O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

Nazorat savollari 
1.
Mashinalarni qanday diagnostikalash usullari mavjud? 
2.
Ko‘rsatkichlarning nominal, ruxsat etilgan va chegaraviy 
qiymatlari deganda nimani tushunasiz? 
3.
Mashinalarni diagnostikalash tartibini tushuntiring. 


106 
4.
Mashinalarni sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha diagnostikalash 
qanday amalga oshiriladi? 
5.
Mashinalarni diagnostikalash qurilmalariga tariff bering. 
6.
Traktorlarning gidravlik tizimi qanday diagnostikalanadi? 
7.
Diagnostikalash xaritasining tuzilishini tushuntiring. 
8.
Diagnostikalash natijalari bo‘yicha mashinani texnik holatini 
bashorat qilish deganda nimani tushinasiz?


107 
4-bob. ZAMONAVIY MASHINALARGA TEXNIK XIZMAT 
KO‘RSATISH VA DIAGNOSTIKALASH 
 
4.1. Zamonaviy qishloq xo‘jaligi mashinalarini jixozlash va ularni 
O‘ZBEKISTON sharoitida ishlatish hsusiyatlari 
Qishloq xo‘jaligi sanoatini zamonaviy texnika bilan jixozlash. 
O‘zbekiston Respublikasining qishloq xo‘jaligini texnik jixozlash horijiy 
davlatlarning John Deere, Case, New Holland, Class, Same-Deutz 
firmalari ishlab chiqarilayotgan texnikalar tashkil topib, ularning hissasi 
deyarli 70% dan yuqorilab ketdi. Bu mashinalar tarkibiga horijiy 
kombayinlar, traktorlar va bir qancha qishloq xo‘jaligi mashinalar kiradi. 
Hozirgi kunda horijiy davlatlarning turli firmalari tomonidan tafsiya 
etilayotgan traktorlarning rusmi deyarli 720 hildan orti, ularning quvvati 
12…330 kVt ni tashkil etadi. Ularning ko‘p qismini 38…75 kVt – 53,5 %, 
quvvatlari 76…110 kVt – 18,6% tashkil etadi. Horijiy traktorlarda 
zamonaviy konstruksiyalar to‘liq jamlangan bo‘lib, ularni mobil energa 
manbalari sifatida qo‘llash imkoniyatlari mavjuddir. Bunday horijiy 
traktorlarning ananaviy traktorlardan farqi shundan iboratki, 1,4 va 3,0 
tonna tortish kuchiga ega traktorlar blokli konstruksion sxemadan voz 
kechilgan, yarim ramalar orqa ko‘prikka ulangan, dvigatel elastic 
tayanchlarga o‘rnatilgan, uzatmalar qutisi orqa ko‘prik bilan briktirilgan. 
Traktorlarning bunday sxemasi kelgusida traktorni takkomillashtirishga 
yuqori imkoniyatlar yaratadi, takomillashtirish kuch qurilmalari va 
uzatmalar qutisini modernizatsiya qilish bilan erishish imkonini beradi. 
Bundan tashqari dvigatel va uzatmalar qutisini ta’mirlashda mexnat sarfini 
kamayishiga yordam beradi. Huddi shunday konstruksiya traktorning 
foydali vertical yuklanishini osishiga, hsusan John Deere firmasining 6300 
(66 kVt) seriyadagi traktorining quvvati 63,5% dan yuqori bo‘lishi 
mumkin, huddi shunday 2850 (67 kVt) seriyali traktorda esa bu 
ko‘rsatkich ancha pastdir.
Bunday bir necha traktorlar kata diapazondagi ishchi va transport 
tezliklariga ega, dvigatelga o‘rnatilgan elektron boshqaruv tizimi optimal 
sharoit yaratishi yuklanish vaqtida qo‘shilishga imkon beradi. 
Yuqorida keltirilgan har bir firma bir-necha turdagi kombayinlarni 
ishlab chiqaradi, ular bir-biridan maydalash-separator qurilmasi bilan, 
dvigatelning quvvati, jatkaning kengligi, boshqa ko‘rsatkichlar va 
yig‘iladigan donli ekinlarning turlari va hosildorligi (30…120 sent./ga) 


108 
bilan farqlanadi. Jami 150 dan ortiq rusumdagi kombayin turlari ishlab 
chiqariladi. Ularning quvvati bo‘yicha nisbati quyidagicha: 125 kVt – 20 
%; 126…184 kVt – 38 %; 185…214 kVt – 20 % tashkil etadi. Kombayin 
dvigatellarini quvvatini oshirish, bunkerning hajmini (10 m
3
va undan 
ko‘p) kattalashtirish va bunkerni bo‘shatish tezligini (0,1 m
3
/s) oshirish 
rejalari tuzilmoqda. O‘zbekistonda ishlatilayotgan horijiy don o‘rish 
kombayinlarining quvvati 125…200 kVt ni tashkil qiladi, lekin 
O‘zbekiston sharoitida etishtirilayotgan don mahsulotlarining hosildorligi 
rivojlangan boshqa (Evropa va AQSH) davlatlarga nisbatan ancha past 
bo‘lganligi sababli, bu ko‘rsatkich o‘zini oqlamaydi. 
XXI asr boshida O‘zbekiston Respublikasiga bir qancha horijiy 
qishloq xo‘jaligi mashinalarini olib kelish bilan birgalikda, O‘zbekiston 
hdudida qishloq xo‘jaligini ishlab chiqaruvchi horojiy firmalar bilan 
birgalikda qo‘shma korxonalar tashkil qilindiki, ular ishtirokida 
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining qayta jihozlash ishlari jadal suratlar 
bilan amalga oshirilmoqda.
Amaldagi barcha mashinalarning modellari electron boshqarish 
tizimi bilan jihozlangan. Elektron boshqarish tizimi yordamida - dvigatel, 
transmissiya, ishchi organlar, mashinani o‘ziga o‘rnatilgan diagnostikalash 
va bajarilayotgan ishlarning sifat ko‘rsatkichlarini nazorat qilish tizimlari 
bilan jixozlangan. Hatto John Deere firmasining yangi traktorlariga 
sputniklar yordamida nazorat qilish tizimlari ham o‘rnatilmoqda, bu tizim 
yordamida ishlov berilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinining turiga qarab 
bajarilayotgan texnologik opertsiyaning sifat ko‘rsatkichlari nazorat 
qilinishi mumkin. 
O‘zbekistonning barcha hududlari zamonaviy qishloq xo‘jaligi 
mashinalari bilan taminlangan. Qishloq xo‘jaligi mashinalarining turlari 
juda ko‘p bo‘lsada, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining etishtirish turlari 
bo‘yicha ularga ishlov beradigan mashinalar ham jamlanadi. Ularning 
turlari ham juda ko‘p.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin