Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Sakrash mashqlari 

arg’amchida sakrash bir kunda 30 daqiqa; 

kunda 100 marta “kenguru”cha sakrash; 

bir oyoqda 400 metrdan sakrash, bir kunda; 

400 metrga sakrab-sakrab yugurish bir kunda; 

o’tirgan holatdan yuqoriga sakrash bir kunda uch marta 10 tadan; 

Joyidan turib uch hatlab sakrash 10 marta; 

50-80 sm.li balandlikka ko’pgina sakrashlar, 10-15 undan sakrab 

o’tish. 
Chaqqonlikni rivojlantirish 
Chaqqonlik - sportchini turli yo’nalishdagi harakatlarni eng qisqa vaqt ichida 
bajarish qobiliyatidir. Chaqqonlikka doir mashqlar katta diqqat, harakatlarning 
aniqligi va tezlgini talab qiladi. Shu sababli ularni mashg’ulotlarning birinchi 


yarmiga kiritish lozim bo’ladi. Chaqqonlik birinchidan, yangi harakatlarni tez 
o’zlashtirish qobiliyatini, ya’ni tez o’rganish qobiliyatini; ikkinchidan, harakat 
faoliyatini to’satdan o’zgarib turadigan vaziyatlar talabi asosida harakatni tez qayta 
qurish va uni takomillashtirishga yordam beradi. Chaqqonlikni tarbiyalashda 
sportchi topqirlik va tez harakatlar yordamida to’satdan vujudga kelgan vaziyatdan 
chiqib ketishi zarur boTgan turli-tuman mashqlardan foy dal anil adi. Aniqlik 
chaqqonlikning oTchovi hisoblanadi. 
Chaqqonlikni rivojlantirishga qaratilgan mashqlar ancha tez charchashga olib 
keladi. Shu tufayli chaqqonlikni tarbiyalashda nisbatan to’liq darajada tiklanishga 
etarli bo’lgan oraliq dam olishlardan foydalaniladi. Mashqlarning o’zini esa oldingi 
yuklamalardan sezilarli charchash belgilari yo’qolgandan keyin bajarishga harakat 
qilish kerak bo’ladi. Yangi qiyinlashtirilgan mashqlarni muntazam o’rganib borish 
va harakat faoliyatini bir zumda o’zgartirilishini talab qiluvchi mashqlarni qo’llash 
chaqqonlikning rivojlanishiga olib keladi. Mashqlar murakkab va noodatiy bo’lishi, 
yangiligi bilan ajralib turishi lozim. Koordatsion qobiliyatlarning rivojalanishi 
ixtsisoslashtirilgan sezgilar: vaqt, temp, rivojlanayotgan kuchlanishlar, tana va uning 
qismlarining fazodagi holatini sezish bilan chambarchas bog’liq. Aynan shu 
qobiliyatlar Shug’ullanuvchining o’z harakatlarini samarali boshqarish mahoratini 
belgilaydi. 
Koordinatsiyaga bog’liq mashqlarni mashg’ulotning barcha qismida berish 
mumkin. Ularni umumrivojlantirish mashqlari kompleksiga yoki erkin mashqlarda 
bajarish o’ta samaralidir. Ayrim vazifalarni mashg’ulotning yakuniy qismida berish 
maqsadga muvofiq. 
Chaqqonlik - bu murakkab va kompleks sifatlardan. Tennischilarda bu 
birinchidan, asosiy zarbalarni tezlikda o’zlashtirishda namoyon bo’ladi, 
ikkinchidan, o’yinni xilma-xil taktikada olib borish uchun turli zarbalarni bajarish 
imkoniyatida ko’rinadi. Yuqori chaqqonlik darajasidagi tennischi, yangi harakat 
sifatlarini tez egallaydi, о’yin voqeliklarini o’zgarishiga qarab, tez moslashadi, 
shuningdek, kuch, tezkorlik, egiluvchanlik kabi jismoniy sifatlardan ratsional 
ravishda foydalana olishi bilan ajralib turadi. 


Chaqqonlikni rivojlantirish uchun mashqlar tarkibiga quyidagi elementlarni 
kiritish lozim, o’zgaruvchan holatga qarab ongliy reaksiya qilish bilan bog’liq va 
shuningdek mashg’ulotdan-mashg’ulotga oshib boruvchi murakkab koordinatsiyali 
mashqlar bo’lishi kerak. 
Chaqqonlikni tarbiyalashda umumiy tayyorlovchi mashqlarni tatbiq etish, 
ayniqsa, akrobatika mashqlari, turnikda, brusda, batutda mashqlar bajarish juda 
foydalidir. Ular, tennischi uchun zarur va bebaho bo’lgan, havo bo’shlig’ida og’irlik 
markazi o’zgaradigan turli sakrashlar, aylanish va burilishlardan keyin orientir olish 
qobiliyatini rivojlantiradi. 
Chaqqonlik ko’prok tezkor harakatlanish va topqirlik qobiliyatiga bog’liqdir. 
Bu qobiliyatni rivojlantirish jarayonida sport o’yinlari va harakatli o’yinlarni alohida 
o’rni bor. Sport o’yinlaridan basketbol, voleybol va futbolni kichik maydonlarda 
o’ynash maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu o’yinlar tezkorlik, kuch va chidamlilikni 
tarbiyalash bilan bir qatorda Chaqqonlikni tarbiyalovchi harakat vositasidir. 
Harakatli o’yinlardan “To’p uchun kurash” o’yini chaqqonlik va chaqqonlikni 
tarbiyalash uchun ko’proq talabga javob beradi, o’yin qoidasi bo’yicha to’pni tortib 
olish, olib yugurib qochish, qochayotganni ostidan ushlab olish va h.k. 
Bu o’yinda tezda kutilmagan voqealar almashinuvi, o’ynovchilarni 
tezkorlikda qaror qilishga va mos ravishda harakatlanishga majbur qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin