139
5.5. Adresli axborot bloki. Raqamli kanallar kommutatsiyasi
uchun mikroprotsessorlardan foydalanilganda adresli va
boshqaruvchi axborotlarni shakllantirish jarayoni
Vaqtda,
fazoda
va
ularning
kombinatsiyalarida
kanallar
kommutatsiyasi jarayonini tashkil qilish
uchun kommutatsiya bloklari
VKB, FKB va VFKB lar mos adresli axborotlar bilan ta’minlanishlari
kerak. FKB uchun esa adresli axborotlar – bu kommutatsiyalanayotgan
kiruvchi va chiquvchi traktlarning adres- laridir.
Vaqtli kanalining adresi,
bu unda yoki undan VKB uchun ma’lumotlar uzatilishi kerak va nihoyat
bu kommutatsiyalanayotgan kiruvchi va chiquvchi traktlarning adreslari va
ulardagi
VFKB
uchun
vaqtli
kanallarga
mos
adreslardir.
Kommutatsiyaning raqamli tizimlarida adresli axborotlarni shakllantirish
uchun adresli axborotlarning maxsus bloklari (AAB)
kiritiladi, ular
kommutatsiyalarni boshqarish ierarxiyasining pastki bosqichini namoyon
qiladilar.
AAB OXQ asosida quriladi, unga boshqaruvning yuqoriroq
bosqichidagi blokdan boshqaruvchi adresli axborotlar kelib tushadi.
SHuning uchun AAB ko‘pincha adresli XQ (AXQ) deb ataydilar. AXQ
xamma vaqt bitta tartibda ishlaydi: erkin (aniqlik)
yozuv va ketma - ket
(davriy) tanlov. AXQ ga yozilishi kerak bo‘lgan axborotlar va yozuv
adresi boshqaruvchi kurilma tomonidan ishlab chiqiladi.
AAB ni amalga
oshirish boshqaruvni tashkil qilish usullariga bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: