O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


uchun chizmalarning asosiy qoidalarini rasmiylashtirish



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   139
Yer tuzish

uchun chizmalarning asosiy qoidalarini rasmiylashtirish. 
 
Yer egaliklari va yerdan foydalanishlarni kelajakda rivojlantirishning eng murakkab 
masalalari - qishloq xo‘jaligida va boshqa tarmoqlarda ishlab chiqarishni intensivlashning 
yo‘nalishlarini tanlash, ularni maydoni, sifati va joylashuvi bir xil yerlardan iborat hududiy 
asos bilan ta’minlash, qishloq xo‘jalik yerlari unumdorligini kengaytirilgan qayta tiklash va 
muhofaza qilish uchun qulay sharoitlar yaratishdir. Ushbu vaziyatni hisobga olib, Bosh 
chizmada quyidagi tarkibiy qismlar ajratib ko‘rsatiladi: 


66 
* yerlardan mavjud foydalanishni tahlil qilish va baholash; 
* xalq xo‘jaligining har xil tarmoqlarida yer resurslaridan foydalanishni tashkil etish;
* yerlarni yaxshilash va muhofaza qilish; 
* tavsiya etilayotgan tadbirlar samaradorligi va joriy etish tartibi. 
 
Yozma va hisob-kitob materiallaridan tashqari yer resurslaridan foydalanish va ularni 
muhofaza qilish Bosh chizmalariga yer resurslarining hozirgi ahvoli va foydalanilishi, ularning 
kelajakdagi foydalanilishi, yaxshilanishi va muhofaza qilinishi xaritalari kiritiladi. Ularning 
ma’lumotlaridan foydalaniladi: 

xalq xo‘jaligini va uning ayrim, ayniqsa, yerni ko‘plab talab qiladigan tarmoqlarini 
(qishloq, suv, o‘rmon xo‘jaliklarini) rivojlantirish va joylashtirish, tabiatdan oqilona 
foydalanishni tashkil etish (reja oldi ishlari) masalalarini yechishda: 

iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish kelajagi va yo‘nalishlarini aniqlash uchun; 

respublika, viloyatlar va ma’muriy tumanlar yer tuzish chizmalarini, yer tuzish 
loyihalarini tuzishda (loyiha oldi ishlari).
Bosh chizmada mavjud tavsiyalarni joriy etish, yerning asosiy ishlab chiqarish vositasi va 
mamlakatning barcha tabiiy va iqtisodiy salohiyatlari majmuasida uning hududiy asosi sifatidagi 
faoliyati samaradorligini oshirish, yer turlarining tarmoqlararo va mintaqalararo taqsimlanishini 
optimallash, ishlab chiqarishni, ayniqsa qishloq xo‘jaligini, hududiy tashkil etish, yer-muhofaza 
tadbirlarini rejalashtirish imkonini beradi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin