Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Sportchini musobaqaga psixologik tayyorlash
Insonni hayotga yoki biror faoliyat sohasiga tayyorlash hayotning o’zi kabi 


rang-barang, keng qamrovli, murakkab, ko’p bosqichli jarayon bo’lib, turli 
usullar, vositalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan, o’quvchini o’qishga va 
mehnatga tayyorlash, harbiy askarni texnik, taktik va irodaviy tayyorgarlik 
sifatlarini rivojlantira borib, jismoniy, psixologik, siyosiy jihatdan og’ir 
Sharoitlarda jangovor mashqlarga, ona-Yatanni himoya qilishga tayyorlash ko’p 
bosqichli, turli xil usullar vositasida amalga oshiriladigan qiyin va qizg’in irodaviy 
tarbiyaviy jarayondir. Shuningdek, o’quv, tarbiyaviy va amaliy faoliyatda 
sportchilarni jismoniy mashqlarga hamda sport musobaqalariga ruhan tayyorlash, 
musobaqada g’alaba qilishga, yangi rekordlar o’rnatishga yo’llash usullari ham 
rang - barangdir. Sportchi yoki jamoa a’zolarining sport musobaqalarida yuqori 
natijalarga erishishi, birinchi navbatda, ularning ma’naviy, mafkuraviy, irodaviy, 
jismoniy, texnik, taktik tayyorgarligiga bog’liq. 
Sport amaliyotida bo’lajak aniq musobaqalarga psixologik jihatdan alohida 
tayyorgarlik ko’rgan tennischilarning ko’pincha g’alaba qozonishi ilmiy 
isbotlangan. Demak, sport mutaxassislari murabbiylar tennischilarni musobaqaga 
psixologik jihatdan tayyorlashga alohida e’tibor berishlari maqsadga muvofiqdir. 
Buning uchun ulardan sportchini musobaqaga ruhan tayyorlash bosqichlarini 
nazariy va amaliy jihatdan puxta bilishlari talab qilinadi. Sport turlarining o’ziga 
xos xususiyatlaridan kelib chiqib, tennischilarni tayyorlashni quyidagi 
bosqichlarga bo’lish mumkin: 

tennischilarga raqibi va bo’lajak musobaqalarning shart-sharoitlari 
haqida yetarlicha ma’lumotlar berib borish; 

sport mashg’ulotlari va musobaqalar haqida olingan ma’lumotlarni 
tekshirib ko’rish, ishonchlilik darajasini aniqlash, musobaqaning boshlanish vaqti 
yoki kutilmagan o’zgarishlarning alohida sportchilar yoki jamoaga g’alaba 
keltirish imkoniyatlarini o’rganish; 

tennischilarga musobaqada qatnashishdan ko’zlangan maqsad va 
vazifalarni aniq belgilab olishlari haqida ko’rsatmalar berish; 

sportchining musobaqada ishtirok etish sababi, mohiyati va aniq 
maqsadini aniqlash, g’alabaga erishishning ijtimoiy ahamiyatini tushuntirish; 



sportchining bo’lajak musobaqa jarayonidagi faoliyatini rejalashtirish, 
aqliy sifatlarini o’stirishga e’tibor berish, musobaqaga taktik va texnik jihatdan 
psixologik tayyorgarligini takomillashtirish; 

tennischini musobaqaga ruhan tayyorlash maqsadida kutilmagan maxsus 
to’siqlar vujudga keltirish, ularda bu to’siqlar va qiyinchiliklarni enga oladigan 
malaka va ko’nikmalar hosil qilish uchun qo’shimcha mashg’ulotlar uyushtirish; 

tennischiga musobaqa jarayonida paydo bo’ladigan ichki psixologik 
holatni boshqarish uslublaridan foydalanishni o’rgatish; 

tennischini musobaqa boshlanishida psixologik ko’tarinkilikka, asab 
tizimi faoliyatini boshqarishga, ruhan charchamaslikka odatlantirish hamda 
musobaqa jarayonida yanada faol harakat qilishga erishishga undash. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin