Руководство для спортсменов по настольному теннису для развития их полного потенциала


Tennischilarning chidamliligini rivojlantirish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/68
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#192886
növüРуководство
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
SPORT VA HARAKATLI O’YINLARNI O’QITISH ўқув қўлланма 31

Tennischilarning chidamliligini rivojlantirish
Yosh 12-16 o’smir tennischilarni chidamliligini rivojlantirishda tezkor 
chidamliligiga alohida e’tibor qaratish muhim. Shunga erishmoqlik kerakki, yosh 
tennischilar uzoq cho’zilgan qiyin yuklamadan keyin ham, ya’ni musobaqa 
uchraShuvini oxirigacha tezkor harakat tezligini yo’qotmasligi kerak. 
Bu vazifani echish uchun alohida texnik elementlarni takomillashtirishdagi 
doimiy jarayonni qo’shimcha vazifalar bilan murakkablashtirish mumkin, 
o’yinchilarni sport maydonchasida qiyin sharoitda ishlashga majbur qilish kerak. 
Masalan: 

mashg’ulot paytida to’pni ikki marta sakrashiga yo’l qo’ymasdan 
o’ynash, hamma to’pni, hatto autdagi to’plarni o’ynash kerak; 



o’yinchini har bir zarbadan so’ng markazga qaytishga majbur qilish; 

o’yinchini to’pga borishga emas, yugurishga majburlash. 
Maxsus chidamlilikni rivojlantirish uchun tennischilarga butun vositalar 
arsenalidan foydalaniladi: umumjismoniy tayyorlovchi mashqlar, maxsus 
tayyorlovchi mashqlar, musobaqaviy va boshqa qo’shimcha vositalar. Yuqorida 
aytilgan yugurish va sakrash kabi umumjismoniy tayyorlovchi mashqlardan 
Shunday foydalanish kerakki, ular tennischi organizmiga oddiy dan ko’ra, 
kuchliroq yuklama bilan ta’sir etishi kerak. 
Maxsus - tayyorlovchi mashqlarni tennischini maydondagi maxsus 
harakatlarini hisobga olgan holda tanlanadi. Bularga bizga yaxshi tanish 
kombinatsiyali “uchburchak”, orqa chiziqdan “sakkizlik” kabi mashqlar kiradi. 
Maxsus-tayyorlovchi mashg’ulotlar vositasiga juftlik o’yinni hisobga o’ynash, 
faqat sharti ikkala o’yinchi ham bitta raketka bilan navbatma-navbat o’ynaydi, 
hisob 11, 15 yoki 21 gacha bo’ladi. Maxsus- tayyorlash bilan bog’liq mashqlarni 
yuklama hajmi, musobaqadagi yuklamalardan ko’ra ko’proq bo’lishi lozim. 
Jahonning yetakchi sportchilari yilda 9-10 oylab musobaqada qatnashadilar 
va parallel ravishda mashg’ulotlarda anchagina mashqlarni bajarishni davom 
ettirib boradilar, shu tariqa o’zlarini chidamliligini oshirib turadilar. 
Tennischini chidamliligini oshirishning о’yin usuli ham bor. Bular 
hammaga ayon harakatli va sport o’yinlari bilan amalga oshadi. Uning samarasi 
o’yin va uning qoidasini to’g’ri tanlab o’tkazishga bog’liq. Stol tennisida juda 
talab qilinadigan “aerob” chidamlilikni rivojlantirish uchun mashg’ulotlarni 
doiraviy usuli qo’llaniladi. Doiraviy usul bu mashg’ulotni tashkiliy-uslubiy shakli 
bulib, fiziologik qonuniyatlar asosida bir qancha usullari ajratiladi. Aerob 
chidamlilikni tarbiyalashni eng samarali usuli uzoq muddatli va ekstensiv interval 
ishlashdan iborat. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin