150
4.11 rasm.
Almashuvchi katrij va adaptor bilan jihozlangan DST-2M
skaneri
Tizimli testorlarda skanerlarning barcha
vazifalarini bajarish
mo‘ljallangan, imkoniyatlarning ro‘yhati 4.5 jadvalda keltirilgan.
mltimetrning vazifasi: tok kuchini aniqlash imkoniyati, oddiy
multimetr ishlash sharoitida kuchlanish va qarshilikni aniqlash;
vaqt bo‘yicha taqsimlanishi: navbatdagi
aniqlangan qiymatni
grafik ko‘rinishida manitor ekraniga chiqarish mumkin;
qo‘shimcha ma’lumotlar: namoyon bo‘lgan nosozliklarga va
mavjud ko‘rsatkichlarga qo‘shimcha ma’lumotlarni (yo‘riqnoma,
agregatlarni joylashishi va sinash ko‘rsatkichlari, elektr sxemalar va
boshq.) qo‘shish mumkin;
ma’lumotlarni
saqlash
va
hulosa
chiqarish:
barcha
ma’lumotlarni saqlash va shaxsiy kompyuterlarning standart printerida
chop etish imkoniyatini beradi.
Tizimli testorlarda
skanerlardan farqli, bir necha marotaba ko‘p
ma’lumotlar va turli mashinalarni diagnostikalash uchun
ko‘rsatkichlar qo‘llaniladi. Shu holatda bunday ko‘rsatkichlar ishlab
151
chiqaruvchining kompakt-diskinidan
foydalangan holda, ma’lum
vaqt mobaynida yangilanib turilishi mumkin.
EBB
ni
diagnostikalash
avvalo
nosozlikni
aniqlash
yo‘riqnomasini ishga tushirish va dizel boshqarish bloki hotirasidagi
nosozliklarni hisobga olishdan boshlanadi. Diagnostikalash natijalari
xizmat ko‘rsatish yoki ta’mirlash korxonasining electron ishlov
berish tizimida o‘rganiladi va ma’lumotlar bazasiga kiritiladi.
Xizmat ko‘rsatish korxonalarida Bosch firmasining KTS
rusumidagi testorlari (4.12 rasm)
keng qollanilmoqda, ular
yordamida ko‘pgina traktor va kombayinlarning dvigatellarini sifatli
diagnostikalash imkoniyati mavjuddir. Boshqa maxsus qismlarni
diagnostikalash (gidravlik tizim, transmissiya, ishchi organlar)
uchun, ko‘pchilik holatda dilerlik korxonalarining
testerlari talab
etiladi. Yuqorida keltirilgan tizimlarni diagnostikalash uchun
universal testorlar qo‘llaniladi, lekin bu holda ishlab chiqaruvchi
korxona ma’lumotlarini qo‘llash imkoniyati mavjud bo‘lmaydi, shu
sababli zamonaviy mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatishda
dilerlik
xizmatidan foydalanish ancha qulay hisoblanadi.
4.12 rasm. Boshch firmasining KTS rusumidagi tizimli testorlarning
bloklari
Yanada kengroq imkoniyatlarga ega bo‘lgan, xizmat ko‘rsatish
tarmoqlarida qo‘llaniladigan
maxsuslashtirilgan tizimli testorlar
4.13
152
rasmda keltirilgan. Odatda zamonaviy mashinalarning dilerlik
korxonalarida qo‘llaniladi. Bunday testorlarning kamchiligi – bir
ishlab chiqaruvchining modeliga moslashtirilganligi,
yuqori narxda
va faqatgina dilerlik sharoitlaridagina sotib olish imkoniyatlari
mavjudligi.
Dostları ilə paylaş: