O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   139
Yer tuzish

muhofaza qilish Bosh chizmalari 
 
 
Yer tuzish tizimida yuqori darajani mamlakat va mintaqalar yer resurslaridan foydalanish va 
ularni muhofaza qilish Bosh chizmalari egallaydi. Hisoblangan davrning uzunligi (20 yil), 
ob’ektning kengligi (o‘nlab million gektar), taklif etilayotgan yechimlarning va ularni amalga 
oshirish usullarining muqobil xarakteri, ularning umumdavlat va mintaqaviy ahamiyatga ega aniq va 
tabaqalashtirilgan axborot bilan boshqarish organlarini ta’minlovchi, asosan reja oldi hujjatlari 
sifatida tavsifini oldindan belgilab beradi.
Bosh chizmalar shu bilan bir qatorda, aniqroq yer tuzish chizmalari va loyihalarining ilmiy 
darajasini, ishonchliligini va asoslanganligini oshirish imkonini beradi. Mamlakatda, va uning 
mintaqalarida yer egaliklari va yerdan foydalanuvchilarni oqilonalashtirishning umumiy masalalari 
yer tuzish tizimi normal faoliyat ko‘rsatganda oxir - oqibatda xo‘jaliklararo, xo‘jalikda ichki yer 
tuzish va ishchi loyihalar orqali yechiladi. Bosh chizmalarni tuzishning asosi yer tuzishni loyihalash 
uslubiyati va usullari bo‘lib qoladi. 
Yer tuzish loyihalaridan oldin tayyorlanadigan barcha ishlar loyiha oldi hujjatlari turkumiga 
kiradi.
Mamlakat yer resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bosh chizmasini tuzish 
jarayoni bir necha bosqichlarga bo‘linadi:
* qabul qilingan ilmiy-texnik taraqqiyot dasturlarini hisobga olib, kelajakda yer 
egaliklari va yerdan foydalanishlarni qayta tashkil etishning vazifalari va yo‘llari ko‘rsatilgan 
ilmiy-texnik konsepsiyani tayyorlash; 
 * bir vaqtning o‘zida markazda va mintaqalarda olib borilayotgan va uni tadbiq etishni 
boshlashdan 2-2,5 yil oldin tugatiladigan chizmalarni bevosita tuzib tayyorlash; 
 * boshqarish organlari va yer tuzishga ulardan amaliy foydalanish maqsadida berish 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin