Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   466
TATU Falsafa

278
 
beradi. 
Insonga xos bo’lgan tafakkurlash jarayoni, uning qonun qoidalari, yo’llari, 
usullarini yoritib berish jiddiy falsafiy muammo hisoblanadi. Bunga erishish uchun, 
eng avvalo, usul degan tushunchaning mazmun-mohiyatini anglab olmog’imiz lozim. 
Usul tushunchasi nimani ifodalaydi? “Usul” yunon tildan olingan atama bo’lib, u 
odatda tadqiqot etish yo’llari, nazariya, ta’limot ma’nosini bildiradi. 
Shuni alohida eslatib o’tish joizki, aniq fanlarda ilmiy tadqiqot o’tkazish 
jarayonida qo’llaniladigan uslubni falsafiy tafakkurlash usuli tushunchasi bilan 
aralashtirib yubormaslik kerak. 
Aniq fanlarda ishlatiladigan tadqiqot uslublari ilmiy bilish usullari turkumiga 
kiradi. Falsafada esa, usul tushunchasi olamni falsafiy anglash, tafakkurlash 
mantiqi, qonun-qoidalari, tamoyillari, shakllarini ifodalash uchun ishlatilsa, tor 
ma’noda - falsafiy bilimlarni hosil etish vositalarini aks ettirish uchun foydalaniladi. 
Bundan ko’rinib turibdiki, falsafiy tafakkurlash usuli bilan ilmiy bilish usuli 
tushunchalarining o’rtasida muayyan farq mavjud. 
Falsafiy tafakkurlash mantiqi o’ziga xos bir qator xususiyatlarga ega. Ular 
quyidagilardan iborat. Birinchidan, falsafiy tafakkurlash jarayoni voqelikdagi narsa 
va hodisalar taraqqiyoti qonunlariga asoslanadi va ularga mos keladi. Ikkinchidan, 
falsafiy tafakkurlash kishilarga olamdagi narsa va hodisalarni chuqur, atroflicha, 
xolisona bilish uchun qanday mantiqiy harakatlar qilish yo’llarini ko’rsatib beradi. 
Agar kishilar mazkur qoidalarga, talablarga bo’ysunsalar olamni inson ongida aks 
ettirishda jiddiy xatoliklarga yo’l qo’yilmaydi va aksincha. Keyingi boblarda bu 
haqda kengroq to’xtalib o’tamiz. 
Dunyoni falsafiy anglashda dialektika usuli katta ahamiyat kasb etadi. 
Dialektika usulining mohiyati Forobiyning «Dialektika» nomli asarida tavsiflab 
berilgan.Forobiyning yozishicha, dialektika ya’ni «al-jadal» atamasi kadimgi 
yunon faylasuflari Suqrot va Aflotun tomonidan qo’llanilgan bo’lib, ma’nosi bahs, 
muzokara yordamida haqiqatga erishish demakdir. «Inson, - deb yozgan edi Forobiy, 





Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin