1967-yilda Xalkaro Olimpiya Qo’mitasida antidoping nazorati komissiyasi
tuzildi. Birinchi bor doping-nazorat 1968 yildagi yozgi Olipmiya o’yinlarida
saralash yordamida o’tkazildi. 1972-yildan boshlab antidoping nazorat barcha
Olimpiada o’yinlarida majburiy hisoblanadi. Keyinchalik hamma jahon
chempionatlarida ko’pchilik sport turlarida ham o’tkazilishi XOQ ning ustavi va
xalqaro sport federatsiyasi qarorlarida aniq yoritilgan.
O’zbekiston Repspublikasining 2000-yilda yangi tahrirda qabul qilingan
«Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida» gi Qonunida dopingga qarshi kurashga
alohida e’tibor berilgan.
Jumladan, mazkur qonunning 24-moddasi «Sportda
dopingni oldini olish va u bilan kurashish» ga bag’ishlagan. Qonunning mazkur
moddasiga ko’ra: sportda dopingga qarshi qoidalarning buzilishi, shu jumladan
sportda foydalanishi ta’qiqlangan moddalar, usullar ro’yxatiga kiritilgan
moddalar, usullardan foydalanish yoki
foydalanishga harakat qilish, doping deb
hisoblanadi. Sportda dopingning oldini olish va u bilan kurashish xalqaro
dopingga qarshi tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan dopingga qarshi qoidalarga
muvofiq olib boriladi.
Quyidagi bitta yoki bir necha buzilishlar dopingga qarshi qoidalarni
buzilishi deb hisoblanadi:
sportchi tomonidan taqiqlangan modda yoki usullardan foydalanish yoki
foydalanishga harakat qilish;
sportchi organizmidan, shuningdek sport musobaqasida ishtirok etuvchi
hayvon organizmidan musobaqa o’tkazish paytida yoki musobaqadan tashqari
vaqtda olingan probadan taqiqlangan moddalar yoki
ularning metabolitlari yoki
markerlari mavjudligi aniqlansa;
sportchining sinama olishga kelishdan bosh tortishi, dopingga qarshi
qoidalarga muvofiq ravishda taqdimot berilganidan so’ng uzrli sabablarsiz sinama
olishga kelmaslik yoki boshqa ko’rinishda sinama olishdan bosh tortish;
musobaqalardan tashqari vaqtda sportchidan proba olish uchun imkoniyat
bo’lishi to’g’risidagi dopingga qarshi qoidalarni buzish, shu jumladan sportchi
bo’ladigan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni bermaslik yoki testda ishtirok etmaslik;
doping nazorati elementini qalbakilashtirish
yoki qalbakilashtirishga
harakat qilish; Umumjaxon dopingga qarshi agentlikning taqiqlangan
moddalardan terapevtik maqsadlarda foydalanish Xalqaro standartiga muvofiq
ravishda beriluvchi, taqiqlangan modda yoki usullardan terapevtik maqsadlarda
foydalanishga ruxsatnomasiz taqiqlangan modda yoki usullarga egalik qilish;
taqiqlangan modda yoki usullarni tarqatish.
Sportchilar tomonidan,
shuningdek murabbiylar va boshqa jismoniy tarbiya va sport sohasi mutaxassislari
tomonidan sportchilarga nisbatan dopingga qarshi qoidalarni buzish, sport
musobaqalarida ishtirok etuvchi hayvonlarga nisbatan taqiqlangan modda yoki
usullardan foydalanish taqiqlanadi. Taqiqlangan modda yoki usullardan sportchi
tomonidan, shuningdek sport musobaqasida ishtirok etuvchi hayvonga nisbatan
foydalanilganligi fakti faqatgina Umumjahon dopingga qarshi agentlik tomonidan
akkreditatsiyalangan laboratoriyalar tomonidan o’tkazilgan tekshiruvlar natijasiga
qarab tasdiqlanadi.
“Doping” - aslida “dops” so’zidan olingan bo’lib,
narkotik berish degan
ma’noni anglatadi. Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining 1984-yilda qabul qilingan
rasmiy ajrimiga binoan “Musobaqa muvaffaqiyatlarini oshirish maqsadida
sog’lom organizmga odatdan tashqari miqdorda va odatdagidan boshqa yo’l bilan
sun’iy va noqonuniy ravishda yuborilgan yot modda doping hisoblanadi”. Doping
organizmni sun’iy stimulyasiya qilibgina qolmay, jismoniy yuklamalarda
funksional sistemalar faoliyatini tejamsiz sarflaydi. Hatto energetik resurslarning
tugab qolishi va yuklamalardan keyingi ta’sirotlarning zo’rayishiga olib keladi.
Bu esa jismoniy o’ta zo’riqishga sabab bo’ladi hamda sportchi organizmida
patologiya oldi va patologik holatlarini vujudga keltiradi.
Sport natijalarini
oshirish maqsadida qilinadigan har xil psixologik ta’sirlar ham doping ta’siriga
kiradi.
Shunday qilib, sportehilar organizmiga bevosita musobaqalar oldidin va
musobaqalar davomida sun’iy ravishda ish qobiliyatini va sport natijalarini
oshirish uchun turli usullar bilan har xil moddalarni yuborish-doping qabul qilish
hisoblanadi. Bu holda sportchining musobaqalarda qatnashishi qat’iy an man
etiladi.
1984-yilda Xalqaro Olimpiya Qo’mitasining tibbiy komissiyasi quyidagi
beshta guruh tibbiy moddalarni dopinglarga kiritgan.
Psixomotor stimulyatorlar: amfetamin va uning hosilalari.
Simpatomimetik aminlar: efidrin, kordiamin, adrenalin va boshqalar.
Markaziy nerv sistemasining turli situmulyatorlari: leptadol, nikotinamid va
boshqalar.
Og’riq qoldiruvchi narkotiklar: morfiy, kokain, geroin va boshqalar.
Anabolik steroidlar: retabolil, nerabol va boshqalar.
Psixomotor stimulyatorlarga hatto damlab ichilgan 5-7 piyola achchiq choy
yoki 1-2 piyola qora kofe ham kiradi. Chunki ular
tarkibida kofein keragidan
ortiqcha miqdorda boTadi.
Ikkinchi gruppdagi simpatomimetik aminlarga tarkibida efedrin bo’lgan
dorilar kiradi. Masalan, tumov bo’lganda burunga tomiziladigan dorilar tarkibida
ham bu modda bor. Anabolik steroidlar-dunyoda keng tarqalgan bo’lib, asosan
in’eksiya orqali qabul qilinadi.
Ularning ta’siri surunkali bo’lib, organizmda suv va ba’zi moddalarni
ushlab qoladi. Bu bilan oqsil almashinuvi tezlashib, skelet mushaklarining massasi
ortadi.
Dostları ilə paylaş: