113
XORIJIY INVESTITSIYALAR ISHTIROKIDAGI KORXONALARNING MILLIY
IQTISODIYOT RIVOJLANISHIDAGI AHAMIYATI VA FAOLIYATI TAHLILI
Hayitova Anora Zafarovna -
Jahon iqtisodiyoti va Diplomatiya universiteti,
Xalqaro iqtisodiyot va menejment fakulteti magistri
Bugungi jadal rivojlanib borayotgan bozor iqtisodiyoti sharoiti har bir mamlakatda
xo`jalik yuritishning turli mulkchilik shakllariga asoslanib faoliyat yuritishni taqazo etmoqda.
Shuningdek, xo`jalik yuritishning aralash mulk shakliga xos bo`lgan xorijiy investitsiyali
korxonalar ham keng faoliyat ko`rsatmoqda. Xorijiy investitsiyali korxonalar faoliyatining
jadal rivojlanayotganligi iqtisodiyotimizning barcha soha va tarmoqlarida erishilayotgan
ijobiy o`zgarishlarga sabab bo`lmoqda va milliy iqtisodiyotning barqaror rivojlanishida chet el
kapitali ishtirokidagi korxonalar o`zining salmoqli hissasini qo`shib kelmoqda.
O`zbekiston Respublikasining 2019-yil 25-
dekabrdagi “Investitsiyalar va investitsiya
faoliyati to`g`risida”
gi Qonunida xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalarga quyidagicha
ta’rif berilgan: “O`zbekiston Respublikasi hududidagi chet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalar deganda aktsiyalarining (ulushlari, paylarining) yoki ustav fondining (ustav
kapitali) kamida o`n besh foizini chet el investitsiyalari tashkil etadigan korxonalar
tushiniladi.” [1]
Xorijiy invеstitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning manfaatdor tomonlari o`zlariga
qarashli bo`lgan rеsurslardan birgalikda foydalanish hamkorlikda korxo
nalar tashkil
etmoqdalar. O`zbеkistonlik va xorijiy yuridik shaxslar hamda chеt el fuqarolari bunday
k
orxonalarning ta’sischilari bo`lishi mumkin. Xorijiy invеstitsiyali korxonalarni tashkil etish
sabablari turli-
tuman bo`lib, ularni ichki, tashqi va stratеgik sabablarga bo`lish mumkin.
[2,
103-b.]
Dostları ilə paylaş: |