muvofiqdir. Mashq mashg’ulotlari va musobaqalarda qatnashish qoidalariga
qat’iy
rioya qilish, murabbiy ko’rsatmalarini aniq bajarish, mashq
mashg’ulotlarida, maktab va uyda o’zini a’lo darajada tutish- bularning barchasiga
murabbiy doimo e’tibor qaratishi lozim. Sport mashg’ulotlarining boshidanoq
mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni engib o’tish qobiliyatini tarbiyalash muhimdir,
bunga esa mashq vazifalarini muntazam ravishda bajarib borish orqali erishiladi.
Yosh sportchini aniq misollar bilan shunga ishontirish lozimki, zamonaviy sportda
muvaffaqiyat mehnatsevarlikka bog’liqdir. Yosh sportchilar bilan mashg’ulotlar
jarayonida
intellektual
(aqliy)
tarbiya muhim ahamiyat kasb etadi. Aqliy
tarbiyaning asosiy vazifasi o’quvchilar tomonidan sport trenirovkasi, gigiena va
boshqa sohalarga xos maxsus bilimlarning egallanishi hisoblanadi.
Stol tennisi kabi zamonaviy sport o’yinlari uchun mashq va musobaqa
yuklamalarining yuqori darajasi xosdir. Tayyorgarlikning barcha bosqichlarida
juda qattiq saralashdan faqat yaxshi jismonan sog’lom va kerak bo’lganda o’z
imkoniyatlarini maksimal darajada yuzaga chiqara oladigan sportchigina o’ta
oladi. Bu natijaga erishishning yuqori manfaatdorligi mavjud bo’lgandagina
mumkindir.
Eslatib o’tamizki, motiv - bu muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan bog’liq
faoliyatga undashdir. Ehtiyoj - inson holati bo’lib,
unda insonning muayyan
yashash sharoitlariga bog’liqligi ifodalanadi.
Natijaga erishish istagi sifatida belgilanadigan yutuqlarning yuqori
motivatsiyasi sportchining imkoniyatlarini bir joyga yo’naltiradi, ijodiy
salohiyatni ochib beradi, sportchini xulq-atvorning eng qiziq variantlarini izlash
va topishga majbur qiladi, me’yor va mas’uliyat
hissini hamda birdaniga
bo’lmasa-da, muayyan vaqt o’tib yuqori natijaga erishish uchun kerak bo’lgan
barcha narsani beradi. Sportchi ichki tomondan o’zgaradi, rekord natijalar
ko’rsatishga loyiq bo’lib boradi, o’zining eng yaxshi jihatlarini namoyon qiladi.
Albatta, bu o’rinda so’z qoidalar va oliy ahloqiy g’oyalardan chetga chiqmagan
holda g’alabaga erishish istagi haqida boradi.
Sportchi imkoniyatlarini safarbar qilish darajasi uning oldga qo’yilgan
vazifani bajarish istagining ko’rsatkichidir va, shunga mos ravishda, bu istagi
(motivatsiya)
ga ta’sir ko’rsatib, imkoniyatlarni safarbar qilish darajasini oshirish
mumkin. Inson muayyan natijaga erishishni qanchalik ko’p xohlasa,
u shunga
muvofiq natijaga erishish uchun shuncha ko’p harakat qiladi.
Stol tennisi amaliyotida motivatsiya muammosi ikkita yo’l bilan hal
qilinadi: yuqori motivatsiya darajasiga ega sportchilarni saralab olish va bu
darajani rag’batlantirish (moddiy va ma’naviy), jazo, ishontirish, majburlash va
h.k.lar hisobiga yanada oshirish. Bunda sportchidagi oldindan yuqori ahamiyatga
ega bo’lgan motivatsiyani maxsus ta’sir o’tkazish yo’li bilan oshirish samarali yo’l
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: