Nazorat savollari
1.
Kommutatsiya maydon qanday vazifani bajaradi?
2.
Kommutatsiya maydon nimaga asosan tabaqalanadi?
3.
Kommutatsiya maydon nimalardan iborat?
4.
Fazoda kanallarni bo‘lish bilan qurilgan KM qurilish tamoyillarini
tushuntiring?
5.
Fazo- vaqt KBli kommutatsiya maydonni qurilish tamoyilini
tushuntiring?
6.
Analog signalni raqamli signalga aylantirishni tushuntiring?
7.
Kanallarni vaqt bo‘yicha jipslashtirishni tushuntiring?
8.
Fazo va vaqt kommutatsiyasini tushuntiring?
9.
Elektron
ATS
kommutatsiya
maydonini
qurilish
tamoyilini
tushuntiring?
10.
FVF kommutatsiya sxemasining tuzilmasi tushuntiring?
11.
VFV kommutatsiya sxemasi strukturasini tushuntiring?
161
6. C&C08 RAQAMLI KOMMUTATSIYA TIZIMI
6.1. C&C08 tizimining texnik tavsifi va tuzilishi
Dasturli boshqariladigan katta sig‘imli yangi avlod kommutatsiya
tizimi C&C08 - HUAWEI Technologies kompaniyasi oxirgi yillar
zamonaviy texno- logiyalar bazasida yaratilgan yangi avlod katta sig‘imli
kommutatsiya tizimidir. Bu raqamli kommutatsiya tizimi C&C08 ITU-T
va ETS Yevropa telekommunikatsiya standartini to‘liq qoniqtiradi.
HUAWEI kompaniyasining ochiq optik juftlarning qo‘shimcha
kiritilgan tizimining Optix seriyali uskunalari kommutatsiyalash uskunalari
bilan birlashtirilgan, bu uzatish va kommutatsiyalash jarayonlarini bo‘lish
prinsipidan ketishga imkon beradi. C&C08 tizimi modulli qurilishi bilan,
tarmoq qurishda egiluvchanligi bera oladigan xizmatlar va uskunalarni
soni (200 dan ko‘p xizmat va funksiyalar) bilan farqlanadi.
Bu tizim UfTT (PSTN) ga, intellektual tarmoq IN ga, ISDN ga,
Internetga integralli ulash imkonini beradi. Bu tizim katta sig‘imli ochiq
apparatli va servisli interfeyslar to‘liq to‘plamini qo‘llaydi. Ularga analog
abonent liniya Z interfeysi, ISDN interfeysi (BRI va PRI), V.5 interfeysi,
ulash liniya A interfeysi, LAN interfeysi (Ethernet 10Mb/c, FDDI
100Mb/s), V.24 (CR5- 238), va V.35standartli DCE- DTE interfeysi,
SDH 155,52 Mbit/s interfeysi, PHI paketli kommutatsiya tarmoq bilan
aloqa interfeysi kiradi.
Tizim maksimal 800000 AL interfeysini, yoki 180000 UL interfeysini
ulashga yo‘l beradi. Tizim xalqaro, shaharlararo, mahalliy, tranzit, tandem,
oxirgi stansiya sifatida raqamli, analog va aralash tarmoqlarda ishlay oladi.
Tizim 7- - sonli UKS, V.5, R2, R1.5, 5 sonli signalizatsiya turlarini
qo‘llaydi. 7- sonli UKS, statsionar va mobil aloqa TUR/ISUP larini va
SCCP va TCAP protokollari asosida ishlaydi. Bitta stansiyada E1 va T1 ni
ham qo‘llaydi. 7- sonli UKS signalizatsiyasining 24 razryadli va 14
razryadli signalizatsiya tizimi punkt kodlari avtomatik identifikatsiya
qilinishi mumkin.
Kommutatsiya maydoni 100K Erlang yuklanishni o‘tkaza oladi. Eng
katta yuklanish soatida 6000 K chaqiriqqa xizmat ko‘rsata oladi. Tizimda
80386, 486, 586, 68360 Power PC 860 Pentium mikroprotsessorlari
ishlatilgan.
Tizimning asosiy tavsiflariga quyidagilar kiradi:
- markaziy kommutatsiya maydonining sig‘imi 128 K;
- yuqori ishonchliligi:
162
a) o‘rta yig‘ilgan rad davomiyligi 1,34 min/yil;
b) imkon berishi 0,999997 - 45;
v) nosozlikni o‘rtacha bartaraf qilish vaqti, MTTR=12,83 min;
g) radgacha ishlashning o‘rtacha vaqti, MTBF=195118,9 soat yoki
22,39 yil;
- apparat ta’minotini yuqori daraja integratsiyasi ekspluatatsiya
harajatlarini kamaytiradi, ya’ni stansiya kam energiya iste’mol qiladi:
a) liniya band bo‘lmagan soatda liniyaning iste’mol quvvati R=0,35
Vt;
b) eng katta yuklanish soati (EKYuS)da liniya band bo‘lganda
liniyaning iste’mol quvvati R=0,55 Vt;
v) 100 000 ulash liniyali ATS 9 ta stativda joylashadi va 8,2 kVt
quvvatni iste’mol qiladi;
g) 32 ta portli analog abonent liniyasi bitta platada joylashadi;
d) 16 ta E1 yoki T1 interfeysi bitta platada joylashadi;
e) STM – 1 optik interfeys;
- tarmoqning egiluvchan qurilishi tarmoq optimizatsiyasini amalga
oshirishga yo‘l beradi.
C&C08bir necha turdagi modullarni qo‘llaydi:
a) C&C08 uzoqlashtirilgan modullar ishlatishga yo‘l beradi. Bu
abonent liniya uzunligini va ekspluatatsiya xarajatlarini kamaytiradi. Har
xil turdagi modullar RSM, RSA, RIM sig‘imi bo‘yicha har xil talablarni
va atrof muhit shartlarini qoniqtiradi;
- signalizatsiya tizimi boshqa ishlab chiqaruvchilar kommutatsiya
qurilmalari bilan yaxshi moslashib ishlashni ta’minlaydi:
a) 7- sonli UKS, 5 sonli, R2, R1.5, V.5 ; DSS 1 va h.k
signalizatsiyalarni qo‘llash uchun bir xil apparat ta’minoti ishlatiladi;
b) signalizatsiya monitori;
v) 2 Mbit/s signal;
g) 16 ta signalizatsiya punktlari;
- billing funktsiyalari:
a) bir vaqtda hisoblagichlar jadvalini va batafsil yozuvlarni berish
mumkinligi;
b) tizim hamma billingli yozuvlarni uchta darajada saqlaydi: birinchi
daraja sig‘imi (ATS) 14,4 mln yozuvgacha, ikkinchi daraja sig‘imi (320
Gbayt hajmli billing serveri) 2 mlrd yozuv, uchinchi daraja sig‘imi (billing
markazi) magnitoptik diskda saqlashni qo‘llaydi.
v) kategoriya bo‘yicha hisobni saqlash;
- autentifikatsiya funksiyalari:
163
a) olti parametr bo‘yicha aniq autentifikatsiya (chaqirayotgan abonent
prefiksi, chaqirilayotgan abonent turi, kirish/chiqish ulash liniya guruhini
ID, chaqirilayotgan xizmat atributi boradigan joy kodi va sutka vaqti),
hamda ular kombinatsiyalari;
b) “qora va “oq” ro‘yhat funksiyalari,1 mln ro‘yhatgacha;
v) chaqirilayotgan tomon nomlari bilan kirish ulash liniyalari
bo‘yicha cheklash funksiyasi.
- har xil turdagi xizmatlar:
a) PSTN ning asosiy xizmatlari;
b) PSTN ning qo‘shimcha xizmatlari;
v) ISDN xizmatlari;
g) CENTERX xizmatlari;
d) korxona ATS ning asosiy xizmatlari;
ye) qo‘shimcha xizmatlar, misol uchun tezkor billing.
yo) 2B+D bo‘yicha ulanuvchi operator pulti;
z) standart intellektual xizmatlari (VOT,ASS,FPH,UPT, WAC, MAS,
VPN.);
i) ATS bazasida intellektual xizmatlar.
C&CO8 raqamli kommutatsiya tizimi modulli qurilishiga ega. U bitta
boshqarish va aloqa moduli AM/CM dan va bir necha kommutatsiya
moduli SM, yoki bir necha xizmatga ishlov beruvchi modul SPM iborat
bo‘lishi mumkin (6.1- rasm).
AM (Admission module, ma’muriy modul) - asosan modullar
orasidagi bog‘lanishni yaratishni boshqaradi va markaziy kommutatordan
va kompyuter tarmog‘idan HOST tizimi xolatini boshqarishning ochiq
tizimini ta’minlaydi.
AM (Administration Module) - ma’muriy modul, asosan modullar
orasidagi bog‘lanish yaratishni boshqaradi va markaziy kommutatordan va
kompyuter tarmog‘idan HOST tizimi xolatini boshqarishning ochiq
tizimini ta’minlaydi. AM asosiy boshqarish moduli FAM (Front AM) va
yordamchi boshqarish moduli BAM (Back AM) dan iborat.
FAM quyidagi funksiyalarni bajaradi:
1.
Tizim modullari orasida bog‘lanish o‘rnatishni boshqaradi, ya’ni
real vaqtda kommutatsiyani boshqaruvchi FAM orasida xabar uzatish
kerak bo‘lganda SM va SPM modullari orasida xohlagan bog‘lanish
o‘rnatish uchun;
2.
FAM global nomerlar joylashgan markaziy ma’lumotlar bazasini
qo‘llaydi.
164
3.
FAM ulash linyalarini seriyali izlashni va resurslarni boshqarishni
bajaradi.
4.
FAM stansiyaning bosh protsessori va ekspluatatsiya va texnik
xizmat terminali orasida interfeyslarni amalga oshiradi. Bu interfeyslar SM
bilan birlashib FAM/CM deb ataladi.
BAM tizim va ochiq tarmoq tizimlari (mijoz/server rejimida) orasida
hamkorligini ta’minlaydi. Bu FAM ga to‘g‘ri Enthernet interfeysi orqali
ulash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shunday qilib, u C&CO8 stansiyasi va
kompyuter tarmog‘ini ulash uchun markaziy element hisoblanadi. BAM
NM markazi va tarifikatsiya markaziga ulanish uchun bir necha ishchi
stansiya va V.24/V.35 interfeysiga ulanish imkoni uchun Enthernet
interfeysini ta’minlaydi.
6.1- rasm. Apparat vositalar tuzilmasi
AM/CM
Ethernet
Internet
PSTN/ISDN
PSPDN
DDN
AN
FAM
CM
BAM
WS
WS
SPM/SRM
SM
SM
ONU
RSA
RSA
RIM
RSA
RSM
ONU
SDH
E1
E1
E1
E1
E1
V 5.2
LAN
X.25, V.24, V35
RPA
CCS7
/R2/R1.5
PHI
E1
V5
STM1
165
Texnik xizmatga mo‘ljallangan BAM NOST tizimni boshqaradi,
qo‘llab quvvatlaydi va nazorat qiladi.
BAM apparat vositalar tarkibida server hisoblanadi. BAM
kommutatsiya tizimi C&CO8 dagi ekspluatatsiya va texnik xizmat yadrosi
hisoblanadi. U terminal tizim dastur ta’minotini ishlatiladi va OS
Windows NT asosida ishlaydi. U tizimni yengil va qulay boshqarishi
uchun GUI va MMI ekspluatatsiya interfeyslarini beradi.
CM (Communication Module) - aloqa moduli asosan markaziy KM
va kom- mutatsiya interfeyslaridan iborat. SM nutq kanallari va mos
modullarini signalizatsiya zvenolari orasida ulashni ta’minlaydi. SM/SPM
modullari orasidagi nutq kanallarining xohlagan ulanishni bog‘lash uchun
markaziy KM orqali o‘tishi kerak.
SM SM modullarini bog‘lash uchun ulash liniya E1/T1 interfeysi,
STM- 1 interfeysi, 40 mbit/s optik tolali interfeysi kabi tashqi
interfeyslarni ta’minlaydi. SM hamma SM modullari orasidagi aloqani 40
Mbit/s interfeysi bilan ikkita juft optik liniya bilan ta’minlaydi. Bu
izolyatsiya va momaqaldiroq himoyasi muammosini yechadi, hamda aloqa
sifatini yaxshilaydi. Har bir juftlik rezervlash rejimida ishlaydi. Bundan
tashqari SM boshqa stansiyalar bilan aloqani, SRS protokol platasi va
YET16 yoki STU interfeyslarini ishlatish bilan tashkil qiladi.
SPM - xizmatlarga ishlov beruvchi modul AM/CM stativida
joylashgan. Bu modul AM/CM ning tashqi interfeyslarini va markaziy
ma’lumotlar bazasini ishlatadi, hamda SM kommutatsiya modulining
taxminan hamma funktsiyalarini bajarish uchun resurslarni hamkorlikda
ishlatadi. Shuning uchun, bu modul SM ga qaraganda yuqoriroq
unumdorlikka va integratsiya darajasiga ega. Bundan tashqari, asosan katta
sig‘imli ulash liniyalar tarmog‘ini tashkil qilish rejimini qo‘llaydi va
IKM qo‘llanishga tegishli xizmatga ishlov beradi. Misol uchun, 7- sonli
UKS
,
SAS, V5, PRA/PHI signalizatsiyalari.
SRM BAM bilan TSR/IP 10/100 Mbit/s interfeysi orqali to‘g‘ridan
to‘g‘ri bog‘lanishi mumkin. SPM resurslarni hamkorlikda ishlatish moduli
SPM xizmatga ishlov berish moduli uchun kerak bo‘lgan hamma
resurslarni beradi. Bu resurslarga, tonal signallar, ikki chastotali tonal
signalizatsiyali raqam qabul qilgichi, ko‘p chastotali signalizatsiyali qabul
qilgich - uzatgich, telefon konferens aloqa vositalari, chaqirayotgan
abonent nomerini aks ettirish vositasi va h.k. kiradi. Bu resurslarni
stansiya SPM ining hamma modullari ishlatadi.
SM - kommutatsiya moduli SPM o‘xshash va C&CO8 tizimining
asosiy modullaridan hisoblanadi. U taqsimlangan ma’lumotlar bazasini
166
boshqarish, taqsimlangan resurslarni boshqarish, chaqiriqqa ishlov berish
va texnik xizmat operatsiyalari kabi funksiyalarni ham bajaradi.
SM - apparat vositalariga nisbatan mustaqil tuzilishiga ega bo‘lib,
modul ichida mustaqil ulash o‘rnatish va kommutatsiyaning hamma
funksiyalarini bajarishi mumkin. SM modullari orasidagi kommutatsiya
funksiyalarini AM/CM modulidagi markaziy KM bilan birgalikda
bajaradi.
SM modul 547 - 2 abonent liniyalari/480 ulash liniyalari standart
konfiguratsiyali mustaqil stansiya tarzida ishlatilishi mumkin. Bu holda
boshqarish tizimi ulangan BAM moduli, to‘g‘ri SM da o‘rnatiladi. Bu
kichik sig‘imli kommutatsiya tizimini yaratish uchun O&M funksiyasini
bajarishni ta’minlaydi.
Agar bitta SM chegarasidan oshiq sig‘im tizim sig‘imini talab qilinsa,
tizimga boshqa SM modullari ulanadi. Ularni AM/CM orqali
birlashtiriladi.
Abonent va ulash liniyalar konfiguratsiyasiga bog‘liq ravishda SM
modullari quyidagi turlari bilan farqlanadilar:
- abonent liniyalar kommutatsiya moduli USM (User Switching
Module) 6688 ASL/3344 BRI;
- ulash liniyalar kommutatsiya moduli TSM (Trunk Switching
Module). Sig‘imi 1440 DT (raqamli ulash liniyalari);
- aralash, abonent/ulash liniyalar kommutatsiya moduli UTM (User
Trunk Switching Module). Uni standart konfiguratsiyasi 4560 ASL/480
DT yoki 2280 BRI/480 DT.
Operator talabiga asosan moduldagi abonent va ulash liniyalar
portlari sonini xohlagancha konfiguratsiyalash mumkin.
C&CO8 tizimining boshqarish qurilmasi - taqsimlangan boshqarishli
ko‘p protsessorli tizimga ega.
Dasturlash tili sifatida «S» tili olingan. Kodlarni generatsiyasida SDL
tili va CASE aslahaviy vositalar ishlatiladi.
RSM - uzoqlashtirilgan kommutatsiya moduli, bu AM/SMdan katta
masofaga o‘rnatilgan SM modulidir.
RSA - uzoqlashtirilgan abonent bloki modulidir. Bunda ISDN
tuzilishi (30V+D/23B8+D) kichik sig‘imli abonent liniyalarning
uzoqlashgan moduli ishlatilib, katta masofaga SM dagi AL javoni
chiqariladi. RSA ga ulanish imkoni IKM tizimi, optik uzatish tizimi yoki
HDSL (yuqori tezlikli raqamli abonent liniya) texnologiyasi ishlatilgan
ikki juft telefon liniyasi orqali beriladi.
167
RIM - uzoqlashtirilgan integratsiyalangan modul. Bu modul
kommutatsiya zalidagi hammasi kerak bo‘lgan qurilmalarni bitta stativga
birlashtiradi:
- sovutgich ventilyatorini;
- akkumulyator batareyalarini;
- elektr iste’mol manbalarini;
- atrof - muhit monitoring blokini;
- mikroavtomat qurilmasini (RIM tashqarida joylashgan varianti
uchun).
- SDH yoki PON uzatish qurilmalarini (kerak bo‘lganda).
ONU (Optic Network Unit) – optik tarmoq bloki. Uzoqlashtirilgan
modul sifatida HONET abonent imkoni tarmog‘ida ONU ishlatish
mumkin. Buni farqi, SDH uzatish optik tarmog‘i orqali V5.2 interfeysi
yordamida, uni ulash amalga oshiriladi. Buning uchun unda
kiritish/chiqarish multipleksor bo‘ladi. Xuddi shunday multipleksor, u
ulanishi kerak bo‘lgan SM yoki RSM da ham bo‘lishi kerak ONU ga
to‘g‘ri video tasvir SATV uzatish bloki ulangan bo‘lishi mumkin. Bundan
tashqari u orqali ma’lumotlar uzatish tarmog‘iga DDN ga ulanishi
mumkin. ISDN xizmat spektrini oshirish mumkin.
WS - ishchi stansiya. Stantsiya operatorining ishchi joyi Windows
operatsion tizim boshqarishi ostida ishlaydigan kompyuterdir. Stansiya
ishini boshqarish, yoki grafik interfeys orqali, yoki buyruq qatori
yordamida bajariladi. Bunday kompyuter bilan ishlaganda tizim ko‘p sonli
yordam belgilarini taklif qiladi.
Dostları ilə paylaş: |