nosozliklarni diagnostikalash kodlari (DKN) bilan saqlash va kerak bo‘lgan
hollarda ularni monitoring chiqarish imkoniyatiga ega.
Diagnostikalash kodlari bilan tanishish har bir mashina turiga
qarabma’lum ketma-ketlikda undagi qurilmalarning imkoniyatlariga
bog‘liq holda olib boriladi.
Mashinaning o‘ziga o‘rnatilgan diagnostikalash qurilmalarining
abzalliklaridan biri , datchiklardan olinayotgan ma’lumotlar to‘liq
ishlatilish imkoniyati mavjudligi hisoblanadi. Agarda kerak bo‘lsa
oVzini diagnostikalash tizimiga qo‘shimcha datchiklar ham kiritilishi
mumkin, ularni electron boshqarish tizimiga moslashtirish imkoniyati
ancha yuqori.
Mashinalarning o‘ziga o‘rnatilgan diagnostikalash tizimlari
bilan birgalikda o‘rnatiladigan texnik diagnostikalash vositalari
(UTSD) ham qo‘llaniladi, ular ma’lumotlarga ishlov berish tizimi,
mashinalarga mo‘ljallangan ma’lumotlarni saqlash va uzatish tizimi
bo‘yicha mashinani o‘ziga o‘rnatilgan diagnostikalash qurilmalaridan,
bazi ko‘rsatkichlar bo‘yicha farqlanadi. Bunday diagnostikalash
tizimlari qulay echib olinadigan bloklar ko‘rinishida tayyorlangan
bo‘lib, kerakli vaqtlarda mashinalarga o‘rnatiladi va ma’lum vaqtdan
ishlatilganidan so‘ng ular echib olinadi. UTSD larni qo‘llash
mashinalarni diagnostikalashni turli ishlash sharoitlarida va
yuklanishlarda diagnostikalash imkoniyatini beradi. Odatda rejaviy va
talab bo‘yicha diagnostikalash aniq bir mashina uchun juda kam
amalga oshiriladi, UTSD ning faqatgina bir qurilmasi yordamida bir
yo‘la korxonadagi bir-necha ishlatilayotgan mashinalarga xizmat
ko‘rsatish imkoniyati mavjud.
145
4.4. MASHINALARNI DIAGNOSTIKALASHNING TEXNIK VOSITALARI, MASHINANING O‘ZIGA O‘RNATILGAN DIAGNOSTIKALASH TIZIMLARI