Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Yüklə 4,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə354/466
tarix24.12.2023
ölçüsü4,29 Mb.
#193359
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   466
TATU Falsafa

399
 
bir avlodi o’lib ketgach, ularning jismlari yo’q bo’lib ketadiyu, ammo ularning 
ruhlari vujud (qafasi)dan qutilib, saodatga erishadilar. So’ng boshqalari ularning o’rnini 
egallab, ular qilgan ishlarni qiladilar. Bu avlod odamlari ham dunyodan o’tgach, 
xuddi shunday yo’l bilan ruhlari avvalgilarning izidan borib, qiyofalari (fe’l va 
fazilatlari), quvvati va sifati o’xshash, yaqin ruhlar bilan qo’shilishlari mumkin... Har 
bir yangi kelgan ruh bilan qo’shilganida huzur - halovati ham
 
yanada ortadi”
1

Nemis faylasufi Gegelning fikricha, ong «mutlaq g’oya», tabiat va 
jamiyatdagi barcha hodisalarning asosini, zaminini tashkil etadigan hodisa. 
Ingliz faylasufi Berklining fikricha, inson faqat o’z “narsalar sezgilarini idrok 
etishga qodir, shunday ekan real narsa — bu ong, narsalar esa — kishi ongida, sezgi va 
tasavvuridagina mavjuddir”. 
Xuddi shunday fikrni XIX asr oxiri va XX asr boshlarida G’arbiy Yevropa 
olimlari Max va Avenarius ham ilgari surganlar.
Ilmiy falsafa ta’limotiga muvofiq, ong jonli tabiatning (oliy shakli bo’lgan) 
inson miyasining mahsulidir. Uning xususiyati voqelikni aks ettirishdan iboratdir. 
Voqelikni in’ikos ettirish inson miyasining ishidir. Ong miyadan tashqarida bo’lishi 
mumkin emas. Ong miyaning faoliyati, uning ruhiy funktsiyasi, miya esa fikrlash 
a’zosi, moddiy narsa. Shunday qilib, ilmiy falsafa ong — inson miyasining 
funktsiyasidir, bu funktsiyaning mohiyati esa borliqni, mavjud narsalarni in’ikos 
ettirishdan iboratdir, deb tushuntiradi. 
Ongning mohiyatini to’g’ri ochib berish uchun unga ontologik ijtimoiy va 
gnoseologik tomonlardan yondashmog’imiz lozim. 
Unga ontologik jihatdan yondashish, ong — bu tabiat uzoq tarixiy 
taraqqiyotining mahsuli, materiya evolyutsiyasi jarayonida vujudga kelgan ruhiy 
hodisalarning xossasi demakdir. Odam ongi yuksak darajada tuzilgan materiyaning 
xossasidir, voqelikning in’ikosidir. 
Ongga ijtimoiy jihatdan yondashish — ongning shakllanishi va rivojlanishi 

1
Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri.-T.:“Xalq merosi”,1993.-164-165 betlar. 







Yüklə 4,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   350   351   352   353   354   355   356   357   ...   466




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin