67
Maktub
ham yozma nutq ko‘nikmalarini hosil qilishda
ahamiyatlidir. Samimiy yozilgan maktublar insonning suhbatdosh
bilan o‘zaro yuzlashganda ayta olmagan qalb so‘zlarini izhor etishga
imkon yaratadi. Texnika asrida SMS xabarlari ommalashib, deyarli,
hech kim maktub yozmay qo‘ydi. Shuni ta’kidlash kerakki, SMS
xabarlarida imlo qoidalariga amal qilmaslik holatlari ko‘p kuzatiladi.
SMS xabarlarining bosh maqsadi ma’lumot uzatishdir.
SMS matnlari
orqali ko‘ngil izhorlari bayon qilingan holatlar ham kuzatiladi. Lekin
bunday matnlarda his-tuyg‘u, qalb tug‘yonlari to‘liq aks etmaydi.
Ruhiyatni, qalb-tug‘yonlarini aks ettirishda maktublarning ahamiyati
katta. Yosh bolaning qorboboga maktub yozayotgandagi holatini
kuzatganimizda
uning ruhiyatidagi quvonch, umid ifodasini his
qilamiz. Bolaning shu holatini ezgulikka bo‘lgan ishonchning ilk
namunasi sifatida baholash mumkin. Shu
tartibdagi maktub yozish
tarzini, yozma tabriklarni davom ettirish maqsadga muvofiq:
masalan,
ota-onaga bayram tabrigi, badiiy asar qahramoniga maktub, qorxat
yozish, sevimli insonga maktub yoki bayram, tug‘ilgan kun
munosabati bilan tabrik nutqi tayyorlash
muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: