145
V bloklarning turli birikmalaridan tuzilgan ko‘p zvenoli tuzilmalarini olish
mumkin.
Oraliq yo‘llarni tashkil etish usuli bo‘yicha KM lar bir xilli va bir xilli
bo‘lmagan (aylanma yo‘lli tizimlar) bo‘lishi mumkin. Bir xilli KM da
barcha yo‘llar bir turli bo‘lib, ulanish kirishdan chiqishga bir xil sondagi
zvenolar orqali o‘tadi. Bir xilli bo‘lmagan KM da bog‘lovchi yo‘llar turli
sondagi kommutatsiya nuqtalariga ega bo‘lgani tufayli ulanishlar turli
sondagi zvenolardan o‘tadi. Bir xilli bo‘lmagan
tizimda ulanish
o‘rnatilganda, ma’lum uzunlikdagi bog‘lovchi yo‘lni tanlash lozimligi,
ulanishni o‘rnatish vaqtida kommutatsiya tizimi joylashgan holatga bog‘liq
bo‘ladi. Bir xilli bo‘lmagan KM lar ayniqsa quyidagi hollarda: birinchidan
– XQ siga o‘xshash elementlarni tejash zaruriyati yuzaga kelsa,
ikkinchidan qisqa yo‘llardan KM da ulanish o‘rnatadigan BQ iga
tushadigan yuklanmani kamaytirishga erishish zarur bo‘lganda
samaralidir.
Integral mikrosxemalarni yaratish sohasidagi o‘sish
va ularning
narxini arzonlashuvi tufayli bir xilli KM larni keng ishlatish tendensiyasi
belgilandi.
KM ning F - V va V - F turidagi bir xilli ikki zvenoli tuzilmasini
ko‘rib chiqamiz. 5.24- rasmda F - V turidagi KM ning tuzilmaviy sxemasi
va uning fazoviy ekvivalenti ko‘rsatilgan.
KM ning birinchi fazoviy zvenosida ma’lum kiruvchi bog‘lovchi
liniyalar- ning sinfazli kanallar kommutatsiyasi yuz beradi. Jumladan,
birinchi
N x M fazoviy kommutatorda, xohlagan N kirishdagi UTBL da
birinchi vaqt kanali hohlagan chiqishdagi UTBL dan birinchi vaqt kanali
bilan kommutatsiya qiladi. SHu bois,
birinchi fazo zvenosining
kommutatorlar soni IKM dagi har bir kommutatsiyalanadigan traktdagi n-
kanallar soniga teng.
146
5.24 - rasm. F - V turidagi kommutatsiya maydonining tuzilmaviy
sxemasi va uning fazoviy ekvivalenti
Fazoviy kommutatsiyaning birinchi zvenosida kommutatsiyalangan
kanalning vaqt holatining o‘zgarishi vaqt kommutatsiyasining ikkinchi
zvenosida ro‘y beradi. Bu zvenoda birinchi n x n kommutator F zvenoda
kommutatsiyalangan ma’lum kiruvchi
kanalni birinchi chiquvchi
liniyaning ixtiyoriy vaqt holatiga ko‘chirishni amalga oshiradi. V
zvenoning M chi kommutatorida F zvenoda kommutatsiyalangan ma’lum
kiruvchi kanalning M chi chiquvchi liniyaning ixtiyoriy vaqt holatiga
ko‘chirish amalga oshiriladi. Bu zvenodagi kommutatorlar soni chiquvchi
M traktlar soniga teng.
5.25a.b- rasmlarda mos ravishda V - F turidagi KM ning tuzilmasi
va uning fazoviy ekvivalenti ko‘rsatilgan.
KM ning birinchi vaqt zvenosida kiruvchi kanalni ixtiyoriy vaqt
holatiga ko‘chirish amalga oshiriladi. Masalan,
birinchi n x n vaqt
kommutatorida birinchi kiruvchi UTBL ning kiruvchi kanalini ixtiyoriy
vaqt holatiga ko‘chirish amalga oshiriladi.
Oxirgi N chi n x n vaqt kommutatorida N - kiruvchi UTBL ning
kiruvchi kanalini n ixtiyoriy vaqt holatiga ko‘chirish amalga oshiriladi.
Birinchi zvenodagi V kommutatorlar soni kiruvchi M traktlarning umumiy
soniga teng.
Dostları ilə paylaş: