279
- haqiqatga yoki falsafaga faqat dialektik bahs orqali erishishi mumkin»
1
.
Forobiyning «Dialektika» va boshqa asarlarida mazkur falsafiy tafakkur
usulining fikrlar kurashi hamda ilmiy bilishdagi ahamiyatini har tomonlama asoslab
bergan. Shuningdek, u dialektika tushunchasining shakllanish tarhini ko’rsatib
bergan.Forobiyning yozishicha, yunon faylasuflari Geraklit, Zenon dialektika
atamasidan foydalanmagan bo’lsalarda, dialektik tafakkurlash sa’natiga asos
solganlar.
Keyinchalik, deydi Forobiy, eleatlar va sofistlar dialektik fikrlash san’atini
o’zlarini dono hamda haqiqatni yolg’on qilib ko’rsatish uchun foydalanib
keldilar.Dialektika,
Forobiyning
fikricha,
haqiqiy
bilimning
quroli
va
xizmatchisidir. Faqat dialektika inson aqliy faoliyatini sofistika va shunga
o’xshashlardan himoya qilib haqiqatni bilishga yordam beradi. Dialektika san’atining
foydasi shuki, u haqiqatni bilishga ko’maqlashadi
2
.Sofistikaga qarshi, birinchi bo’lib,
Aflotun chiqdi, - deb ko’rsatadi Forobiy. Aflotun dialektikani bahslashish yo’li bilan
tafakkurdagi mavjud bo’lgan qarama-qarshiliklarni bartaraf etishga qaratilgan usul
deb hisoblagan edi. Aflotun, «dialektika — borliqning mohiyatini, haqiqatni aks
ettiruvchi yagona usul, u barcha fanlarning tepasida joylashib ularni karniz kabi
bezab turadigan bilimdir», shuning uchun ham «boshqa fanlarni dialektikadan
ustun qo’yish noto’g’ridir»
3
, deb hisoblagan edi. Forobiy, Aflotunning fikrlarini
yuqori baholab, u haqiqatni ochib beradigan to’g’ri usulni ishlab chiqa oldi, deb
ko’rsatadi.
Yunon faylasuflarining dialektika usuli haqidagi g’oyalari antik davrning
yirik olimi Arastu tomonidan yanada rivojlantirildi. Arastu o’zining «Topika»,
«Ritorika» va boshqa asarlarida «dialektikaning maqsadi suhbatdoshning fikrini
inkor etishga qaratilgan», deb ko’rsatadi. Forobiy esa bunga o’z tomonidan
qo’shimcha qilib, dialektika nafaqat bahslashuvchi izhor qilgan fikrni inkor etishi,
1
Ал-Фараби. Диалектика. Историко-философские трактаты. – Алма-Ата: “Наука”,1985.-
405-bet.
2
O’sha joyda.-360-592-betlar.
3
Платон. Соч. В трёх томах. T.3.I-Часть.-М.,1971.-С.275, 278, 285, 347, 350.
|