novateurpublication.org 3- rasm. Sut va sut maxsulotlari Agar siz gazli ichimliklarni (koka–kolaga o`xshagan ichimliklarni) yaxshi
ko`rsangiz, kal’siy tanqisligini to`ldirish uchun faqat oziq-ovqat maxsulotlarining
o`zi yetarli bo`lmaydi. Gap shundaki, ushbu ichimlik tarkibida kal’siyni siydik bilan
birga chiqarib yuboradigan moddalar mavjud. Demak, yuqorida qayd etilganlardan
xulosa qilish mumkinki, kal’siy yetishmovchiligini to`ldirish uchun kal’siy
moddasiga, yaxshi vitaminlarga boy maxsulotlar iste`mol qilish va ushbu
moddalarni o`zlashtirilishiga to`sqinlik qiluvchi ba`zi maxsulotlar ovqat rasionidan
cheklash zarur.
Kal’siy almashinuvi, jumladan kal’siyning qondagi va to`qimalardagi miqdori,
asosan uch gormon tomonidan boshqariladi:
1) qalqon oldi bezlarining paratgormoni;
2) qalqonsimon bezning kal’sitonini;
3) D vitaminidan jigar va buyraklarda hosil bo`lib, ichaklarda kal’siy so`rilishini
ta`minlaydigan kal’siyferon.
Qalqonsimon oldi bezlarning asosiy fiziologik mohiyati organizmda kalstiy
almashinuvini boshqarishdir. Bezning bu funksiyasi tufayli kalstiy tuzlari orga-
nizmda saqlanib qoladi. Bu esa nerv tizimi va muskullar normal faoliyati uchun
zarurdir. Qalqonsimon oldi bezlari paratgormon qon tarkibidagi kalstiy miqdorini
normal darajada saqlab turadi, kalstiyning suyaklarda yig’ilishini boshqarib turadi.
Organizmda paratgormon suyak to’qimasining yemirilishi va undagi fosfor va
kalstiyning qonga o’tishini ta’minlaydi. Paratgormon ichaklarda kalstiy so’rilishini
va uning buyrak kanalchalaridagi reobsorbsiyasini kuchaytiradi. Bularning ham-
masi qonda kalstiy miqdorini oshiradi, shu bilan birga qonda anorganik fosfatlar
konsentrasiyasi pasayadi va ularning siydik bilan ajratilishi kuchayadi( 3-rasm).