137
korxonalari orqali ularning jixozlarini har bir rusumdagi mashina
uchun sotib olishga majbur bo‘ladi.
Umumiy yagona standartlarni tadbiq qilish bo‘yicha birinchi
harakatlar 1988 yili Kaliforniyada sinab ko‘rilgan. Avtomobil
injenerlarining birlashmasi (SAE) Kaliforniya hdudida qo‘llash uchun
standart CARB
(
Californiya Air Resources Board) On Boord
Diagnostic (OBD-I
) joriy qildi.
Quyidagi standart faqatgina dvigatelning
elektro elementlari
uchun tadbiq qilingan bo‘lib, ishlab bo‘lgan gazning tarkibiga,
o‘tkazuvchilarda uzilish yoki qisqa to‘qnashuv alomatlari mavjud
emasligini tekshirishga mo‘ljallangan edi. Hatolik to‘g‘risidagi
ma’lumot priborlar panelida o‘rnatilgan lampaning ochib-yonishi
natijasida yoki tashqi diagnostikalash yordamida boshqa habar
yordamida malum qilinardi.
1996 yil AQSH ning transport vositalariga xizmat ko‘rsatish va
ta’mirlash xizmati va atrof muxitni muxofaza qilish Agentligi
tashabusi bilan yangi
OBD-II diagnostikalash qurilmalari uchun
standart
tadbiq qilindi, bu standartni qo‘llash
amerika bozoriga
kiritilayotgan barcha transport vositalari uchun majburiy hisoblanadi.
Bu standartni qo‘llashdan asosiy maqsad, OBD-II skaneri yordamida
har bir transport vositasining ishchi holatini (ekologik xafsizligini)
aniqlashga sharoit yaratishdan iboratdir.
OBD-II standarti transport vositalarining asosiy tizimlariga
taluqli bo‘lib – dvigatel, avtomatik transmissiya, tormoz tizimining
blokirovkalash tizimini ajratkichi va xafsizlik yastiqchasiga taluqlidir.
Transport vositalarining harakat xafsizligi va ekologiyaga ta’sir
ko‘rsatmaydigan, faqatgina dilerlik priborlari priborlarda namoyon
bo‘ladigan ko‘rsatkichlar, asosan ishlab chiqaruvchi korxona bilan
kelishilgan standartlar bo‘yicha olinadi.
2000 yilda Bosch firmasi tomonidan
ishlab chiqarilgan
EURO
OBD (EOBD) standarti
barcha Evropa davlatlari uchun majburiy
hisoblanadi. Bu standartning OBD-II standartdan farqi CAN protokoli
bilan mustaxkamlanganligidir. EOBD diagnostikalash darchasi
amerikalik darchaga juda o‘xshash bo‘lsada, u qo‘shimcha CAN
shinasi bilan ulangan, hamda zaxira kontaktlari mavjuddir.
Hozirgi kunda EOBD-standartlari bilan mobil mashinalarida
maxsus protokollar ham qo‘llaniladi, ular yordamida EBB bilan
138
boshqariladigan bir qancha kuch agregatlari va boshqa tizimlar
to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyati mavjuddir.
Maxsus
dilerlik
priborlari
uchun
ishlab
chiqaruvchi
korxonaning
ichki
standarti
(OEM)
ishlab
chiqilgan,
bu
diagnostikalash vaqtida mobil mashina to‘g‘risida imkon boricha
to‘liq ma’lumot
berish bilan birgalikda, ishlatish davrida yuzaga
keladigan nosozliklar to‘g‘risida ma’lumot berishi kerak. Odatda
yangi mashina ishlab chiqarilganidan so‘ng bir necha yil o‘tgan bo‘lsa
ham, ishlab chiqaruvchi diagnostikalashda electron bloklar va
algoritmlarning hatoliklari va bartaraf etish to‘g‘risida ma’lumotlar
bermaydi, diagnostikalash hquqi faqatgina dilerlik korxonalarigina
berilishi mumkin.
Mobil mashinalarning electron tizimlaridagi aloqani almashish
tizimini rivojlantirish ko‘p holatda optic-tolali o‘tkazgichlarni
qo‘llashga bog‘liqdir, hozirgi kunda ular asosan multimediali
tizimlarda qo‘llanilmoqda. Optik-tolalar katta hajmdagi ma’lumotlarni
juda tez suratda uzatishni taminlaydi,
bu electron tizimlarning
imkoniyatini yanada oshirishga olib keladi. Bunday fikrlarni amalga
oshirish bir qancha ishlab chiqaruvchilar bilanbir turdagi interfeys
tuzish bo‘yicha kelishuv talab etadi.
Bosch firmasi birinchilar
qatorida barcha boshqarish
tizimlarini va mashinaning ishchi organlarini sozlash standartini
taklif etdi va
Carironik programma paketida
buni ommaga tarqatdi.
Ishlab
chiqaruvchining fikricha, boshqarishdagi turli vazifalar bir
necha EBB yordamida amalga oshiriladi, ularni boshqarish esa
mashinaning markaziy kordinatori orqali olib boriladi.
Hozirgi kunda mashinani diagnostikalashda tashqi qurilmalar
bilan ma’lumot almashishi uchun bir necha standartlardan (OBD-I,
OBD-II,
EOBD
va
OEM)
foydalaniladi,
ular
yordamida
diagnostikalash testori va EBB oralig‘idagi protokollar tuziladi:
ISO 14230 (KVP Keyword 2000);
ISO 9141, SAE J 1850 PWM (keng-implusli modulyatsiya) yoki
VPW (o
‘zgaruvchan keng-impulisli moduliyatsiya);
ISO 15765 (CAN-shinasi bo
‘yicha protocol, EOBD bo‘yicha
qabul qilingan).
ISO 14230 va ISO 9141 protokollari apparatlarda amalga oshiriladi,
lekin ma’lumotlarni almashish hajmi bilan farqlanadi (ISO 9141 standarti K va
L yolaklaridan foydalanadi, ISO 14230 esa – faqatgina K yolagidan
foydalanadi). SAE J 1850 PWM va SAE J 1850 VPW protokollarining nomi bir
139
hil bo
‘lsa ham, ularning vazifasi bir-biriga mos emas va ISO 9141
standartidan farqlanadi. CAN protokoli ISO 15765-4
standartining
kelajagi ancha porloq, bu bundan avvalgi ISO 15031, ISO 11898-2 va
boshqa turdosh standartlar bilan farqlansa ham.
Mashinaning
o
‘ziga
o‘rnatilgan
tizimlar
yordamida
diagnostikalash.
Mashinalarning
elektron
bloklari,
bajaruvchi
elementlari va datchiklarning soni kundan-kunga ortib bormoqda, bu
ularning texnik holatini nazorat qilish, ularning nosozliklarni qidirish
va bartaraf etish jarayonini murakkablashtirmoqda. Shu qatorda ishlab
chiqaruvchilar oldida mashinaning bir qancha tizimlari bo‘yicha EBB
tizimlarini yanada takomillashtirish imkoniyatlarini bermoqda.
Bunday yondoshish EBB tarkibida yangi tizimni yuzaga kelishiga,
mashinaning
o‘ziga o‘rnatilgan tizimlarni
(bortovie sistemi
diagnostirovanie) yuzaga kelishiga sababchi bo‘ldi.
Ko‘pgina
zamonaviy
mashinalarda
bunday
tizimlar
diagnostikalashning faol (aktiv) va sust (passiv) usullarini o‘z ichiga
oladi.
Faol
diagnostikalashda bir qancha test operatsiyalarini o‘tkazish
mo‘ljallangan, sust –
boshqarish bloke, datchiklar va bajaruvchi
mexanizmlarining holati to‘g‘risida ma’lumot to‘plash natijasida olib
boriladi.
Mashinaning
o‘ziga
o‘rnatilgan
qurilmalar
yordamida
diagnostikalash electron tizimning buzilmaganligini tekshirish, test
habarlariga asosiy qurilmalarning sezuvchanligi, ma’lum nuqtalardan
habarlarni o‘lchash va ularni etalonlar bilan solishtirish natijasida olib
boriladi (4.8-rasm).
Dostları ilə paylaş: