Moddalar almashinuvining fiziologik as



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/125
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192707
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125
Monograph

novateurpublication.org 
yumshoq to’qima-lar(miya, buyrak, me’da-ichak, jigar, endokrin bezlari, yurak 
mushaklari) ning normal ishlashini ta’minlaydi. 
Olib borilgan tadqiqot ishlarining ko’rsatishicha, kaliy loviya, olma, o’rik, 
sholg’om kabi o’simlik mahsulotlarida ko’p miqdorda uchraydi. Hayvonlar 
mahsulotlarida ham masalan, 100 g mol go’shtida 240mg, 100g baliqda 161 mg, 100 
g sutda 127 mg miqdorda kaliyning bo’lishi aniqlangan. 
Kaliiyning organizmdagi miqdori tana massasining 0,22-0,23 % ga teng.
Kaliyga bo’lgan bir sutkalik ehtiyoj 3-6 g atrofida bo’ladi. Kaliyning 90% ga yaqini 
hujayralar ichida. U boshqa tuzlar bilan birgalikda osmotik bosimni ta'minlaydi; 
nerv impulslarini uzatishda ishtirok etadi; suv-tuz almashinuvini tartibga solish; 
suvni va toksinlarni tanadan olib tashlashga yordam beradi; tananing ichki 
muhitining kislota-ishqor muvozanatini saqlaydi; yurak va boshqa organlar 
faoliyatini tartibga solishda ishtirok etadi; bir qator fermentlarning ishlashi uchun 
zarur.
Odam organizmida natriy bilan kaliyning iste’moldagi nisbati 2:1 bo’lishi 
lozim. Agar bu nisbat buzilsa to’qimalarda moddalar almashinuvi buzilishi, 
organizmning ba’zi a’zolarida shish hosil bo’lishi kuzatiladi. Chunki organizmda 
natriy miqdori ortsa, uning suvni ushlab qolish xususiyati tufayli to’qimalar orasida 
suyuqliklar miqdori oshib ketib, shish paydo bo’ladi. Bunday paytda kaliyga boy 
bo’lgan mahsulotlardan ko’proq iste’mol qilish tavsiya etiladi. Qobiq, sarimsoq, 
mayenoz, qovoq, quritilgan o'rik, mayiz, banan, dukkaklilar, go'sht, baliq va 
kartoshka. 
Kaliy yetishmovchiligi bilan ishtahaning yo'qolishi, aritmiya, qon bosimining 
pasayishi kuzatiladi. Dozani oshirib yuborishda - mushaklarning kuchsizligi, yurak 
ritmining va buyraklar faoliyatining
buzilishi aniqlangan. 
Kaliy almashinuv jarayonlari natriyga qarama-qarshi hisoblanganligi uchun u 
qanchalik ko’paysa natriy shunchalik ko’p tashqariga chiqarib yuboriladi. Kaliyning 
organizmga etarli miqdorda qabul qilib turilishi tomirlarda natriy tuz-larining 
cho’kma bo’lib to’planishini kamaytiradi va shu bois undan tegishli dori vositalari 
sifatida ham foydalaniladi. 
Samarqand viloyati ko’p tarmoqli shoshilinch tez tibbiy yordam ko’rsatish 
markazi laboratoriyasida olib borgan kuzatishlarning takidlanishicha (2013 yil)
10 ta sog’lom odamlarning qonida (voyaga etgan 20 yoshdan 40 yoshga-cha) 
kaliyning miqdori 3,0 dan 4,9 gacha ekanligi aniqlangan. Bu odamlar albatta kaliyga 
boy mahsulotlarni kundalik rastionida etarlicha qabul qilishgan.
Ikkinchi guruh ya’ni turli kasalliklar bilan qon topshirish maqsadida kelgan 
odamlarning qoni tahlili esa, ularda kaliyning miqdori norma chegarasidan 
pastligiga kuzatilgan. Kaliy miqdori kamaygan odamlarning ko’pchiligida ishtaha 
pasayganligi, tanada shish mavjudligi aniqlangan. Bunday bemorlarga kaliyga boy 


84 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin