifodali va sheva elementlaridan xoli bo‘lmog‘i 
kerak. 
Insho o‘quvchining ona tilidan egallagan bilimlarini o‘zida 
mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o‘quvchining ijodiy-
amaliy faoliyatiga ko‘chadi. Shuning uchun ona tili o‘qituvchilari 
darsda mustaqil ishning bu muhim turiga alohida e’tibor qaratishlari 
zarur. 
Inson hamma fikrini ham qog‘ozga tushira olavermaydi. 
Miyaning nutq mexanizmini boshqaradigan qismi faolligi ham yozma 
topshiriqlarning sifati bilan bog‘liq. Yozma va og‘zaki nutq rivoji
miyadagi nutq mexanizmiga aloqador. Fikrlash tezligi, jumlalarni tez 
fursatda, maqsadga muvofiq tuza olish yillar davomidagi mashqlar 
natijasida shakllanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin