219
(tarmoq) va boshqarish vositalari kabi komponentlarini ifodalaydi. Ushbu
tamoyillarni tarmoq va telekommunikatsiya uskunasini etakchi ishlab
chiqaruvchilari
tomonidan
amalga
oshirish
yangi
avlod
aloqa
tarmoqlarining
konsepsiyasida
(Next
Generation
Networks/New
Generation
Networks, NGN) o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga ishlab
chiqaruvchilarning turli ochiq nashrlari va texnik materiallaridagi
nomlarida, shu ma’noni ifodalaydigan boshqa atamalarni ko‘rish mumkin:
adaptiv tarmoq (Adaptive Networks,), intellektual tarmoq (Intelligent
Networks,) va shu kabi. NGN atamasi aloqa operatorlarining tarmoqlariga
nisbatan qo‘llaniladi, NGN konsepsiyasining asosiy g‘oyasi adaptivligi
hisoblanadi. Hozirgi vaqtda tarmoq ishlab
chiqaruvchilari biznesning
zamonaviy talablariga muvofiqligi nuqtai nazarida axborot texnologiyasini
rivojlantirishda sifatli sakrash kabi ko‘rib chiqib, ushbu g‘oyani
quvvatlaydi va targ‘ibot qiladi.
NGN tarmog‘i «texnologik majburiyati» nuqtai nazarida nimadan
iborat? Keyingi avlod tarmog‘i aloqa operatorining an’anaviy tarmog‘idan
keskin farq qiladi, asosiy vazifasi aloqa kanallarini sotishdan iborat. Yangi
avlod aloqa operatori xizmatlarining ro‘yxatiga intellektual servisni (VolP,
ilovalar ijarasi, xosting va boshqalar) taqdim etish kiradi. NGN
tarmog‘ining o‘ziga xos xususyatlariga quyidagilar kiradi:
- mijoz (foydalanuvchi) va server qismining mavjudligi, shuningdek
barcha
resurslar, jumladan mijoz resurlarini boshqarish;
- multiservis transport muhitini talab etadigan multimedia
xizmatlarini quvvatlash;
- turli protokollar va ko‘p bog‘lanishli o‘zaro
ishlashni quvvatlash
(hozirda keng tarqalgan «nuqta - nuqta» o‘zaro ishlashdan farqli ravishda);
- murakkab ko‘p darajali adreslashdan foydalanish imkoniyati;
- xizmatlarning mobilligi va sifat kafolatiga qo‘yiladigan talablarning
bajarilishi.
Yangi avlod tarmog‘ining tarmoqli arxitektura ierarxiyasi transport
daraja, axborotni kommutatsiya qilish va uzatishni boshqarish darajasi va
xizmatlarni boshqarish darajasiga bo‘lish nazarda tutiladi. Qayta sozlash
istalgan yuqori turuvchi darajadan quyi
turuvchi daraja hech qanday
moslashishni talab etmagan qaror optimal bo‘ladi, ushbu xususiyat
tizimning
moslashishi
va
universialligini
kafolatlaydi
va
shu
infratuzilmaga ega bo‘lgan kompaniyaning real kafolatli afzalligini beradi.
Dostları ilə paylaş: