71
O‘quvchilar insho yozish uchun berilgan vaqt mobaynida
tavsiya qilingan insho mavzularidan birini tanlab, mazkur mavzu
bo‘yicha o‘zlarining fikr va mulohazalarini qoralab olishlari kerak.
Inshoning qoralama nusxasi ishning dastlabki bosqichi
bo‘lganligi uchun unda o‘chirilgan, so‘zlarning tartibi almashtirilgan,
jumlalar tuzatilgan o‘rinlarning bo‘lishi tabiiy. Qoralama nusxadagi
bunday tuzatishlar ish tekshirilayotganda hisobga olinmaydi. Insho
tekshiruvchi, ba’zi hollarda oq nusxadagi jumlalarning g‘alizligini
aniqlashtirish maqsadida qoralama nusxaga solishtirishi ham
mumkin. Bu esa amaldagi qoidalarga muvofiq bo‘ladi.
Inshoning qoralama nusxasi tayyor bo‘lgach, uni diqqat bilan
o‘qib chiqing. O‘qiyotganingizda quyidagi holatlarga e’tibor qiling.
Insho mavzusi yetarlicha yoritilganmi? Inshoning mazmuni talabga
javob beradimi? Inshoda ortiqcha so‘z va gaplar yo‘qmi? Agar
shunday so‘z va gaplarga duch kelsangiz ularni insho matnidan
chiqarib tashlang, bo‘sh ko‘ringan o‘rinlarni to‘ldiring.
Insho mavzusini yoritishda iloji boricha o‘rinsiz so‘z va
iboralardan qochish, mujmal hamda noaniq fikrlarni bayon qilmaslik
lozim. Sodda va ixcham so‘zlardan,
gaplardan foydalanish, bayon
qilingan fikr va mulohazalarni dalillar bilan isbotlash inshoning qadr-
qimmatini oshirish uchun xizmat qilishi tabiiy. Inshodagi fikrlar,
albatta, xulosalanishi shart. Inshoni baholash paytida oq nusxadagi
mazmun va savodxonlik hisobga olinadi.
Sinov, nazorat insholarini yozish muayyan vaqt ichida amalga
oshadi. O‘quvchi berilgan mavzuga doir fikrlarni jamlab, tartibga
solib, keyin qog‘ozga tushiraman, desa, vaqt yo‘qotishi mumkin.
Shuning uchun qoralamadan unumli foydalanishi kerak.
Qoralama
nafaqat inshoning xomaki matnini tuzish uchun, balki fikrni jamlash
uchun ham zaruriy vositadir. Mavzu haqida ruchkani qo‘yib, qo‘l
qovushtirgancha fikrlash u qadar maqbul emas. Negaki bu tarzdagi
o‘ylash uzoq davom etishi, insho uchun berilgan vaqtdan unumli
foydalanishga to‘sqinlik qilishi mumkin. Shu bois, ruchkani qo‘ldan
qo‘ymagan holda yozib fikrlash lozim. Bunday holda “keraksiz” deb
baholangan jumlalar o‘quvchi uchun zarur fikrga yo‘l ochadi.
Ba’zan tug‘ilayotgan fikrlar
reja bandlari tartibiga mos
kelmasligi mumkin. Shunga qaramay, mazkur fikrni yozma nutqda
aks ettirish zarur, tahrir jarayonida, oqqa ko‘chirish davomida
izchillikni tiklash mumkin.
72
Miyaga kelgan (aslida shakllangan) fikr shaxsning o‘ziga tegishli
bo‘lgani uchun doim yodida turadigandek tuyuladi.
Ammo aksariyat
fikrlar chaqmoqqa o‘xshab yarq etadi-yu, yo‘q bo‘ladi. Bunday
fikrlarni shu ondayoq qog‘ozga tushirish lozim. Shu ma’noda,
ijodkorlarning mudom qog‘oz-qalam bilan yurishi ohori to‘kilmagan
fikr, g‘oyalarning yozma nutqda aks etishini ta’minlaydi.
3.Xayolingizga nima kelsa, barchasini yozing yoki ba’zi
g‘oyalaringizni qog‘ozga yozib qo‘yish uchun jurnal tuting. Agar siz
birinchi marta insho yozishga urinayotgan bo‘lsangiz, mavzuni
yoritishning eng yaxshi yo‘li o‘ylayotgan barcha fikrlaringizni
qog‘ozga tushiring. Buni hech kim ko‘rmasligi lozim, shuning uchun
o‘z fikrlaringizni erkin bayon eting va natijaga e’tibor bering.
4. Beshlik qoidasi.
Ba’zi o‘qituvchilar insho yozish uchun
“beshlik qoidasi” yoki “besh xatboshi”ga asoslanadi. Ya’ni inshoda
quyidagi 5 qismning bo‘lishini yoqlashadi:
Kirish
qismi,
unda
mavzu
tavsiflanadi
va
masala
umumlashtiriladi, dalil namoyish etiladi.
1-asosiy paragraf. Bu qismda birinchi
dalil ifodalanadi va
isbotlanadi.
2-asosiy paragraf. Bu qismda ikkinchi dalil ifodalanadi va
isbotlanadi.
3-asosiy paragraf. Bu qismda oxirgi dalil ifodalanadi va
isbotlanadi.
Xulosalovchi paragraf. Dalillar umumlashtiriladi.
Bu qat’iy qoida emas va siz aniq “5” sonida to‘xtab qolishingiz
shart emas, lekin bu usul dalillarni yozishda va o‘z fikrlaringizni
shakllantirishingizda foyda berishi mumkin. Inshoda o‘zingizning
asosiy dalilingizni isbotlash uchun kamida 3 xil nuqtayi nazarni
kiritishga harakat qiling.
5.
Dostları ilə paylaş: