151
vaqt oralig‘ida amalga oshiriladi. Biroq ikkala yo‘l uchun turli umumiy
zanjirlar (UZ) ishlatiladi: to‘g‘ri yo‘l uchun – UZ
1
teskarisi uchun UZ
2
.
To‘g‘ri va teskari yo‘llarni vaqt bo‘yicha ajratish usuli amaliyotda
keng tar- qalmadi, chunki bu usulda KM ning sig‘imi yarmiga qisqaradi.
Bu so‘zlashuv signallarini uzatish va qabul qilish uchun bitta emas,
ikkita vaqt oralig‘i ajratish zarurligi bilan tushuntiriladi. Ko‘proq to‘g‘ri va
teskari yo‘llarga fazoviy ajratish IRAT ning KM ida amalga oshiraladi.
IRAT ning KM ida to‘g‘ri va teskari yo‘llarini kommutatsiyalashni
sodda- lashtirish uchun juft o‘zaro aloqa tamoyili ishlatiladi. Bu tamoyil
to‘g‘ri va teskari yo‘llarga uzatiladigan kanalli oraliqlar o‘rtasida ma’lum
o‘zaro aloqa o‘rnatilishiga asoslangan. Juft o‘zaro aloqa tamoyilini amalga
oshirishni to‘g‘ri va teskari yo‘llarini vaqt bo‘yicha ajratish misolida
ko‘rib chiqamiz (5.31- rasm).
Vaqt bo‘yicha ajratishda 2 ta kanalli oraliqni ishlatish mumkin, ular
masalan, davrning yarmiga (n/2 τ) bo‘lingan bo‘lishi mumkin. Bu maqsad
uchun UZ da ushlab qolish sxemasi ulangan bo‘lishi kerak, u i vaqt
oralig‘ini (n/2τ) vaqtga ushlab qoladi. Demak, ushlab qolish sxemasi
mavjud bo‘lsa, UZ da har bir abonentning so‘zlashuv signallarini uzatish
va qabul qilish uchun bitta kanalli oraliq ajratish mumkin.
5.31- rasm. Juft o’zaro aloqa tamoyilini amalga oshirishni to’g’ri va teskari
yo’llarini vaqt bo’yicha ajratish
Dostları ilə paylaş: